Kafedra mudiri:

Abduvohidov Faxriddin Meligaliyevich

san’atshunoslik fanlari bо‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent, san’at va madaniyat fidokori kо‘krak nishoni sohibi, sohaga oid darslik, о‘quv qо‘llanma, monografiya, xalqaro va ilmiy maqolalar muallifi, Yozuvchilar uyushmasi, Teatr arboblari uyushmasi a’zosi

Qabul kunlari: Har ish kuni soat:10:00-16:00

Telefon:71 230 28 25

📧 e-mail:

Kafedra qisqa tarixi:
2012-yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoniga binoan O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti tashkil etildi. Avvalgi O‘zbekiston Davlat san’at institutining “San’atshunoslik” hamda A.Qodiriy nomidagi Toshkent Davlat Madaniyat institutining “O‘zbekiston tarixi va madaniyatshunoslik” kafedralari qo‘shilib, yangi tizimdagi “San’atshunoslik va madaniyatshunoslik” kafedrasi tuzildi.
“San’atshunoslik” kafedrasi 1945-yili shu nomda institut bilan bir vaqtda tashkil etilgan. 1954-yilgacha u o‘zida barcha san’atshunoslik fanlarini mujassam etgan. Kafedra tarkibida ikkita – teatr, musiqa va tasviriy san’at kabinetlari bor edi. Kafedraning tashkilotchisi va birinchi mudiri professor M.S.Grigorev bo‘lgan.
40-50 yillarda san’atshunoslik nomzodi H.D.Ustaboyeva, A.M.Efros, K.D.Beryozin, N.S.Krikun, san’atshunoslik doktori N.V.Mins, san’atshunoslik nomzodi Y.S.Feldman, I.Akbarov, S.M.Veksler, Karseva, I.D.Ignateva, san’atshunoslik nomzodi A.M.Ribnik kabi o‘qituvchilar faoliyat yuritgan.
Kafedraga 1955-yildan Yakov Salomonovich Feldman mudir etib tayinlangan. Keyinchalik “Teatrshunoslik” yo‘nalishini bitirib chiqqan: T.I.Silmenshteyn, T.T.Tursunov, M.X.Qodirov, M.R.Rahmonov, Y.E.Gershberg, T.Bayandiyev, S.T.Tursunboyev, I.Po‘latov, T.Islomov, I.Rahimjonov, G.Rahmonova kafedrada murabbiylik faoliyatlarini boshlaydi.
1974-yildan “Teatrshunoslik” kafedrasiga professor T.T.Tursunov rahbar etib tayinlangan. Kafedraga 1998-2003 yillar teatrshunos, san’atshunoslik nomzodi, professor Toir Islomov mudirlik qildi.
1990-2005-yillarda kafedrada yetuk teatrshunos olimlar: M.T.To‘laxo‘jayeva, M.A.Hamidova, H.I.Ikromov, I.A.Muxtorov, O.Z.Rizayev, S.M.Qodirova, N.B.Oqilov, G.R.Hamrayeva, M.B.Umarov, N.B.Sayfullayev, T.I.Yo’ldashev, hamda tajribali dramaturglar H.Rasul, Erkin Samandar, H.Muhammad, E.Xushvaqtovlar faoliyat yuritdi.


