Kafedra mudiri: |
Isayev Kamoliddin Saidovichdotsent, 2 ta o’quv qo’llanma, 1 ta o’quv uslubiy qo’llanma, 30 dan ortiq ilmiy-uslubiy maqolalar muallifi ⌚ Qabul kunlari: Shanba kuni, soat:14:00-17:00 ☎ Telefon:71 230 28 54 📧 e-mail: |
Kafedra qisqa tarixi: |
О‘ziga xos milliy taraqqiyotimizning ma’naviy asoslarini yanada mustahkamlash hamda ajdodlarimizning boy madaniy merosini keng kо‘lamda tadbiq va targ‘ib etish asosida xalqimizning boy madaniyati, urf-odat va marosimlari, qadimiy madaniy qadriyatlarimizning milliy-etnik asoslarini chuqur biladigan va etnomadaniy qadriyatlarimizning rivojlanishiga xizmat qiladigan yetuk mutaxassis kadrlarni tayyorlash bugungi kuning dolzarb masalalaridan biridir. Shu sabab 2016-yil sentabrdan boshlab “Folklor va etnografiya” kafedrasi О‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning 2012-yil 4-iyun “О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutini tashkil etish tо‘g‘risida”gi PQ-1771-son qarori asosida tashkil etilgan “Xalq ijodiyoti va an’anaviy qо‘shiqchilik” kafedrasi tarkibidan ajralib chiqib о‘z faoliyatini boshlagan. 2016-2020-yillarda kafedraga filalogiya fanlari nomzodi, professor Oygul Axmedova rahbarlik qilgan. Hozirda kunda ushbu kafedraga dotsent Isayev Kamoliddin Saidovich rahbarlik qilib kelmoqda. “Folklor va etnografiya” kafedrasi respublikamizda faoliyat ko‘rsatayotgan folklor-etnografik jamoalari va turli madaniy-ma’rifiy muassasalar uchun “Folklor-etnografik jamoalar rahbari” yo‘nalishi boyicha kadrlar tayyorlamoqda. Ixtisoslik va mutaxassisliklar bo‘yicha kadrlarni tayyorlashda respublikamizning taniqli olimlari va tajribali mutaxassislar ta’lim berib kelgan. Jumladan, hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist, professor Rustam Abdullayev, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist, dotsent Kursiya Esonova, fil.f.n, dotsent Saidqul Alimov, dotsent Kamoliddin Isayev, dotsent Dilorom Muxamedova, dotsent Umida Qurbonova, dotsent Bibiaysha Kudaybergenova, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Kamola Tashmatova, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Feruza Abdiraxmonova, katta o‘qituvchilar Begzod Davronov, Bahrom Yusupov, o‘qituvchilar Izzat Yo‘ldashev, Gulxumor Djamolxodjayeva, Kamoliddin Sunnatillayev, Shirin Asqarova, Sadoqat Ermatova, Dilrabo Turatova, Babirjan Xadjimuratov, Kamoliddin Salimov, Mardonbek Yusupbayev, Maftuna To‘rayeva, yetakchi jo‘rnavoz Usmon Berdiyev, jo‘rnavozlar Oybek Hamroyev, Otanazar Xudoynazarov, Bahodir Xolmurodov, Umid Azizxodjayev, Ikrom Urazmetov, Dilmurod Yuldoshev, Xudoyberdi Shofiyevlar samarali faoliyat yuritib kelmoqdalar. Xalqimizning ulkan ma’naviy xazinalaridan sanalmish folklor san’ati, O‘zbekiston nomoddiy madaniy merosi va xalq qo‘shiqlari bilan yosh avlodni tanishtirish ularni milliy an’analarga cheksiz hurmat ruhida tarbiyalash va bugungi kun jahon andozalarga mos o‘quv adabiyotlar, dasturlar hamda zamonaviy texnik vositalar asosida ko‘zda tutilgan mutaxassis kadrlarni tayyorlash “Folklor