Jannatmakon yurt ohanglari

Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida folklor va etnografiya kafedrasi katta o‘qituvchisi Bekzod Davronovning «Jannatmakon yurt ohanglari» nomli sinf konserti bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida kafedra o‘qituvchilari va iqtidorli talabalar tomonidan o‘zbek va qardosh mamlakatlarning xalq kuylari va qo‘shiqlari ijro etilib, tomoshabinlar olqishiga sazovor bo‘ldi.

Tanqid va tahlil — rivojlanish omili

Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rahbariyati boshchiligida tanqidiy-tahliliy yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilish davomida mas’ul shaxslarga berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi. O‘z ishiga mas’uliyatsiz yondashayotgan xodimlar tanqid ostiga olindi. «Taraqqiyotga faqatgina maqtov va qarsakbozlik bilan erishib bo‘lmaydi. Berilayotgan topshiriq hamda vazifalar og‘izda yoki qog‘ozda qolib ketmasligi darkor. O‘z ishini sidqidildan bajarayotgan […]

O‘zDSMIda ilmiy seminar o‘tkazildi

Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida Innovasion rivojlanish agentligi huzuridagi ilmiy-texnik axborot markazi bo‘limi boshlig‘i Iskandar Rahmatullayev tomonidan seminar tashkil etildi. Unda professor-o‘qituvchilar, kafedra mudirlari, bo‘lim boshliqlari va doktorantlar ishtirok etdi. Seminarda respublika va xalqaro ilmiy jurnallar talabalariga mos keladigan maqolalar chop etish borasida taqdimot namoyish etildi hamda atroflicha ma’lumot berildi.

Millatlararo totuvlik va dinlararo bag‘rikenglik — yuksalish poydevori

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan joriy yilning 13-19-noyabr kunlari respublika miqyosida “Bag‘rikenlik haftaligi” o‘tkazilmoqda. Mazkur haftalik doirasida O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi bilan hamkorlikda “Millatlararo totuvlik va dinlararo bag‘rikenglik — yuksalish poydevori!” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbir davomida qo‘mita mas’ul xodimi Shohruh Jumayev tomonidan mamlakatmizda diniy bag‘rikenglik va turli millat vakillariga qaratilayotgan […]

O‘zDSMIda liderlar guruhi shakllantiriladi

Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rahbariyati olyigohning iqtidorli talabalari bilan uchrashdi. Ochiq muloqot tarzida o‘tgan uchrashuvda iqtidorli talabalarni bir yerga jamlagan holda liderlar guruhini shakllantirish vazifasi ilgari surildi. «Institutimizda har bir yo‘nalishning o‘z mutaxassislari, professional ijodkorlari bor. Agarda barchamiz birdamlikda harakat qilsak, ulkan ijodiy ishlarni yaratishimiz mumkin. Oldimizda ko‘plab vazifalar turibdi, turli loyihalar […]

«O‘zbek kinosi — yangi nigoh» kino oyligi muhokamasi bo‘lib o‘tdi

Bugun Alisher Navoiy nomidagi kino saroyida joriy yil so‘ngida tashkil etilishi rejalashtirilgan «O‘zbek kinosi — yangi nigoh» kino oyligi muhokamasi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Kinematografiya agentligi bosh direktori Firdavs Abduxoliqov, agentlik direktorining birinchi o‘rinbosari Shuhrat Rizayev, Kinoarboblar uyushmasi raisi Matyoqub Matjonov, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori v.b. Eldor Shermanov, oliygoh kafedra mudirlari hamda […]

O‘zDSMIda “Biz bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – vatanmiz!” g‘oyasi asosida madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazildi

Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida “Biz bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – vatanmiz!” g‘oyasi asosidagi ma’naviyat marafoni doirasida bir qator tadbirlar o‘tkazildi. Mazkur loyiha bo‘yicha “Onamdayin mehribon Vatan” – o‘quvchi yoshlar o‘rtasida Ona vatanga bag‘ishlangan she’r va qo‘shiqlar ijrosi bo‘yicha eng yaxshi ijrochilar bellashuvi o‘tkazilib, g‘olib va sovrindorlar taqdirlandi. Shuningdek, institut hududida […]

image_pdfimage_print