Registrator Ofis direktori:

Qurbonov Anvar

Qabul kunlari: Har kuni (yakshanbadan tashqari) soat 9:00 dan 12:00 gacha.

Telefon:

📧 e-mail:qurbonovanvar@gmail.com

📧 Telegram kanali:@dsmiregistratorofisi

Registrator ofisi:
O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining “Registrator ofisi” (keyingi oʻrinlarda – Ofis deb yuritiladi) talabalarga akademik (transkript) va boshqa turdagi ma’lumotnomalarni, turli xil buyruqlardan ko‘chirmalar, institut va fakultetlar haqidagi, ta’lim yo‘nalishlari va shakllari haqidagi ma’lumotnomalarni taqdim etish, talabalarga diplom (dublikat) chop qilib berish jarayoni bilan bog‘liq ishlarni tashkil etish, axborot tizimlariga talabalarni ro‘yxatga qo‘yish, elektron diplomlarni tasdiqlash, talabalarga maslahatlar va savollarga javoblar berish va shuningdek, talabalarga turli xildagi boshqa xizmatlarni koʻrsatish kabi vazifalarni amalga oshiruvchi tarkibiy tuzilma hisoblanadi.

Ofis oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon, qaror va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha Davlat komissiyasi bayonlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining va Madaniyat vazirining buyruqlari, institut Nizomi, Kengashi qarorlari, institut rektorining buyruqlari hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek, Registrator ofisi Nizomiga muvofiq olib boradi.

Ofis faoliyatiga institut rektori tomonidan tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan Ofis direktori rahbarlik qiladi.

Registrator ofisi tarkibi:

Registrator ofisida 1 nafar ofis direktori, 2 nafar bo‘lim boshliqlari va 8 nafar yetakchi mutaxassislar faoliyat yuritadilar.

Registrator ofisi tarkibida Xizmat ko‘rsatish bo‘limi (Front office) va Ma’lumotlar bazasi bo‘limi (Back office) faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

