O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida “Estrada va ommaviy tomoshalar san’ati” kafedrasi tomonidan “Yangi davr estrada san’ati: ma’naviy, badiiy, ta’limiy kontekstda” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi. Yangi O‘zbekistonning madaniy taraqqiyotida estrada san’atining ma’naviy, badiiy va ta’limiy aspektlarini tadqiq va tahlil etish, estrada aktyorligi san’ati, ommaviy bayram va tomoshalar rejissurasi bo‘yicha yuqori malakali kadrlar tayyorlash […]
