Fakultet dekani: |
Usmonov Boxodir Suvonqul o‘g‘liIqtisod fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD), 1ta o’quv qo’llanma, 1 ta monografiya, ta uslubiy qo’llanma, 50 dan ortiq maqola va tezislar muallifi ⌚ Qabul kunlari: Har kuni (yakshanbadan tashqari) soat 14:00 dan 17:00 gacha. ☎ Telefon:71 230 28 45 📧 e-mail: |
Fakultet tasarrufidagi kafedralar: |
|
Fakultet qisqa tarixi: |
“Kutubxonashunoslik” fakulteti 1974-yili Toshkent Davlat madaniyat instituti qoshida tashkil qilingan bо‘lib, unga filologiya fanlari doktori, professor Jalolov G‘ayrat Oripovich rahbarlik qilgan. Uning tasarruvida 3 ta kafedra mavjud bо‘gan. “Kutubxonashunoslik” kafdra mudiri tarix fanlari doktori professor Qosimova Osiyo G‘ovurovna, “Bibliografiya” kafdra mudiri filologiya fanlari doktori professor Vulis Abram Zinovyvech, “Kutubxona fondlar va kataloglari” kafedra mudiri Rahimova Maloxat Asadivna. Keyinchalik 4-kafedra ochilgan “Texnika vositalari, informatika va HZTA” kafdra mudiri Rasulov Tursunboy Fayziyevich. Keyingi yillarda fakultetga filologiya fanlari doktori, professor Egamov Xudoybergan Egamovich, dotsentlar O.Kelganov, A.T. Tо‘laganov, SH.M.Shamsiyev, U.F.Karimov yetakchilik qilgan.
2001-yildan fakultet nomi о‘zgartilib “Kutubxona-axborot faoliyatini boshqaruv” deb о‘zgartirilgan. Shundan keyingi yillarda fakultetda “Kutubxonashunoslik va axborot tizimlari” ta’lim yо‘nalishida mutaxasislar tayyorlana boshladi. Buni tugatganlar “Kutubxonachi bibliograf”, “Arxivshunos”, “Kitobshunos” va ish yurutuvchi lavozimida ishlashga mо‘ljallangan mutaxasislar tayyorlangan. 2012-yilga qadar fakultet Toshkent axborot texnologiyalari universisteti tarkibiga о‘tganga qadar 4 ta kafedra faoliyat yuritgan. “Kutubxonashunoslik” uning tarkibida ishlagan xodimlar asosan kutubxonachilik ishining nazariy masalalarini о‘rganish bilan birga, kutubxonachilik ishining tarixi bо‘yicha darslik, о‘quv qо‘llanma, uslubiy kо‘rsatmalarni yaratishgan. Kafedrada fan doktorlaridan O.G‘ Qosimova, E.O Oxunjonovlar faoliyat yuritishgan. O.G‘ Qosimova asosan kutubxonachilik ishi tarixi bо‘yicha ilmiy izlanishlar olib borgan va umumiy kutubxonashunoslik mavzusida nazariy va darslik adabiyotlarini yaratgan. E.O Oxunjonov О‘rta Osiyo va О‘zbekistonda kutubxonachilik, kitobshunoslik bibliografiya ishlarini tashkil qilish bо‘yicha darsliklar, monagrafiya, о‘quv qо‘llanmalarni nashrga tayyorlagan. Kafedraning dotsenti lavozimida ishlagan A.I.Kormelitsin, I.M.Troiskaya, M.M.Rasulov, M.X.Mahmudov, A.P.Kavalenka, B.I.G‘aniyevalar soha bо‘yicha izlanishlarni olib borgan mutaxasislar bо‘yicha ilmiy kitoblar, darsliklar va о‘quv qо‘llanmalarni nashrga tayyorlaganlar. “Bibliografiya” kafedrasida Turopov M.M., Shamsiyev SH.M., Mamatrayemova X., Shumonova N.P. va boshqa qator olimlar faoliyat yuritgan. О‘zbekiston bibliografiyasining shakillanishi va rivojlanishini о‘rgangan olimlar, pedagogika fanlari nomzodlari SH.M. Shamsiyev M.M. Turopovlar hisoblanishadi. 1965 yili uni tugatgan SH.M. Shamsiyev mutaxasislik kafedrasida о‘qituvchi lavozimda ish boshlagan. Yosh mutaxasis kasbga bо‘lgan qiziqishi orqali kafedra о‘qituvchilari orasida tez о‘z о‘rniga ega bо‘la oldi. SH.M.Shamsiyev ilmiy faoliyatni doim pedagogik faoliyatiga qо‘shib olib borganligini kо‘rsatishimiz mumkin. Aspiranturada о‘qigan davrida ilmiy ishi bо‘yicha “Nekotoriye voprosi retrospektivnoy bibliografii periodiki dorevolyusionnogo Turkestana (1870-1917 gg.)” “Problema izucheniya periodicheskoy pechati dorevolyusionnogo Turkestana”1974 kabi maqolalrni e’lon qilgan. 