va etnografiya” kafedrasining tub maqsadlaridan biri hisoblanadi. Bu bo‘lim talabalari nafaqat xalq ijodiyotining nazariy bilimlarini egallabgina qolmay, balki, keyinchalik respublika radio va televideniyesida “Xalq ijodi” bo‘yicha dasturlar tuzuvchi rejissor, bayramlar ssenariysi tayyorlovchisi va shu yo‘nalishdagi tadbirlarni uyushtiruvchi kadrlar safida ham faoliyat ko‘rsatishilari mumkin. Bundan tashqari, mazkur bo‘limni tugatgan talabalar madaniyat bo‘limlari qoshida xalq amaliy san’atini tashkil qilish, joylarda turli folklor tadbirlarini uyushtirish, madaniy tadbirlarda folklor an’analaridan foydalanishda maslahatchi-referent vazifasida o‘z ish faoliyatlarini olib borishlari mumkin. Bugungi kunda kafedra respublikda faoliyat ko‘rsatayorgan bir qator folklor-etnagrafik jamoalari, ilmiy-tadqiqod muassasalari, madaniyat markazlari bilan doimiy hamkorlik olib bormoqda. Folklor san’ati beqiyos xazina bo‘lib, ularni yoshlar shuuriga singdirish o‘z xalqiga, o‘z vataniga, o‘z milliy an’analariga cheksiz hurmat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyatga egadir. Mustaqillik sharoiti tufayli ajdodlarimiz xazinasi bo‘lmish boy madaniy meroslarimiz, ma’naviy qadriyatlarimiz, an’analarimiz tiklanayotgan hozirgi paytda sharqona odob, axloq qoidalarini o‘rgatishda folklor san’ati muhim ahamiyat kasb etadi. “Nomoddiy madaniy meros va folklor ijrochilik san’ati” mavzusi kafedraning bosh ilmiy-tadqiqot mavzusi etib belgilangan. Kafedraning ilmiy tadqiqot faoliyatining ustuvor yо‘nalishlari quyidagilarga qaratilgan: – kafedraning ilmiy kadrlar salohiyatini yuksaltirish choralarini kо‘rish; – kafedrada ilmiy darajaga ega о‘qituvchilar salmog‘ini kо‘paytirish; – ilmiy, ilmiy-uslubiy nashrlar, о‘quv qо‘llanmalar, о‘quv-uslubiy ishlanmalar, ilmiy monografiyalar tayyorlash va chop etish; – ustuvor ilmiy yо‘nalishlar bо‘yicha fundamental, innovatsion va amaliy tadqiqotlar ustida ishlashni yо‘lga qо‘yish; – turdosh muassasa va tashkilotlar bilan ilmiy hamkorlik qilish; – talabalar ilmiy-tadqiqot faoliyatini tizimli asosda tashkil etishga kо‘maklashish, iqtidorli talabalar bilan ishlar olib borish. Kafedra pedagoglari imliy ishlar qatorida ijodiy faoliyat bilan ham shug’ullanadi. Buning natijasida ular tomonidan chop etilgan ilmiy ishlar bilan bir qatorda konsert dasturlarini tayyorlab institutda va undan tashqarida, shuningdek televideniye va radio orqali muntazam ravishda chiqishlari tashkil etilmoqda, radio fondiga yangi asarlar yozilmoqda. Kafedra qoshida “E’zoz”, “Ko‘hinur” folklor-etnografik talabalar to‘garaklari va “Meros” talabalar cholg‘u ansambli o‘z faoliyatini olib bormoqdalar. To‘garak a’zolari bilan alohida mashg‘ulotlar o‘tkazish, ularni turli festival va tanlovlarga tayyorlash, radio, televideniye va boshqa ommaviy axborot vositalari orqali targ‘ib etish ishlari ham yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. |
Bakalavr ta’lim yо‘nalishlari rо‘yxati: |
|
Magistratura mutaxassislari rо‘yxati: |
|
Kafedrada о‘qitiladigan fanlar: |
