Joriy yilning 22–28 oktabr kunlari Turkiyaning Izmir shahrida Urdun Yermek universiteti hamkorligi va TUBITAK tashkilotining ko‘magida Izmir Katip Celebi universitetida “International Students Social Sciences Congress IV” xalqaro kongressi o‘tkazildi. Ushbu nufuzli anjumanda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti professori Munavvara Abdullayeva, dotsent Zamfira Axmedova, katta o‘qituvchi Qahramon Madrimov hamda magistratura bosqichi 2-kurs talabasi Jasurbek Egamberdiyev […]


