Kafedra mudiri:
«Kutubxonashunoslik» kafedrasi

Xakimova Muborakxon Yakubjonovna

Mustaqil tadqiqotchi, 1 ta о‘quv qullanma, 1 ta monografiya va 100 dan ortiq maqollar muallifi

Qabul kunlari: har kuni : 15:00-16:00

Telefon: 71 230 28 12

📧 e-mail:

Kafedra qisqa tarixi:
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektorining 2019 yil 3 sentabrdagi 57/1-PО‘P-sonli buyrug‘i bilan “Kutubxonashunoslk” kafedrasi tashkil etilgan. Kafedra mudiri M.Y.Xakimova. Hozirgi kunda kafedrada faoliyat olib borayotgan professor-о‘qituvchilar filologiya fanlari doktori, professor I.J.Yuldashev, falsafa fanlari nomzodi, dotsent О‘.Nosirov, filologiya fanlari nomzodi, dotsent S.X.Davlatov, iqtisod fanlari bo’yicha falsafa doktori, (PhD) B.S.Usmonov, katta о‘qituvchi M.Isxakov, katta о‘qituvchi Y.Mannonov, katta о‘qituvchi I.K.Say, о‘qituvchilar Z.M.Abduganiyeva, D.X.Nurbabayeva, N.R.Usmanova.

Kafedraning tarixi 1959 yilda Nizomiy nomidagi TDPU “Kutubxonashunoslik” fakultetida “Kutubxonashunoslik” kafedrasi sifatida tashkil etilgan. Kafedra mudiri sifatida t.f.d.professor O.G.Qosimova faoliyat olib borgan. 1974 yili TDMI tashkil etilishi munosabati bilan kafedra fakultet bilan birgalikda institut qoshida qayta tashkil etildi. Kafedraga t.f.d.professor O.G.Qosimova kafedra mudiri lavozimiga tayinlangan. 1992 yildan boshlab kafedrani pedagogika fanlari nomzodi, dotsent M.M.Rasulov, filologiya fanlari nomzodi S.X.Davlatov, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent M.X.Maxmudov, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent B.I.G‘aniyeva, falsafa fanlari nomzodi, dotsent О‘.Nosirovlar rahbarlik qilgan.
«Kutubxonashunoslik» kafedrasi
Kafedra professor-о‘qituvchilari tomonidan bir qator monografiyalar, darsliklar va о‘quv qо‘llanmalar nashr etilgan. Masalan, O.Qosimova, T.Yesimov “Umumiy kutubxonashunoslik” (darslik), O.Qosimova “О‘zbekistonda kutubxonachilik tarixi” (о‘quv qо‘llanma), A. I. Kormilitsin, M. M Rasulov,S. X. Davlatov “Kutubxonashunoslik ishining nazariyasi va tarixi” (kasb-hunar kollejlari uchun о‘quv qо‘llanma), S.X. Davlatov, О‘.Nosirov, Z.SH.Berdiyeva, A.N. О‘rozov “Kutubxonashunoslik” (о‘quv qо‘llanma), О‘.Nosirov “Kutubxona-axborot xizmati: nazariyasi va amaliyoti” (о‘quv qо‘llanma), О‘.Nosirov “Kutubxona-axborot xizmati: nazariyasi va amaliyoti” (darslik), M.Y.Xakimova “Kutubxonashunoslik” (о‘quv qо‘llanma), S.Davlatov “Kutubxonashunoslik fanining tarixi va evolyusiyasi (о‘quv qо‘llanma),O‘.Nosirov “Kitob tarixi” (о‘quv qо‘llanma), O‘.Nosirov «Kutubxonashunoslikka oid tadqiqotlarni tashkil etish metodikasi» (magistratura mutaxassisliklari uchun о‘quv qо‘llanma), Б.Усмонов “Портфель менежменти” (ўқув қўлланма), О‘.Nosirov, “Axborot-kutubxona muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy ishlar va ommaviy tadbirlar samaradorligini oshirish omillari” (monografiya), M.Xakimova «Maktab kutubxonalarida o‘quvchilar mutolaa madaniyatini shakllantirishning tashkiliy-uslubiy asoslari» (monografiya) va boshqalar.

Hozirgi kunda kafedra professor-о‘qituvchilar tomonidan “Kutubxonalarning innovatsion faoliyati ”, “Kutubxona pedagogikasi”, “Kutubxona axborot faoliyatida menejment” kabi majburiy fanlaridan о‘quv qо‘llanma va darsliklar nashrga tayyorlanmoqda.