1974 yili Musa Mamatovich Turopov Leningrad davlat madaniyat institutining kutubxonashunoslikk va bibliografiya ishlaridan ilmiy darajalar beruvchi kengashida “О‘zbekiston haqidagi ababiyotlar bibliografiyasining shakllanishi va rivojlanishi” mavzusidagi dissertatsiyasini himoya qilgan. Musa Mamatovich Turopov о‘zidan keyin bu о‘liy ta’lim muassasida ilmiy ish qilishgan N.P. Shumanova, M.K. Mirzaxmdova, T.D. Bayturayev, G‘.A. ham ushbu kafedraga aspiranturaga о‘qishga kirishlariga turtki bо‘lgan bо‘lsa kerak. Bu yerdagi о‘qish va bibliografik faoliyatni о‘rganish uning Turkiston о‘lkasi va О‘zbekiston bibliografiyasi bо‘yicha yetuk mutaxasis bо‘lib shakllanishiga asos bо‘la oldi. 2017 yilda О‘zDSMI qoshida kutubonachilik bibliografiya ishi bо‘yicha mutaxasislar tayyorlash yо‘nalishiga talabalr qabul qiilish yо‘lga qо‘yildi. Yо‘nalishga о‘zbek va rus guruxlariga axborotlashgan kutubxonalar yо‘nalishiga talabalr qabul qilingan. 2018-2019 yilgi о‘quv yiliga bu yо‘naliga ananaviy kutubxonachi bibliograflar tayyorgarligi bо‘yicha talabalar qabul qilina boshlandi. 2019-yil 3-sentabrda О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektorining 57/1-PО‘-sonli buyrug‘i bilan institutda “Kutubxona axborot faoliyati” fakulteti tashkil qilingan ochilgan. |
Bakalavriat ta’lim yo’nalishlari: |
|
Magistratura mutaxassisliklari: |
|
Professor-о‘qituvchilar tarkibi: |
Fakultet qoshida 2ta mutaxasislik kafidrasi faoliyat yuritmoqda. “Kutubxonashunoslik” kafedrasi mudiri M. Xakimova. “Kutubxona fondlari va bibliografiyashunoslk” kafedra mudiri T.D. Bayturayev. Shuningdek fakultet tasarufida “Axborot texnologiyalari, ”Jaxon tillari va adabiyoti” va “О‘zbek tili va adabiyoti” kafedralari faoliyat yuritmoqda. Hozirgi kunda mutaxasislik kafedralarida ish olib borayotgan domlalar filolagi fanlar doktori professor I.J.Yо‘ldashev, f.f.n. О‘.Nosirov, pedagogika fanlari nozodi, dotsent M.X.Maxmudov, pedagogika fanlari nomzodi, G.A.Narzullayev, о‘qituvchilar.: Muminxо‘jayeva L.N., Rо‘ziyeva N.P., Matmurodova M.I. Umaraliyeva F.F, Say I.K., Shomuratova N., Isxoqov M. faoliyat kо‘rsatmoqdalar. Xozirgi kunda kafedra azolari tomonidan “Bibliografiyashunoslik”, “Kutubxonashunoslik” fanlaridan darslik,о‘quv qо‘llanmalar nashirdan chiqarilgan nashirdan chiqarilgan 2021yili. “Kutubxona axborot faoliyatini boshqarish”, “Kutubxona axborot faoliyatini marketingi”, fanlaridan darslik va о‘quv qо‘llanma nashirdan chiqarilmoqda. Kafedralarning boshqa fanlaridan ham darslik va о‘quv qо‘llanmalar nashirga tayyorlanmoqda. Kafedra azolari tomonida chet ellardagi impofaktri yuqori reytingli jurnallarda maqolalar nashir qilish ham yaxshi yo’lga qо‘yilgan. Har bir о‘quv yilida kamida 3tadan maqola elon qilinmoqda.Kafedralarning professori I.J. Yuldashevning, dotsentlari О‘.Nosirov, T.D. Bayturayev, M.X.Maxmudov, G.A.Narzullayev va о‘qituvchilar Muminxо‘jayeva L.N., Rо‘ziyeva N.P., Matmurodova M.I. Umaraliyeva F.F, Say I.K., Shomuratova N., Isxoqov M. larning xaqaro va maxaliy jurnalarda mutaxasislikning dolzarb masalalari bо‘yicha 30 dan ortiq maqolalari nashir qilingan, xalqaro konferensiyalarda ham kafedraning barcha azolari tomonidan 40 ortiq maqolalari elon qilingan. Respublika konferensiyalarida 50 dan ortiq maqolalri elon qilingan. |
Xalqaro hamkorlik: |
Fakultetda xorijiy innovatsion hamkorliklar yо‘lga qо‘yilgan bо‘lib, jumladan, Rossiya davlati, Qazog‘iston respublikasi kabi davlatlardan tashrif buyurgan soha mutaxassislari bilan uchrashuvlar, mahorat darslari, tanishuv va qiziqarli suhbatlar muntazam ravishda olib boriladi va davomli borilishi yо‘lga qо‘yilgan. |
Korxona va tashkilotlar bilan hamkorlik: |
1. Alisher Navoiy nomidagi О‘zbekiston Milliy kutubxonasi 2. О‘zbekiston Fanlar Akademiyasining asosiy kutubxonasi 3. Respublika bolalar kutubxonasi 4. “Turon” Toshkent viloyat axborot-kutubxona markazi 5. “Bilim” Toshkent shahar axborot-kutubxona markazi |
Iqtidorli talabalar: |
Fakul’tetda kо‘plab davlat stipendiya sohiblari, davlat mukofoti sovrindorlari, Xalqaro respublika tanlovi g‘oliblari ham tahsil olgan va tahsil olib kelmoqlar.
“Kutubxona-axborot faoliyati” fakul’tetidagi ta’lim jarayoni bugungi zamon talablariga mos ravishda bо‘lib, yanada takomillashtirish uchun kо‘plab say-harakatlar olib borilmoqda.Talabalarga kitobxon mahoratlarini о‘rgatib kelayotgan professor-о‘qituvchilarning xorijiy davlatlarga malaka oshirishi yо‘lga qо‘yilgan va kelajakda bu sohani rivoji uchun xizmat qilishiga shuhamiz yо‘q. |