Talabalarga xizmat koʻrsatish sektori vazifalari:
– dars jadvallari haqida maʼlumot taqdim etish;
– qayta oʻqish uchun fan guruhlariga ariza yuborishga yordam berish;
– joriy, oraliq va yakuniy nazoratlar toʻgʻrisida talabalarga maʼlumot taqdim etish;
– sirtqi va masofaviy taʼlim shaklida oʻqiyotgan talabalar uchun chaqiruv qogʻozini shakllantirish;
– akademik maʼlumotnoma va transkript berish;
– imtihonlar roʻyxatini taqdim etish;
– oʻqishni koʻchirish va qayta tiklash uchun ariza yuborishga yordam berish;
– oliy taʼlim tashkilotlariga ikkinchi taʼlimga kirish uchun onlayn ariza topshirishga yordam berish;
– oliy taʼlim tashkilotlarining magistratura (klinik ordinatura) bosqichiga kirish uchun onlayn ariza topshirishga yordam berish;
– talaba guvohnomasi hamda turar joyi guvohnomasini yaratish va taqdim etish;
– talabaga oʻzining GPA koʻrsatkichi haqida maʼlumotnoma taqdim etish;
– talabalarning “HEMIS” axborot tizimidagi parolini tiklash;
– talabalarga tibbiy sugʻurta olish uchun yordam berish;
– oʻqishga qabul va oʻqishni koʻchirish yuzasidan konsultatsiya berish;
– oliy taʼlim tashkilotida mavjud turli xizmatlar va resurslar haqida maʼlumot berish;
– qatʼiy hisobdagi hujjatlar shakllarini (diplom, diplomga ilova, akademik sertifikatlar va boshqalar) taqdim etish;
– qatʼiy hisobdagi blankalarini (diplom blankalari, akademik guvohnomalar, diplom ilovasi va boshqalar) qabul qilish, saqlash va berishni tashkil etish;
– akademik qarzdor talabalarni aniqlash;
– talabalar turar joyiga koʻchib oʻtganlarni vaqtinchalik roʻyxatga qoʻyish uchun hujjatlarni tayyorlash.
Ilmiy va innovatsion faoliyat boʻyicha xizmat koʻrsatish sektori vazifalari:
– grantlar va tanlovlar haqida maʼlumot berish;
– ilmiy konferensiyalar haqida maʼlumot berish;
– innovatsion gʻoya va startaplarni roʻyxatdan oʻtkazishga yordam berish;
– talabalarga nomdor stipendiyalar haqida maʼlumot berish hamda ariza berishda koʻmaklashish;
– ilmiy loyihalar toʻgʻrisida konsultatsiya berish;
– “Ustoz-shogird maktabi”ga aʼzo boʻlishga yordam berish;
– oliy taʼlim tashkiloti tomonidan tashkil etilayotgan ilmiy konferensiya, seminar va boshqa ilmiy-innovatsion tadbirlarni talabalar orasida ommalashtirish;
– talabalarga ilmiy toʻgaraklar haqida maʼlumot berish hamda amaliy yordam koʻrsatish.
Xalqaro aloqalar va akademik mobillik boʻyicha xizmat koʻrsatish sektori vazifalari:
– oʻqish joyidan ingliz tilida maʼlumotnoma berish;
– turli xalqaro grantlar va akademik mobillik dasturlari (mahalliy va xorijiy OTTlar bilan) boʻyicha maʼlumotlarni taqdim etish;
– oʻqishga qabul qilingan xorijlik talabalarni elektron tizimda roʻyxatga olish va fanlarga biriktirish;
– xorijiy oliygohlarda tahsil olishda konsultatsiya berish;
– xorijlik talabalar uchun viza xizmatlarini amalga oshirish;
– xorijlik talabalarga toʻlov-shartnomalarini taqdim etish;
– xorijlik talabalarni Oʻzbekiston Respublikasida vaqtinchalik roʻyxatga qoʻyish xizmatlarini amalga oshirish;
– xorijlik talabalarni oʻqishga qabul qilish boʻyicha konsultatsiya berish, ariza va talab etiladigan hujjatlarni koʻrib chiqish uchun qabul qilish;
– xorijlik talabalarga oliy taʼlim tashkilotidagi oʻquv jarayonlari haqida maʼlumot berish;
– qoʻshma ta’lim dasturlari haqida ma’lumot berish va talabalar orasida targʻibot qilish;
– xorijda oʻqish uchun “El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiya tanlovi va xorijiy e’lonlar haqida ma’lumot berish;
– xalqaro reytinglar (QS, THE, Green Metric)da oʻrin egallagan oliy ta’lim muassasalari toʻgʻrisida talabalarga ma’lumot berish;
– xalqaro forumlarda imzolangan bitimlar va bayonlar haqida talabalarga ma’lumot berish;
– xorijiy tillarni oʻrganish kurslari haqida ma’lumot berish.
Buxgalteriya, marketing va amaliyot boʻyicha xizmat koʻrsatish sektori vazifalari:
– ishga joylashgan bitiruvchilar haqida maʼlumotlarni olish va kiritish;
– toʻlov-shartnoma summasini aniqlash, hisoblash va taqdim etish, shuningdek, toʻlov-shartnomasi olish uchun ariza berishga koʻmaklashish;
– akademik qarzdor talabalar uchun qayta oʻzlashtirish bo‘yicha toʻlov miqdorlarini aniqlash va tasdiqlash, qayta oʻqishga shartnoma olish uchun ariza berishga koʻmaklashish;
– ijara subsidiyasi uchun ariza yozishga koʻmaklashish;
