| Bo’lim boshlig’i: |
Davlatov Oybek Gʻaniyevich⌚ Qabul kunlari: har kuni soat 10:00–17:00 ☎ Telefon:71 230 28 14 📧 e-mail: |
| Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi haqida: |
|
Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi – institutning asosiy tarkibiy bo‘linmalaridan biri bo‘lib, o‘z faoliyatini belgilangan nizom, shuningdek, institut Rektori va Ilmiy kengash qaror hamda buyruqlari asosida olib boradi. Bo‘lim faoliyati institutda ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish, innovatsion g‘oyalarni amaliyotga tatbiq etish, zamonaviy ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish hamda yosh olimlarning ilmiy salohiyatini oshirishga qaratilgan. So‘nggi yillarda oliy ta’lim tizimida ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash jarayoni yangi mazmun va ko‘lam kasb etmoqda. Bugungi kunda yuqori texnologiyalar asosida faoliyat yurituvchi sanoat tarmoqlari, ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalari, shuningdek, xizmatlar ko‘rsatish sohasi ham yuqori malakali, ilmiy salohiyatli mutaxassislarga ehtiyoj sezmoqda. O‘zbekiston Respublikasida ilmiy va pedagogik kadrlar tayyorlash quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi: Mazkur bosqichlar tayanch doktorantura, doktorantura (DSc) hamda mustaqil izlanuvchilik yo‘nalishlarida tashkil etilib, ilm-fan taraqqiyotiga hissa qo‘shadigan zamonaviy kadrlarni yetishtirishga xizmat qiladi. |
| Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim institutlariga kiruvchi talabgorlarga qo‘yiladigan talablar: |
|
Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim (tayanch doktorantura, doktorantura va mustaqil izlanuvchilik) bosqichlariga qabul jarayoni O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, oliy ta’lim muassasalari (OTM) yoki ilmiy-tadqiqot muassasalari (ITM) huzuridagi qabul komissiyalari tomonidan tanlov asosida amalga oshiriladi. Tayanch doktoranturaga o‘qishga qabul kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra, mustaqil izlanuvchilik institutiga qabul esa suhbat natijalariga ko‘ra rasmiylashtiriladi.
|
| Falsafa fanlari doktori (PhD) ilmiy darajasini olish istagidagi talabgorlar quyidagi shartlarga javob berishi lozim: |
|
• Magistr darajasi yoki oliy ma’lumot (mutaxassislik dasturlari bo‘yicha) to‘g‘risidagi diplomga ega bo‘lish; • Dissertatsiya tadqiqotining ilmiy asosini tashkil etuvchi natijalarga ega bo‘lish, ya’ni: o ilmiy jurnallar yoki boshqa nufuzli nashrlarda kamida bitta ilmiy maqola chop etilgan bo‘lishi; o ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar yoki tegishli yo‘nalishdagi ilmiy ishlar to‘plamlarida kamida ikkita tezis bilan ishtirok etgan bo‘lishi. Mazkur talablar ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash tizimida ilmiy salohiyatni oshirish, yosh izlanuvchilarni ilmiy faoliyatga jalb etish hamda ularning mustaqil ilmiy izlanish olib borish ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi. |
| Tayanch doktorantura va mustaqil izlanuvchilikka o‘qishga talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar: |
|
• Qisqacha biografik maʼlumot (obyektivka). • Oliy taʼlim muassasasi diplomi (bakalavr va magistr). • Nashr etilgan ilmiy ishlar nusxalari (kamida 1 ta maqola va 2 ta tezis). • Ish joyidan tavsifnoma (Mustaqil izlanuvchilar uchun) • Xorijiy til bo‘yicha milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat (tayanch doktorantlar uchun). Mazkur talablar doktoranturada ta’lim oluvchi izlanuvchilarning |
| Institutning ilmiy salohiyati |
|
Institutda asosiy shtat va ichki o‘rindoshlik asosida jami 306 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat yuritmoqda. Ularning tarkibi quyidagicha: • 12 nafar fan doktori (DSc); • 63 nafar fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD); • 31 nafar professor; • 70 nafar dotsent. 2025-yil sentabr holatiga ko‘ra, institutning umumiy ilmiy salohiyati 55,7 foizni tashkil etadi. Oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutida 118 nafar tadqiqotchi ilmiy izlanishlar olib bormoqda. Shundan: Doktorantlar va mustaqil izlanuvchilarning samarali ilmiy faoliyat yuritishlari uchun institut huzurida “Ilmiy-innovatsion ta’lim markazi” tashkil etilgan. Mazkur markaz internet tarmog‘iga ulangan zamonaviy kompyuterlar va texnik jihozlar bilan ta’minlangan bo‘lib, izlanuvchilarga ilmiy-tadqiqot ishlari uchun zarur sharoitlarni yaratadi.
|
| Kollegial organ faoliyati to‘g‘risida qisqacha ma’lumot: |
|
Institut huzurida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son va 2019-yil 24-dekabrdagi 1030-son qarorlariga asosan Kollegial organ tashkil etilgan. Kollegial organning asosiy vazifalari: ilmiy faoliyatni muvofiqlashtiradi; institutda tayanch doktorantura yoki doktorantura ochish bo‘yicha qarorlar qabul qilish; doktorantlar faoliyatini monitornggini olib borish; ilmiy darajaga ega xodimlarga qo‘shimcha haq miqdori belgilash kabi vazifalarni amalga oshiradi. |
| Institutda mavjud ilmiy maktablar: |
|
Institutda ilmiy-tadqiqot faoliyati turli yo‘nalishlardagi ilmiy maktablar faoliyati orqali izchil rivojlanib bormoqda. “San’atshunoslik va madaniyatshunoslik” kafedrasida “Teatrshunoslik”, “Aktyorlik va rejissyorlik”, “Dramaturgiya” yo‘nalishlarida taniqli olimlar hamda fan va san’at arboblari tomonidan yaratilgan ilmiy maktablar asosida tadqiqotlar olib borilmoqda. Xususan: • akademik Mamajon Rahmonov, san’atshunoslik fanlari doktori Muhsin Qodirov, Toshpo‘lat Tursunov va Sotimboy Tursunboyevlarning “O‘zbek va jahon teatri tarixi”ni o‘rganishga bag‘ishlangan ilmiy-uslubiy maktablari; • O‘zbekiston Respublikasi xalq artistlari Malik Qayumov va Shuhrat Abbosovlarning “Kino san’ati” yo‘nalishidagi ilmiy izlanishlari; • akademik Aziz Qayumov hamda Izzat Sultonlarning “O‘zbek mumtoz adabiyoti va dramaturgiyasi”ni tadqiq etishga qaratilgan ilmiy maktablari asosida faol ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Mazkur ilmiy maktablar nafaqat institut ilmiy salohiyatining o‘sishida, balki milliy teatr, kino va dramaturgiya san’atining rivojida ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. |