Kafedra a’zolari tomonida Scopus va Web of Sciences xalqaro ma’lumotlar bazalarida indekslangan jurnallarda va OAK e’tirof etgan jurnallarda hamda turli xil konferensiyalar materiallarida maqolalar chop etish an’naga aylangan. Hozirgi kunga qadar kafedra professor-о‘qituvchilari tomonidan kutubxonachilik va kutubxonashunoslikning dolzarb muammolari va yechimiga qaratilgan 400 dan ortiq maqolalari e’lon qilingan.
«Kutubxonashunoslik» kafedrasi

Bakalavr ta’lim yо‘nalishlari rо‘yxati:
  • 60320400-Kutubxona-axborot faoliyati (kutubxonachilik va bibliografiya)
Magistratura mutaxassislari rо‘yxati:
  • 70320401-Kutubxona-axborot faoliyati (kutubxonachilik va bibliografiya)
Kafedrada о‘tiladigan fanlar rо‘yhati:
– Kitob tarixi
– Kutubxonashunoslik
– O’zbekistonda va xorijda kutubxona ishi tarixi
– Kutubxona axborot xizmati nazariyasi va amaliyoti
– Hujjatshunoslik axborot tahlili
– Kutubxonalarning innovatsion faoliyati
– Kutubxona-axborot faoliyatini boshqarish
– Kutubxona axborot faoliyati marketingi
– Kutubxona-axborot faoliyatining meyoriy huquqiy asoslari
Magistraturada о‘tiladigan fanlar:
– Kutubxonashunoslik fanining tarixi va evolyutsiyasi
– Kutubxonashunoslik fanlariga oid tadqiqotlarni tashkil etish metodikasi
– Yangi О‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi va kutubxonashunoslik fanining dolzarb muammolari
– Maxsus fanlarni о‘qitish metodikasi
– Ilmiy-tadqiqot metodologiyasi
– Kutubxonashunoslik fanlarini o‘qitishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish (Тanlov fan)
«Kutubxonashunoslik» kafedrasi
Kafedraning professor-о‘qituvchilarining tarkibi:
Kafedra professor-o‘qituvchilari: Hozirgi kunda kafedrada 12 nafar professor-o‘qituvchilar, jumladan, 1 nafar fan doktori, professor, 2 nafar fan nomzodi, dotsent, 2 nafar falsafa doktori, (PhD, 3 nafar katta o‘qituvchi va 3 nafar o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatmoqda.
“Kutubxonashunoslik” kafedrasi o‘qituvchilari haqida ma’lumot:
1. Xakimova M.Y., kafedra mudiri
2. Yuldashev I.J., filologiya fanlari doktori, professor
3. Davlatov S.X., filologiya fanlari nomzodi, dotsent
4. Nosirov O‘., falsafa fanlari nomzodi, dotsent
5. Maxmudov A.M. psixologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori, (PhD)
6. B.S.Usmonov., iqtisod fanlari bo’yicha falsafa doktori, (PhD)
7. Say I.K., katta o‘qituvchi
8. Isaqov M.M., katta o‘qituvchi
9. Mannonov.B.O., katta o‘qituvchi
10. Abduganiyeva Z.M. о‘qituvchi
11. Nurbabayeva D.X., о‘qituvchi
12. Usmanova N.R., o‘qituvchi
Kafedraning ilmiy ishlari (oxirgi 5 yilda chiqarilgan darsliklar, monografiyalar va о‘quv qо‘llanmalar rо‘yxati):
S.Davlatov, О‘.Nosirov, Z.Berdiyeva, A.О‘rozov Kutubxonashunoslik – о‘quv qо‘llanma
I.J.Yuldashev, О‘.Nosirov Kutubxona –axborot xizmati: nazariyasi va amaliyoti – о‘quv qо‘llanma
S.Davlatov Kutubxonashunoslik fanining tarixi va evolyusiyasi – о‘quv qо‘llanma
M.Hakimova Kutubxonashunoslik – о‘quv qо‘llanma
О‘.Nosirov Kutubxona –axborot xizmati: nazariyasi va amaliyoti – darslik
B.Usmonov. Tijorat banklari uzoq muddatli kreditlarining samaradorligini oshirish yо‘llari (monografiya)
О‘.Nosirov, “Axborot-kutubxona muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy ishlar va ommaviy tadbirlar samaradorligini oshirish omillari” (monografiya)
M.Xakimova «Maktab kutubxonalarida o‘quvchilar mutolaa madaniyatini shakllantirishning tashkiliy-uslubiy asoslari» (monografiya)
Kafedraning ilmiy va amaliy hamkorlari:
О‘zbekiston Milliy kutubxonasi;
Geologiya fanlari universiteti AKM;
Respublika bolalar kutubxonasi;
Respublika markaziy kо‘zi ojizlar kutubxonasi;
Maktab kutubxonalari
Kafedraning korxona va tashkilotlar bilan aloqalari:
Kafedra quyidagi tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi:
A.Navoiy nomidagi О‘zbekiston Respublikasi Milliy kutubxonasi
О‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Fundamental kutubxonasi
О‘zbekiston Respublikasi axborot-kutubxona markazi
“Bilim” Toshkent shahar axborot-kutubxona markazi
Respublika bolalar kutubxonasi
QQR va viloyatlar axborot-kutubxona markazlari
Kafedraning xalqaro xamkorligi:
Kazan davlat madaniyat instituti
Muxtor Avezov nomli Janubiy Qozog‘iston Davlat universiteti
Ozarbayjon davlat madaniyat va san’at universiteti
Baku davlat universiteti
Rossiya Fanlar akademiyasining Sibir filiali Davlat jamoat ilmiy-texnik kutubxonasi.