Abdulla Qodiriy nomidagi Toshkent davlat madaniyat institutida 1974-yil aprel oyida “Tarix” kafedrasi tashkil qilinib, unga tarix fanlari nomzodi, dotsent U.X.Kamolov kafedra mudiri etib tayinlangan. Dastlab, kafedrada Respublikamizda ko‘zga ko‘ringan fan fidoyilari, professorlar X.Shukurova, R.Madrahimova, akademik A.Asqarov, M.Ishoqov, A.G‘.Abdunabiyev, G.N.Chobrov, dotsentlar H.A.Turdiyev, E.M.Chernix, M.A.To‘laganova, V.G.Razina faoliyat yuritganlar.
1996-yili kafedra “O‘zbekiston tarixi va madaniyatshunoslik” deb qayta nomlangan (mudir professor A.Mavrulov), 2008 yildan kafedraga dotsent Q.V.Nishonboyeva rahbarlik qilgan. Kafedrada asosan o‘quv rejasidagi birinchi blokdagi fanlar o‘qitilib, 2001-2002 o‘quv yilidan boshlab 5A810401-“Madaniyatshunoslik” ixtisosligi bo‘yicha magistratura bo‘limi ochilgan.
2003-yili “San’atshunoslik” kafedrasiga mudir etib, taniqli teatrshunos olim, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi, san’atshunoslik fanlari nomzodi Hamidjon Ikromov tayinlanadi. “Teatrshunoslik” kafedrasiga esa taniqli teatrshunos, san’atshunoslik fanlari doktori, professor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi Teshaboy Bayandiyev tayinlandi.
2005-yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mannon Uyg‘ur nomidagi Toshkent davlat san’at instituti faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, institutga yangi bino berildi. Texnik anjomlar bilan boyitildi. Institut strukturasi qayta ko‘rib chiqildi. “Teatrshunoslik” kafedrasi “San’atshunoslik” kafedrasi bilan birlashtirildi.
2005-yil sentabr oyidan “San’atshunoslik” kafedrasi mudirligiga H.I.Ikromov qayta tayinlangan va 2006-yil iyul oyida muqobillik asosida institut Ilmiy Kengashi tomonidan saylangan.


2012 – yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoniga binoan O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti tashkil etildi. Avvalgi O‘zbekiston Davlat san’at institutining “San’atshunoslik” hamda A.Qodiriy nomidagi Toshkent Davlat Madaniyat institutining “O‘zbekiston tarixi va madaniyatshunoslik” kafedralari negizida yangi “San’atshunoslik va madaniyatshunoslik” kafedrasi tashkil topdi.
Kafedra jamiyatga san’atshunos kadrlarni yetishtiruvchi mutaxassislik kafedrasi hisoblanadi. U “San’atshunoslik” ta’lim yo‘nalishi (teatrshunoslik, sahna va ekran san’ati dramaturgiyasi, san’atshunoslik jurnalistikasi) turlari, hamda Teatr san’ati, San’at nazariyasi va tarixi (kinoshunoslik), Madaniyatshunoslik magistratura mutaxassisliklariga, shuningdek institutning barcha bakalavriat va magistratura talabalariga san’atlar tarixi va nazariyasiga oid predmetlar bo‘yicha o‘quv, ilmiy­tadqiqot (ijodiy), ma’naviy­ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarni amalga oshiradi.
Kafedra san’at va san’at ta’limi sohasida meyoriy hujjatlar ishlab chiqish, takomillashtirishda, o‘rta-maxsus va kasb hunar hamda oliy ta’lim muassasalariga o‘quv-uslubiy, ilmiy va amaliy yordam berishda, Respublika teatrlariga va boshqa ijodiy tashkilotlarga ilmiy – ijodiy, amaliy-uslubiy yordam berib keladi.
Sohadagi ilmiy-tadqiqot ishlarini yanada rivojlantirish, talabalarga o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha mustahkam bilim berish, kadrlar sifatini yanada oshirish, malakali mutaxassislar salmog‘ini yuksaltirish maqsadida institutning 2023-2024 o‘quv yilining 1-sonli kengashi qarori bilan “San’atshunoslik va madaniyatshunoslik” kafedrasi tarkibidan “Madaniyatshunoslik” kafedrasi alohida ajralib chiqdi. Kafedra 2023-2024 o‘quv yilining 1-sentabridan “San’atshunoslik” kafedrasi nomi bilan faoliyatni davom ettira boshladi.


