Muhammad Yusuf – vatan kuychisi

Muhammad Yusuf – vatan kuychisi

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 20 may kuni Alisher Navoiy nomidagi О‘zbekiston Milliy bog‘ida barpo etilgan Adiblar xiyoboniga tashrifi chog‘idagi yozuvchi va shoirlar, ziyolilar bilan bо‘lgan uchrashuvida milliy adabiyotimizni rivojlantirishga qaratilayotgan e’tibor, galdagi muhim vazifalar haqida sо‘z borgan edi.
Adiblar xiyobonidagi har bir adib haykalini muayyan oliy о‘quv yurtiga biriktirib, bu yerda ochiq darslar, ma’rifiy tadbirlar о‘tkazish bо‘yicha tavsiyalar berildi. Xiyobon bilangina cheklanib qolmasdan, adiblar ijodini chuqur о‘rganish, ularning ibratli umr yо‘llari haqida kitoblar va filmlar yaratish, yangi asarlar yozish muhimligi ta’kidlandi. Jumladan, О‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutiga biriktirildi. Ushbu vazifalardan kelib chiqilgani holda О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti tomonidan tadbirlar rejasi belgilab olindi.

Muhammad Yusuf – vatan kuychisi
Uning dastlabkisi, 2020 yilning 27 may kuni О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, filologiya fanlari doktori, professor Ibrohim Yо‘ldoshev, Muhammad Yusufning turmush о‘rtog‘i Nazira Salom, О‘zbekiston xalq shoiri, О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti “Muhammad Yusuf izdoshlari” tugaragi rahbari Iqbol Mirzo, mazkur oliy о‘quv yurti prorektorlari ishtirokida “Muhammad Yusuf – vatan kuychisi” mavzuida tadbir tashkil etildi. Dastlab ishtirokchilar institutning Axborot resurs markaziga tashrif buyurishib, bu yerdagi Muhammad Yusuf hayoti va ijodini о‘zida mujassam etgan ma’lumotlar resurs bazasi bilan tanishdilar. Shu yerning о‘zida Nazira Salom ARM ga shoir ijodiga mansub kitoblarni topshirdi. Iqbol Mirzo tomonidan ham kitoblar fondiga asarlar taqdim qilindi. Tadbirning navbatdagi qismi Muhamaad Yusuf nomi bilan ataluvchi kushkda davom etdi. Uchrashuv ishtirokchilariga О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, filologiya fanlari doktori, professor Ibrohim Yо‘ldoshev shoir hayoti va ijodini о‘rganish, uning xotirasini abadiylashtirish borasida 2020-2021 yillarda mazkur oliy о‘quv yurti tomonidan amalga oshiriladigan tabirlar haqida ma’lumot berdi. Ta’kidlandiki, 2020-2021 о‘quv yilidan bakalavriat va magistratura mutaxassisliklari uchun Muhammad Yusuf hayoti va ijodiga bag‘ishlangan maxsus kurslar tashkil etiladi. Shuningdek, barcha ta’lim yо‘nalishlari hamda mutaxassisliklar о‘quv rejasiga Muhammad Yusuf hayoti va ijodi bо‘yicha mavzular kiritiladi.
Malakaviy bitiruv ishlari, magistrlik dissertatsiyalari mavzulari Muhammad Yusuf hayoti va ijodi bilan bog‘lab о‘rganib boriladi.

Muhammad Yusuf – vatan kuychisi
Bundan tashqari shoir ijodi va hayoti aks etgan alohida auditoriya, muzey tashkil etiladi.
2020-2021 о‘quv yilida institutning “Kino televedeniye va radio san’ati” fakulteti tomonidan “Muhammad Yusuf – Vatan kuychisi” nomli qisqa metrajli film yaratiladi hamda spektakllar sahnalashtiriladi.
5 ta muhim tashabbus doirasida doimiy ravishda О‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf ijodiga bag‘ishlangan turli uchrashuv va adabiy kechalar tashkil etilib, unga taniqli shoir va yozuvchilar, shoirning oila a’zolari taklif etiladi.
Shu bilan birga, professor-о‘qituvchilar va talabalar ishtirokida Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi, Andijon viloyati Marhamat tumanidagi Musiqa va san’at maktabi hamda shoir tug‘ilib о‘sgan Qovunchi qishlog‘idagi u о‘qigan maktablarda shoir ijodiga bag‘ishlangan tadbirlar tashkil etiladi.