– talabalarning yotoqxonalarga joylashishi uchun ariza berishga koʻmaklashish;
– ijara asosida yashayotgan talabalarga oylik ijara toʻlovining 50 foizi (bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravaridan oshmagan holda) Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan toʻlab berilishi – uchun hujjatlarni rasmiylashtirish va tavsiyalar berish;
– talabalarga ishga joylashish borasida tavsiyalar berish;
– potensial ish beruvchilar roʻyxatini shakllantirish va talabalarga yetkazish;
– bitiruvchilarni ishga taqsimlash va joylashishiga oid barcha zaruriy hujjatlar (ishga yuborilganlik toʻgʻrisida yoʻllanma, taqsimot komissiyasi qarori, shaxsiy taqsimot qaydnomasi) tayyorlash, rasmiylashtirish va bitiruvchilarga yetkazish.
Statistik maʼlumotlarni yuritish sektori vazifalari:
– talabalar, resurslar, shartnomalar, mashgʻulotlar va talabalarning oʻzlashtirishi haqidagi turli xil statistik maʼlumotlarni umumlashtirish va tahlil qilish;
– talabalarning kursdan kursga qolishi, talabalar safidan chetlashtirilishi va akademik taʼtilga chiqishi boʻyicha statistik maʼlumotlarni umumlashtirish va tahlil qilish;
– oʻqishni koʻchirish va tiklashga tavsiya etilgan talabalarga oid statistik maʼlumotlarni umumlashtirish va tahlil qilish;
– topshiriq va murojaatlarga asosan oliy taʼlim tashkiloti faoliyatiga doir statistik maʼlumotlarni taqdim etishga tayyorlash;
– oliy taʼlim tashkilotlari tomonidan Statistika agentligiga taqdim etiladigan hisobot shakllarini yuritish;
– bitiruvchilar toʻgʻrisida umumiy maʼlumotlar bankini shakllantirish;
– bitiruvchilar bandligini ta’minlash hamda ishga joylashganligi bo‘yicha olib borilgan monitoring yuzasidan maʼlumotlarni olish, umumlashtirish va tahlil qilish;
– “HEMIS” axborot tizimiga kiritilayotgan statistik maʼlumotlarning toʻgʻriligini tahlil qilib borish.
Statistik maʼlumotlarni yuritish sektori menejerlariga kerakli ma’lumotlarni yigʻish, umumlashtirish va qayta ishlash uchun so‘ralgan ma’lumotlarni taqdim etishda OTT tuzilmasidagi boshqa boʻlinmalarning xodimlari yordam berishlari va hamkorlikda ishlashlari lozim.
Oʻquv jarayonini muvofiqlashtirish sektori vazifalari:
– akademik guruhlarni shakllantirish;
– talabalarga qayta oʻqishni tashkil qilish (fan guruhlari, dars jadvali va nazorat jadvallarini yaratish, arizalarni koʻrib chiqish);
– talabalarni tegishli fanlarga biriktirish;
– talabalarni tizimga kiritish va tegishli guruhlarga biriktirish;
– tyutorga tegishli guruhlarni biriktirish;
– oʻquv rejada mavjud fanlarni semestrlarga biriktirish;
– qabul qilingan talabalarni elektron tizimda roʻyxatga olish va fanlarga biriktirish;
– talabalar harakati (talabalar safidan chetlashtirish, kursda qoldirish, oʻqishini koʻchirish, akademik taʼtilga chiqarish va qaytarish, oʻqishini tiklash)ni muvofiqlashtirish va rasmiylashtirish;
– talabalarni kursdan kursga oʻtkazish;
– talabalarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichini umumlashtirish va tahlil qilish;
– talabalarning maʼlumot bazalarini shakllantirish va yangilab borish;
– oʻqishni bitirgan talabalarni tegishli tartibda rasmiylashtirish;
– “HEMIS” tizimi orqali talabalar davomatini nazorat qilish, kunlik davomat hisobotini olish va fanlar boʻyicha davomatni monitoring qilish;
– dars jadvallarini hamda joriy, oraliq va yakuniy nazorat grafiklarini “HEMIS” axborot tizimida shakllantirish.
Talabalar hujjatlarini yuritish va saqlash sektori vazifalari:
– oliy taʼlim tashkilotini tugatgan talabalar hujjatlarini toʻplab yigʻma jildga tikish, roʻyxatga olish va arxivga qadar saqlash;
– familiyasi oʻzgargan, akademik taʼtilga chiqqan, yoʻnalishni va fakultetni oʻzgartirgan, kursda qoldirilgan, talabalar safidan chiqarilgan talabalarning buyruqlaridan koʻchirmalarni talabalar bazasiga joylashtirish;
– oʻqishni boshqa oliy taʼlim tashkilotiga koʻchirish munosabati bilan talabalar safidan chetlatilgan talabalarni hamma kerakli hujjatlarini talabaga yetkazish;
– bitiruvchilarga berilgan diplomlarning haqiqiyligini tasdiqlash maqsadida doimiy ravishda https://OTT.mehnat.uz va http://d-arxiv.edu.uz platformalari orqali tashkilot va muassasalar bilan yozishmalarni amalga oshirish, yoʻqotilgan diplom va ilovalar oʻrniga dublikat berish toʻgʻrisidagi murojaatlarga javob qaytarish.