San’at sohadagi islohotlrni yanada rivojlantirish, talabalarda bilim va tajribalarni mustahkalash, kadrlar sifatini yanada oshirish, malakali mutaxassislar salmog‘ini yuksaltirish maqsadida institutning 2024-2025 o‘quv yilining 1-sonli kengashi qarori bilan “San’atshunoslik” kafedrasiga “Madaniyatshunoslik” kafedrasi hamda “Chog‘u ijrochiligi” kafedrasi tarkidagi musiqiy nazariy fanlar o‘tkazildi. Kafedra 2024-2025 o‘quv yilining 1-sentabridan “San’atshunoslik va madaniyatshunoslik” kafedrasi nomi bilan faoliyatini davom ettira boshladi.
San’atshunoslik, xususan teatrshunoslik sohasi bo‘yicha 1 nafar akademik, 10 nafardan ortiq fan doktori, 30 nafarga yaqin fan nomzodlari yetishib chiqqan. Bugungi kunda kafedrada 3 nafar fan doktori, 7 nafar fan nomzodi, 8 nafar san’atshunoslik fanlari boyicha falsafa doktori (PhD) ishlamoqda. Kafedraning ilmiy-pedagogik salohiyati 71 foizni tashkil qiladi.
“San’atshunoslik va madaniyatshunoslik” kafedrasi sohasi bo‘yicha Respublikada yuqori ilmiy pedagogik salohiyatiga kafedra hisoblanadi. Shuningdek, istiqbolda ilmiy pedagogik salohiyatni yuqori bo‘lishini kafedraning qator professor-o‘qituvchilari doktorlik va nomzodlik ishlari ustida tadqiqot olib borayotganligi ta’minlaydi. Hozir kafedrada 17.00.01 – Teatr san’ati, 17.00.03 – Kino san’ati. Televideniye, 17.00.07 – Madaniyat nazariyasi va tarixi ixtisosligi bo‘yicha 18 nafar tayanch doktarant, 34 nafar mustaqil izlanishlar olib bormoqda.
“San’atshunoslik va madaniyatshunoslik” kafedrasi san’atshunoslik fani va ta’limi, amaliy tanqidchilik, ommaviy axborot vositalari, badiiy-dramaturgik ijod kabi uch mutaxassislik bo‘yicha (teatrshunoslik, san’atshunoslik jurnalistikasi, sahna va ekran san’ati dramaturgiyasi) bakalavriat bosqichida san’atshunos kadrlar tayyorlaydi. Institutning boshqa barcha bakalavr yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlashda ham ishtirok etadi. Kafedra asosan o‘quv rejada tasdiqlangan umum kasbiy, ixtisoslik fanlari bloklaridagi san’at turlari, tarixiy va nazariy predmetlari bo‘yicha dars olib boradi. Bugungi kunda “San’atshunoslik” kafedrasi tarkibida 6021100 – San’atshunoslik (Teatrshunoslik, Sahna va ekan san’ati dramaturgiyasi, Kino san’ati tanqidi va tahlili, San’at jurnalistikasi) ta’lim yo‘nalishi hamda 70211001-Teatr san’ati, 70211002-san’at nazariyasi va tarixi (kinoshunoslik), 70212002-Madaniyatshunoslik magistratura mutaxassisliklari davlat ta’lim standartlari va o‘quv rejalari asosida ta’lim olishmoqda.


Kafedra san’atshunoslik ixtisosligi bo‘yicha himoya qilinayotgan doktorlik dissertatsiyalariga yetakchi tashkilot sifatida ilmiy xulosalar berib kelmoqda.
Bugungi kunda kafedraning yetakchi professorlaridan s.f.d., professor M.To‘laxo‘jayeva Qozog‘iston milliy xoreografiya instituti dissertatsiya himoyalari bo‘yicha kengash a’zosi, Qozog‘iston Respublikasining “Pamyatniki istorii i kulturi Kazaxstana”, “Arts akademy” jurnallarida tahrir hay’ati a’zosi. S.M.Qodirova s.f.d., professor “Amerikanskiy jurnal sotsialnix nauk i innovatsiy v obrazovanii” jurnalida tahrir a’zosi. Falsafa fanlari doktori, professor M.V.Ahmadjonova hamda san’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent F.M.Abduvohidovlar nufuzli xalqaro jurnallarda tahrir a’zosi sifatida faoliyat yuritib kelmoqdalar.
Undan tashqari kafedra professor-o‘qituvchilari qator monografiyalar, darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarni nashrdan chiqarib kelmoqda.
Kafedraning qator talabalari Davlat mukofotlari va nomdor stipendiyalarga sazovor bo‘lgan. Jumladan oxirgi yillarda R.Xidirova, A.Matyakubov, SH.Abdurasulov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining stipendiati, H.Rahmonova, M.Muxtorova, B.Yakubov, M.Ubaydullayeva, CH.Rahimova “Alisher Navoiy” nomidagi Davlat stipendiati, G.Nazirova, N.Qurbonova Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti, Abbos Xurramov “Mard o‘g‘lon” ko‘krak nishoni sovrindorlari hisoblanadi.