Muhammad Yusuf – vatan kuychisi
Keyingi о‘quv yillaridan boshlab, barcha ta’lim yо‘nalishlari bо‘yicha “Adiblar xiyoboni”da ochiq о‘quv darslari о‘tkaziladi. Yana shuni alohida ta’kidlash joizki, 2020-2021 о‘quv yilidan boshlab barcha ta’lim muassasalari talaba-yoshlari uchun О‘zbekiston xalq shoiri Iqbol Mirzo rahbarligida “Muhammad Yusuf izdoshlari” nomli ijod tо‘garagi tashkil etiladi.
Joriy yilning iyul-noyabr oylarida shoir ijodi namunalari tо‘planib, kitob shaklida chop etiladi.
2020-2021 о‘quv yilidan boshlab doimiy ravishda tanlov asosida eng ijodkor talabalar ichidan Muhammad Yusuf nomidagi stependiyaga nomzodlar aniqlanib, ularga stipendiya joriy etiladi. 2020-2021 о‘quv yilidan har bir talaba, xodim, professor-о‘qituvchilar shoir hayoti va ijodini bilishlari uchun targ‘ibot va tashviqot ishlari amalga oshiriladi.
Ta’kidlandiki, О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutidagi barcha professor-о‘qituvchi, talabalar, har bir xodim О‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf she’rlaridan yod oladi.

Muhammad Yusuf – vatan kuychisi
Shu bilan birga, 2020-2021 о‘quv yilidan e’tiboran shoir hayoti va ijodiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy anjuman о‘tkazilib, ommaviy axborot vositalarida yoritiladi, bundan tashqari material tо‘plam holatida chop etiladi.
Muhammad Yusuf she’rlariga bastalangan qо‘shiqlar tanlovi va she’rxonlik kechalari о‘tkaziladi. Mazkur tanlovda qatnashib g‘olib bо‘lgan yoshlar moddiy va ma’naviy rag‘batlantiriladi.
Muhammad Yusufning tug‘ilgan kunini xalqaro miqyosda keng nishonlash maqsadida Turkiy xalqlar madaniyati xalqaro tashkiloti (TurkSOY) taqvimiga shoir tavalludini nishonlash (26 aprel) taklifi kiritiladi va shoir she’rlarini xorijiy tillarga tarjima qilinadi.
Keyingi о‘quv yilidan boshlab Turkiyaning “Qardosh adabiyotlar” jurnalida shoir ijodiga bag‘ishlangan maxsus sonining chop etilishi ham kо‘zda tutilgan.
Shu yerning о‘zida mazkur oliy ta’lim muassasasi talabalari tomonidan shoirning turli mavzulardagi she’rlaridan namunalar о‘qildi.

Muhammad Yusuf – vatan kuychisi
Tadbirning navbatdagi qismi Muhammad Yusufning turmush о‘rtog‘i Nazira Salom hamda institut doktorantlarining ZOOM dasturi orqali onlayn muloqoti tarzida davom etdi. Uchrashuv chog‘ida doktorantlar tomonidan shoir ijodiga oid she’rlardan namunalar о‘qildi. Muhammad Yusuf hayoti va ijodiga doir savollar berildi. О‘zaro ochiq muloqot tarzida tashkil etilgan uchrashuvda ularning har biriga Nazira Salom tomonidan tegishli javoblar qaytarildi.

Muhammad Yusuf – vatan kuychisi

image_pdfimage_print