O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, professor Nodirbek Sayfullayev rahbarligida navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Yig‘ilishda prorektorlar, rektor maslahatchisi fakultet dekanlari, bo‘lim boshliqlari hamda kafedra mudirlari ishtirok etdilar. Dastlab, N. Sayfullayev 11-noyabr — O‘zbekiston Kasaba uyushmalari xodimlari kuni munosabati bilan so‘z yuritib, kasaba uyushmalarining jamiyatdagi o‘rni va ahamiyati xususida o’z fikr va mulohazalarini bildirdi. U o‘z so‘zida Hurmatli Prezidentimizning 2025-yil 17-oktabr kuni O‘zbekiston Kasaba uyushmalari faollari bilan uchrashganini eslab o‘tdi. […]

image_pdfimage_print