Bakalavr ta’lim yо‘nalishlari rо‘yxati:
  • 60211000 – San’atshunoslik (teatrshunoslik)
  • 60211000 – San’atshunoslik (sahna va ekran san’ati dramaturgiyasi)
  • 60211000 – San’atshunoslik (kino san’ati tanqidi va tahlili)
  • 60211000 – San’atshunoslik (san’at jurnalistikasi)
Magistratura mutaxassislari rо‘yxati:
  • 70211001 – Teatr san’ati
  • 70211003 – San’at nazariyasi va tarixi (kinoshunoslik)
  • 70212002 – Madaniyatshunoslik
Tayanch dotarantura va mustaqil izlanuvchi:
  • 17.00.01 – Теatr san’ati
  • 17.00.03 – Kino san’ati. Televideniye
  • 17.00.07 – Madaniyat nazariyasi va tarixi. Madaniyatshunoslik
Kafedrada о‘qitiladigan fanlar:
Teatrshunoslik
Xorijiy teatr tarixi
O‘zbek teatr tarixi
Drama nazariyasi
Ssenariynavislik
Kino va televideniye tarixi
Badiiy asar tahlili
Kinoshunoslik
Kinodramaturgiya
Dramaturg mahorati
Dramaturgiya tarixi
Tasviriy va amaliy san’at tarixi
San’at jurnalistikasi
Kinoteleradio rejissurasi
Teatr tarixi
Xoreografiya va raqs san’ati tarixi
Inssenirovka san’ati
Rejissyorlik va aktyorlik san’ati asoslari
Jurnalistika asoslari
Dramaturgiya asoslari
Teleradio jurnalistikasi
Noshirlik san’ati
Solfedjio
Garmoniya
Musiqa tarixi
Maqom asoslari
Qo‘g‘irchoq teatri tarixi
Badiiy asarning ekranlashtirish san’ati (tanlov)
Xalqaro munosabatlar va madaniy aloqalar (tanlov)
O‘zbek kinosining zamonaviy tendensiyalari (qo‘shimcha)
Bolalar dramaturgiyasi (qo‘shimcha)
Magistraturada о‘tiladigan fanlar:
Badiiy tahlil
Zamonaviy teatrdagi yangi jarayonlari
San’atshunoslikning zamonaviy tendensiyalari
Teatr tanqidchiligi
Dramaturgiya va rejissura asoslari
Badiiy ijod jarayonlarida san’atlarning o‘zaro sintezi
Maxsus fanlari o‘qitish metodikasi
Sahna asarida badiiy yaxlitlik
Kino nazariyasi
Kinotanqidchi mahorati
Kinodramaturgiya va rejissura
Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi
Xujjatli film asoslari
Jahon kinosining zamonaviy tendensiyalari (tanlov)
Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi
Madaniyat nazariyasi
Madaniyatning millatlararo va umubashariy muammolari
Milliy qadriyatlar va transformatsion jarayonlar
Xalqning ijtimoiy madaniyati yuksalishi asoslari
Madaniyatshunoslikning zamonaviy tendensiyalari
Madaniyat pedagogikasi
Madaniyat va svilizatsiya
O‘zbek milliy madaniyatining rivojlanashi
Kafedraning professor-о‘qituvchilarining tarkibi:
Asosiy shtat:
Abduvoxidov Faxriddin Meligaliyevich Kafedra mudiri, PhD, dotsent
To‘laxodjayeva Muxabbat Turabovna S.f.d professor
Kodirova Sarvinoz Muxsinovna S.f.d professor
Rizayev Omonulla Zufarovich S.f.n professor
Umarov Ma’mur Batashikovich F.f.n professor
Axmadjonova Muqaddas Vahobovna F.f.d. professor v.b.
Haytmatova Sabohat Agzamovna S.f.n. professor v.b.
Abdurahmonov Ibrohim Rahimovich S.f.n. dotsent
Norqobilov Norqo‘chqor Rahmatovich Dotsent
Jo‘rayev Ashurali Achilovich Dotsent
Isoqova Matluba Komilovna PhD, dotsent
Pirmatov Muzaffar Sherzodovich Dotsent v.b
Hamidova Shaxlo Shermatovna PhD, dotsent v.b
Chaqqonov Jamoliddin Sharifovich Katta o‘qituvchi
Mufti-zade Gulchehra Anvarovna O‘qituvchi
Isroilova Mohina Adhamovna O‘qituvchi
Jomonqulov Husnullo Habibulla O‘qituvchi
Isoqova Mushtariybegim Komil qizi O‘qituvchi
Nazarova Gavhar Rinatovna O‘qituvchi
Muxtorova Muxayyo Saidmurodovna PhD, katta o‘qituvchi
Tursunmetova Robiya Abdulla qizi PhD, katta o‘qituvchi
Nishonboyeva Qunduzxon Vahabovna T.f.n., dotsent
Abdunazarova Nodira Rustamovna Katta o‘qituvchi
Mullajonov Davlat Mavlonovich S.f.n., dotsent
Xudoyev G‘ani Muhammadovich PhD, professor v.b.
Turg‘unova Nasiba Mamutovna PhD, dotsent
Arzibayeva Zuhra Ilyasovna Katta o‘qituvchi

