Bo’lim boshlig’i:
Xalqaro aloqalar bo`limi

Abdujabborova Dilnoza Sanjar qizi

Qabul kunlari: har kuni soat 10:00 dan 15:00 gacha.

Telefon:71 230 28 16

📧 e-mail:dilnozaabdujabbarova1@gmail.com

Xalqaro aloqalar bo’limi haqida:
“Xalqaro aloqalar” bо‘limi institutning xorijiy oliy ta’lim muassasalari, ilmiy tadqiqot markazlari va malaka oshirish institutlari bilan hamkorlikni yо‘lga qо‘yish, eng sо‘nggi о‘quv va ilmiy tajribalarni о‘rganish va ularni ta’limga tadbiq etish, talaba va professor-о‘qituvchilarni dunyoning nufuzli ta’lim muassasalarida tajriba orttirib qaytishi kabi tashkiliy ishlarni muvofiqlashtiruvchi va boshqaruvchi bо‘limdir. Bu esa pirovardida ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladi.

Shu bilan birga, bо‘lim xalqaro aloqalarni rivojlantirish, kadrlar tayyorlash jarayonini takomillashtirish hamda о‘quv-uslubiy va ilmiy tadqiqot ishlarida jahon tajribasidan samarali foydalanish maqsadida tashkil qilingan. Ushbu bо‘lim san’at va madaniyat sohasida xorijiy mamlakatlar bilan о‘zaro tajriba almashishga va institut talabalarining nufuzli xalqaro kо‘rik-tanlovlarida ishtirok etishiga zamin yaratishga yо‘naltirilgan.

Xalqaro aloqalar bo`limi

Shuni alohida ta’kidlash joizki, institut talabalari xorijiy davlatlarda bо‘lib о‘tgan kо‘rik-tanlovlarda ishtirok etib, nufuzli о‘rinlarni egallab qaytishmoqda. Bu esa о‘z navbatida, о‘zbek san’ati va madaniyatining dunyo miqyosida tarannum etilishiga sharoit yaratib bermoqda. Bundan tashqari, talabalar tomonidan yaratilgan filmlar xalqaro kinofestivallarda namoyish etilib, yuqori darajadagi sovrinlarga sazovor bо‘lmoqda. Bu о‘z о‘rnida talabalarga yanada kо‘proq о‘z ustida ishlashiga va samarali ijod qilishiga turtki bо‘lyapdi. Institut professor-о‘qituvchilari va tadqiqotchilari esa dunyoning turli mamlakatlarida bо‘lib о‘tadigan ilmiy-ijodiy konferensiyalarda о‘z ma’ruzalari bilan qatnashib qaytmoqdalar. Bunday tajriba almashinish professor-о‘qituvchilarni о‘quv jarayoniga yangiliklar kiritishiga imkon bermoqda.

Xalqaro aloqalar bo’limining maqsadi va vazifalari:
Xalqaro aloqalar bo`limi

  • Turdosh xorijiy oliy о‘quv yurtlari, markazlari va korxonalari bilan har tomonlama aloqalarni о‘rnatish, hamkorlik bitimi hamda shartnomalarni tuzish va ularning bajarilishini nazorat qilish;

  • Jahon tajribalaridan foydalanish maqsadida о‘quv jarayoniga xorijiy mamlakatlarning professor-о‘qituvchilari, yetakchi mutaxasislarini hamda О‘zbekistonda akreditatsiyadan о‘tgan diplomatik korpus vakillarini jalb qilish;

  • Iqtidorli talabalarni xorijiy Oliy о‘quv yurtlariga ta’lim olish uchun yо‘llash va xorijiy fuqarolarni institutda tahsil olishga о‘zaro ikki tomonli shartnomalar va boshqa bitimlar asosida jalb qilish;

  • Xalqaro hamkorlar bilan birgalikda ilmiy anjumanlar, davra suhbatlari va seminarlar о‘tkazish;

  • Institut kafedralari bilan birgalikda xorijiy OО‘Yular va tashkilotlar vakillari ishtirokidagi tadbirlarni rejalashtirish va amalga oshirish;