Folklor tarixi Folklor jamoa ijrochiligi Folklor asarlarini sahnalashtirish O‘zbek xalqi etnografiyasi O‘zbek xalqining etnogenezi va etnik tarixi O‘zbek marosim-udumlarining etnohududdiy xususiyatlari Folklor-etnografik jamoalari bilan ishlash uslubiyoti Yakkaxon qo‘shiqchilik Cholg‘u ijrochiligi Folklor cholg‘ulari ansambli O‘zbekiston nomoddiy madaniy merosi Folklor kiyimlari va bezaklari |
Magistraturada о‘tiladigan fanlar: |
Folklor jamoalarini boshqarishning nazariy asoslari Qiyosiy folklorshunoslik Antropologiyasining nazariy maktablari Jahon xalqlari etnomadaniyati Folklor materiallarni tо‘plash va nashr etish metodikasi Jamoa boshqaruv uslubiyoti |
Kafedraning professor-о‘qituvchilarining tarkibi: |
Kafedrada 8 ta dotsent, 2 ta katta o‘qituvchi, 5 ta o‘qituvchi va 2 ta yetakchi konsertmeyster hamda 6 ta konsertmeyster faoliyat ko‘rsatmoqda. Isayev Kamoliddin saidovich – kafedra mudiri, dotsent Abdullayev Rustam Mamarajabovich– O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, professor v.b Esonova Kursiya Nazarovna – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, dotsent Alimov Saidqul – Filologiya fanlari nomzodi, dotsent Muxammedova Dilorom – dotsent Kurbanova Umida Shakirovna – dotsent Kudaybergenova Bibiaysha Bazarbayevna – dotsent v.b Tashmatova Kamola Abdirashidovna – Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, (PhD) Abdiraxmanova Feruza Eshkobilovna – Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, (PhD) Davronov Bekzod Diyor o‘g‘li – katta o‘qituvchi Yuldashev Izzat Ikromovich – o‘qituvchi Djamolxodjayeva Gulxumor Taxirovna – o‘qituvchi Sunnatillayev Kamolidin Namatilla o‘g‘li – o‘qituvchi Turatova Dilrabo Allayarovna – o‘qituvchi |
Kafedraning ilmiy ishlari (oxirgi 5 yilda chiqarilgan darsliklar, monografiyalar va о‘quv qо‘llanmalar rо‘yxati): |
Kafedraning ilmiy va amaliy hamkorlari: |
О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi PQ-3151-sonli Qarori, О‘zbekiston Respublikasi Prezidentininig 2018 yil 7 maydagi “Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalariga innovatsiyalarni joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish bо‘yicha” PQ-3698 qarorlaridan kelib chiqib fanning ta’lim va ishlab chiqarish bilan integratsiyasi uzviyligini ta’minlash maqsadida, О‘zRFA О‘zbek tili, adabiyoti va folklori institutining “Folklor” bо‘limi, О‘zRFA Tarix institutining “Etnologiya va antropologiya” bо‘limi, О‘zRFA Alisher Navoiy nomidagi adabiyot muzeyi bilan innovatsion hamkorlik sharnomalri imzolandi. Kafedra negizidagi ta’lim yо‘nalishlari talabalari va mutaxassislikning magistrantlari hamkorlik doirasida о‘tkazilayotgan ilmiy-nazariy anjumanlar, ilmiy-ijodiy seminarda о‘z ijodiy chiqishlari hamda ma’ruzalari bilan ishtirok etib kelmoqda. |
Kafedraning korxona va tashkilotlar bilan aloqalari: |
Kafedra Toshkent madaniyat kollejining “Folklor san’ati” kafedrasi hamda Respublikada faoliyat olib borayotgan madaniyat boshqarmalari, madaniyat markazlari bilan o‘zaro hamkorlik aloqalarni olib boradi. |