(ichki o‘rindoshlik asosida):
Sayfullayev Nodirbek Baxtiyorovich T.f.n., professor
Yakubov Baxtiyor Choriyevich PhD, dotsent
Abduvohidov Faxriddin Meligaliyevich O‘qituvchi
Isoqova Matluba Komilovna O‘qituvchi
Pirmatov Muzaffar Sherzodovich O‘qituvchi
Chaqqonov Jamoliddin Sharifovich O‘qituvchi
Umarov Kamoliddin Husniddin o‘g‘li O‘qituvchi
Irisboyeva Dilnoza Eshpo‘latovna O‘qituvchi
Karimov Jahongir Ibratovich O‘qituvchi

((tashqi o‘rindoshlik asosida)):
Mavrulov Abduxalil Abdulxayevich T.f.d., professor
Rizayev Shuxratilla Tursunovich F.f.n., professor
Azimov Usmonqul Azimovich Professor
Eshmurodov G‘ofir Shermatovich Dotsent v.b.

Kafedraning ilmiy ishlari (oxirgi 5 yilda chiqarilgan darsliklar, monografiyalar va о‘quv qо‘llanmalar rо‘yxati):
DARSLIK:
– Qodirova S., Qodirov M. “O‘zbek teatri tarixi”. Darslik. – T.: “Niso” Poligraf, 2019. 26,5 b.t.
– Umarov M. B. “Dramaturgiya va rejissura asoslari”. Darslik. 2021. 360 b. O‘zR.OO‘MTV.Nashr guvoxnomasi mavjud. 01.03.2021.№110.
– Xudoyev G‘.X. “Dramaturgiya va rejissura asoslari”. Darslik. 2021. 360 b. O‘zR.OO‘MTV.Nashr guvoxnomasi mavjud. 01.03.2021.№110.
– Umarov M. B. Dramaturgiya va rejissura asoslari. – T. Tamaddun, 2022. Darslik
– Xudoyev G‘. B. Boshlang‘ich g‘ijjak. – T. Javohir-Ilm nashr T.; 2024. darslik
– Xudoyev G‘. B. Maxsu cholg‘u. – T;. Javohir-Ilm nashr2024.