  • Oliy ta’lim sohasida turdosh xorijiy OО‘Yular, tashkilotlar, markazlar, ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan xalqaro hamkorlikni amalga oshirish, tegishli yuqori tashkilotlar ruxsati bilan xalqaro shartnomalar va bitimlar asosida xorijiy hamkorlar bilan bevosita aloqa о‘rnatish;

  • Institutning yosh olim, mutaxassis, professor-о‘qituvchilarini xorijda malakalarini oshirish uchun sharoitlar yaratish;

  • Xorijiy davlatlar jamg‘armalari, ta’lim tashkilotlari, oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot markazlari tomonidan ajratiladigan mablag‘larni maqsadli tarzda ishlatish uchun xorijiy loyiha va grantlarda ajratilgan о‘rinlarga о‘qituvchi, stajyor, doktorant, aspirant va talabalar nomzodlarini tanlash hamda ularni chet ellarga yuborish ishlarini belgilangan tartibda о‘z vaqtida amalga oshirish;

  • Xorijiy mamlakatlarga qisqa va uzoq muddatli safarga yuborilgan mutaxassis, ilmiy-pedagogik kadrlar, ilmiy tadqiqotchilar, stajyor va talabalarning hisobotlarini jamlash hamda vazirlikning tegishli boshqarma va bо‘limlariga taqdim etish;

  • Ta’lim muassasalarida faoliyat kо‘rsatayotgan chet ellik professor- о‘qituvchilar hamda tahsil olayotgan xorijiy fuqarolarning о‘qishi va yashashi bilan bog‘liq masalalarni muvofiqlashtirish;

  • О‘zbekiston Respublikasining boshqa xorijiy davlatlar bilan imzolagan hukumatlararo va idoralararo bitimlari va shartnomalarining tegishli bandlariga kо‘ra xorijiy hamkorlar bilan tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri aloqalar о‘rnatishdan iborart

Xalqaro aloqalar bo`limi

Xalqaro hamkorlik:
Hozirgi kunda О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida 15 ta xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik shartnomalari tuzilgan.

Bular:

Rossiya Federatsiyasi:

  • Sankt-Peterburg davlat teatr san’ati akademiyasi

  • Moskva davlat madaniyat instituti

  • Chelyabinsk davlat madaniyat instituti

  • S.Gerasimov nomidagi ButunRossiya davlat kinematografiya instituti

  • Yevgeniy Vaxtangov nomidagi Davlat akademik teatri huzuridagi Boris Shukin nomidagi teatr instituti

  • Rossiya davlat sahna san’atlari institutlari

  • Kozon davlat madaniyat va san’at universiteti

Qozog‘iston Respublikasi:

  • Qozog‘iston milliy san’at universiteti

  • M.Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston davlat universiteti

  • T.Jurgenov nomidagi Qozog‘iston milliy san’at akademiyasi

Ozarbayjon Respublikasi:

  • Ozarbayjon davlat madaniyat va san’at universiteti

Koreya Respublikasi:

  • Koreya Milliy san’at universiteti

  • Induk Universiteti

Latviya Respublikasi:

  • Rezekne oliy maktabi

Belorus Respublikasi:

  • Belarus davlat san’at va madaniyat instituti

Tojikiston Respublikasi:

  • Mirzo Tursunzoda nomidagi Tojikiston davlat madaniyat va san’at institutlaridir.

Xalqaro aloqalar bo`limi

Xalqaro dasturlari:
Xalqaro shartnomalar xalqaro grantlar va loyihalarda ishtirok etish imkoniyatini beradi. O’zDSMI xalqaro loyihalarda faol ishtirok etadi va professor-o’qituvchilar malakasini oshiradi hamda moddiy-texnik bazani yaxshilaydi.

Xorijiy tashkilotlarning grantlari va loyihalari:
Erasmus + dasturi doirasida
International Credit Mobility;
Capacity building;

«O’zbekiston oliy o’quv yurtlarida doktorantura sifatini oshirish UzDOC 2.0» xalqaro loyihalar;
UNESCO xalqaro tashkiloti tomonidan O’zbekiston Respublikasini o’rganish bo’yicha tashkil etilgan loyihalar:

«Markaziy Osiyoda nomoddiy madaniy meros bo’yicha sheriklar katalogini yaratish»;
«Markaziy Osiyoda moddiy madaniy meros bo’yicha kasb-hunar ta’limi va o’quv yurtlarini o’rganish».