O‘QUV QO‘LLANMALAR:
– Nusratova SH. “Badiiy asar tahlili” o‘quv qo‘llanma. – T.: “Innovatsiya-Ziyo”. 2019. -156 b.
– Nishonboyeva Q. “Madaniyatning millatlararo va umumbashariy muammolari”. O‘quv qo‘llanma. Innovatsiya- Ziyo, – Toshkent: 2020.191 bet.
– Pirmatov M. “Ssenariynavislik”. O‘quv qo‘llanma. “Innovatsiya-Ziyo” nashriyoti, – Toshkent: 2020. 332 bet.
– To‘laho‘jayeva M. “Istoriya teatra. Uzbekskiy teatr perioda Nezavisimosti”. O‘quv qo‘llanma. “Ilm-Ziyo-Zakovat”, – Toshkent: 2021. 303 bet.
– Xaytmatova S. “Kinoshunoslik: kino san’ati tahlili va tanqidi”. O‘quv qo‘llanma. Innovatsiya- Ziyo, – Toshkent: 2021.149 bet.
– Abduvohidov F. “Dramaturgiya asoslari”. O‘quv qo‘llanma. Innovatsiya-Ziyo., – Toshkent: 2021. 256 bet.
– Abduvohidov F. “Drama nazariyasi”. O‘quv qo‘llanma. Innovatsiya-Ziyo., – Toshkent: 2021. 210 bet.
– Abduvohidov F. “Dramaturgiya tarixi”. O‘quv qo‘llanma. Innovatsiya-Ziyo., – Toshkent: 2021. 226 bet.
– Isoqova M. “Kino va televideniye tarixi” O‘quv qo‘llanma. – Toshkent: Navro‘z nashriyoti, 2021. 197 bet.
– Isoqova M. “Dramaturg mahorati” O‘quv qo‘llanma. – Toshkent: Navro‘z nashriyoti, 2021. 160 bet.
– Hamidova SH. “Xoreografiya va raqs san’ati tarixi”. O‘quv qo‘llanma. “Innovatsiya-Ziyo” nashriyoti, – Toshkent: 2021. 120 bet.
– Kultashev B. “Umum san’at tarxi (Qadimgi dunyo san’ati tarxi). O‘quv qo‘llanma. “Innovatsiya-Ziyo” nashriyoti, – Toshkent: 2021. 405 bet.
– Kultashev B. “Tasviriy va amaliy san’at tarxi”. O‘quv qo‘llanma. “Innovatsiya-Ziyo” nashriyoti, – Toshkent: 2021. 460 bet.
– To‘laho‘jayeva M. “Istoriya teatra. Uzbekskiy teatr perioda Nezavisimosti”. O‘quv qo‘llanma. “Ilm-Ziyo-Zakovat”, – Toshkent: 2021. 303 bet.
– Xaytmatova S. “Kinoshunoslik: kino san’ati tahlili va tanqidi”. O‘quv qo‘llanma. Innovatsiya- Ziyo, – Toshkent: 2021.149 bet.
– Abduvohidov F. “Dramaturgiya asoslari”. O‘quv qo‘llanma. Innovatsiya-Ziyo., – Toshkent: 2021. 256 bet.
– Abduvohidov F. “Drama nazariyasi”. O‘quv qo‘llanma. Innovatsiya-Ziyo., – Toshkent: 2021. 210 bet.
– Abduvohidov F. “Dramaturgiya tarixi”. O‘quv qo‘llanma. Innovatsiya-Ziyo., – Toshkent: 2021. 226 bet.
– Isoqova M. “Kino va televideniye tarixi” O‘quv qo‘llanma. – Toshkent: Navro‘z nashriyoti, 2021. 197 bet.
– Isoqova M. “Dramaturg mahorati” O‘quv qo‘llanma. – Toshkent: Navro‘z nashriyoti, 2021. 160 bet.
– Hamidova SH. “Xoreografiya va raqs san’ati tarixi”. O‘quv qo‘llanma. “Innovatsiya-Ziyo” nashriyoti, – Toshkent: 2021. 120 bet.
– Kultashev B. “Umum san’at tarxi (Qadimgi dunyo san’ati tarxi). O‘quv qo‘llanma. “Innovatsiya-Ziyo” nashriyoti, – Toshkent: 2021. 405 bet.
– Kultashev B. “Tasviriy va amaliy san’at tarxi”. O‘quv qo‘llanma. “Innovatsiya-Ziyo” nashriyoti, – Toshkent: 2021. 460 bet.
– Xaytmatova S.A “ Kino nazariyasi ”
– O‘quv qo‘llanma. Toshkent. “METODIST NASHRIYOTI”. 2023. bet: 124
– Qodirova S.M. “Teatrshunoslik” № 414735808244146485 314-sonli buyruq
– Xaytmatova S.A “ Xujjatli film asoslari” O‘quv qo‘llanma. Toshkent. “METODIST NASHRIYOTI”. 2023. bet: 124
– Qodirova S.M. “Teatrshunoslik” – T;. Shafoat nur fayz

MONOGRAFIYA:
– Nusratova SH. “Rejissyorning suvrati va siyrati” MonografiY. “Innovatsiya-Ziyo”, – Toshkent: 2021. 125 bet.
– To‘laho‘jayeva M. “Ostav mne sebya”. MonografiY. – Toshkent: “Ilm-Ziyo-Zakovat”, 2021. – 220 bet.
– Nusratova SH. “Rejissyorning suvrati va siyrati” MonografiY. “Innovatsiya-Ziyo”, – Toshkent: 2021. 125 bet.
– To‘laho‘jayeva M. “Ostav mne sebya”. MonografiY. – Toshkent: “Ilm-Ziyo-Zakovat”, 2021. – 220 bet.
– M.Axmadjonova “Teatr va zamonaviy retsipiyent: falsafiy-ekzistensional tahli” Monografiy. Toshkent: Innovatsiya-Ziyo, 2022. 125 bet.
– Abduraxmonov Ibroxim Raimovich “O‘zbekiston tasviriy va amaliy san’atida
– mifo-epik va folklor mavzular talqini” «Donishmand ziyosi» nashriyoti 2023 yil
– Xorazm etnomadaniyati va yevropa rusumidagi teatrning tivojlanishi
– “Donishmand ziyosi» nashriyoti 2023 yil
– F.Abduvohidov “Surxon teatri” “Donishmand ziyosi» nashriyoti 2024 yil
– Abduraxmonov Ibroxim Raimovich “O‘zbekiston tasviriy va amaliy san’atida
– mifo-epik va folklor mavzular talqini” – T;. «Donishmand ziyosi» nashriyoti 2024 yil
– Isokova M. Xorazm etnomadaniyati va yevropa rusumidagi teatrning tivojlanishi – T;. “Donishmand ziyosi» nashriyoti 2024 yil
– To‘laxo‘jayev M. Puti razvitiya gosudartvennogo akademitseskogo ruskogo dramaticheskogo teatra Uzbekistana – T;. Ilm ziyo zakovat 2024 yil
– Xudoyev G‘. Buxoro mumtoz musiqa an’analari
– Abduvohidov F. “Surxon teatri” – T;. “Donishmand ziyosi» nashriyoti 2024 yil

Kafedraning ilmiy va amaliy hamkorlari:
“San’atshunoslik va madaniyatshunoslik” kafedrasi “San’atshunoslik” ilmiy – tadqiqod instituti, Kamoliddin Behzod nomidagi milliy rassomlik va dizayn instituti, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi, O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi, Botir Zokirov nomidagi milliy estrada instituti, Yunus Rajabiy nomidagi milliy musiqa instituti, O‘zbekiston Milliy unversiteti musiqa va san’at maktablari bilan ilmiy va amaliy aloqalarni yo‘lga qo‘ygan.
Kafedraning korxona va tashkilotlar bilan aloqalari:
“San’atshunoslik va madaniyatshunoslik” kafedrasi Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi kinemotografiya agentligi, Yozuvchilar uyushmasi, Kino arboblari uyushmasi, Teatr arboblari uyushmasi, Jurnalistlar uyushmasi, O‘zbekiston milliy teleradio kompaniyasi, davlat va xususiy gazeta va jurnallar, Viloyat madaniyat boshqarmalari, Poytaxt va viloyat teatri bilan amaliy aloqalarni amalga oshiradi.