Bo’lim boshlig’i:

Karimov Jahongir Ibratovich

Qabul kunlari: har kuni soat 10:00 dan 15:00 gacha.

Telefon:71 230 28 03

📧 e-mail:

Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi haqida:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Ma’naviyat va ma’rifat» jamoatchilik markazi faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish to‘g‘risida»gi 1996 yil 9 sentyabr 1559-sonli farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim Vazirligining 1996 yil 16 sentyabrdagi 221-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida O`zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida “Ma’naviyat va ma’rifat” bo‘limi tashkil etildi. 2016 yilining 5 iyulida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va O`zbekiston davalat san’at va madaniyat instituti rahbariyati tomonidan o‘zaro kelishuv asosida O`zbekiston davalat san’at va madaniyat institutining tashkiliy tuzilmasini tasdiqlashda “Ma’naviyat va ma’rifat” va iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo‘limi” deb nomlana boshlandi.

Yoshlar bilan ishlash bо‘limining maqsadi
Ma’naviy-ma’rifiy tarbiya ishining asosiy yo‘nalishlari:
  • Talabalarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar zaminida, mustaqil O‘zbekiston Respublikasining haqiqiy fuqarolari etib shakllantirish;
  • Talabalar milliy g‘ururini shakllantirish;
  • Xalqimiz qadimiy urf odatlarining eng yaxshilarini tarannum etish va boyitib borish;
  • Vatan oldidagi fuqarolik va farzandlik vazifalarini sitqidildan bajarishga tayyorlash;
  • Mamlakatimizning bozor iqtisodiyotiga o‘tishi munosabati bilan olib borilayotgan ijtimoiy siyosatni amalga oshirishga talabalarni tayyorlash;
  • Mamlakatimiz ichki va tashqi siyosati talabi darajasidagi yosh mutaxasisilarni tayyorlash bo‘yicha ish olib borish;
  • Talabalarda kasb hunarni egallashga mas’uliyatni oshirish;
  • Milliy, oilaparvar, ota-ona, qo‘ni-qo‘shni, mahalla, el-yurt oldidagi burchlarini anglashga bo‘lgan munosabatni tarbiyalash;
  • Talabaning shaxs sifatidagi, o‘ziga xos individual fazilatlarni shakllantirish va takomillashtirish;
  • Talabalarni ijtimoiy faollik, tashabuskorlik, o‘qishga va kasbga bo‘lgan hurmat va ijtimoiy ma’sullik hissini keng targ‘ib qilish;
  • Talaba-yoshlar manfaatini himoya qilish, ularninng bilim olishlari va sog‘lom hayot kechirishlari uchun barcha qulayliklar yaratish;
  • Talabalar ijtimoiy-siyosiy va huquqiy ongini rivojlantirish, ularda tanqidiy va tahiliy fikrlarini kengaytirish;
  • Jamiyatdagi salbiy illatlar, ya’ni adolatsizlik, ko‘zbo`yamachilikka, poraxo‘rlikka, tanish-bilishchilik va mahalliychilik kabi illatlarga qarshi kurash;
  • Xalqaro terrorizm, diniy va siyosiy ekstremizm, giyohvandlik va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash borasida talaba-yoshlar o‘rtasida mafkuraviy immunitetni qaror toptirish;
  • Manzillashgan ma’naviy-axloqiy ishlarni takomillashtirib borish.
Yoshlar bilan ishlash bо‘limining vazifalari:

Bu maqsadni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalarni bajarish lozim:

  • ma’naviy-ma’rifiy tarbiya jarayonidagi boshqarish tizimini muntazam ravishda takomillashtirib borish;
  • ma’naviy-ma’rifiy tarbiya ishlar rejasi va dasturlarini ishlab chiqish va uning amalga oshirilishini nazorat qilish;
  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Oliy ta’lim Vazirligining buyruq va ma’lumotlari, O`zbekiston Madaniyat vazirligi qaror va buyruqlarini shuningdek «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonunda va «Kadralar tayyorlash milliy dasturi»da belgilangan vazifalarni talabalarga, murabbiylarga va professor-o‘qituvchilarga o‘z vaqtida yetkazishni, tashkil etish;
  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ma’ruzalari, Vazirlar Mahkamasi va O`zbekiston Madaniyat vazirligi tomonidan qabul qilingan qarorlarni talabalarga, professor-o‘qituvchilarga o‘z vaqtida yetkazish, har tomonlama tushuntirish ishlarini tashkil etish;
  • Ustoz-murabbiylar tizimini takomillashtirib borish tizimini yo‘lga qo‘yish;
  • Ustoz-murabbiylar tomonidan o‘tkazilayotgan “Ma’naviyat soatlari”ni samarali o‘tkazilishini ta’minlab borish;
  • institutda o‘tkaziladigan «Ma’naviyat kuni» tadbirlarining mazmunli o‘tkazilishini tashkil etish;
  • institutda o‘tkaziladigan «Ma’naviyat kuni» tadbirlarining mazmunli o‘tkazilishini tashkil etish;
  • institutda o‘tkaziladigan «Ma’naviyat kuni» tadbirlarining mazmunli o‘tkazilishini tashkil etish;
  • talaba-yoshlarning ma’naviy-ma’rifiy tarbiyasi masalalariga oid ilmiy-uslubiy va amaliy adabiyotlar, qo‘llanmalar tayyorlab borish va ularni chop ettirish ishlarini amalga oshirish hamda tarbiyaviy ahamiyatga molik adabiyotlar bilan ta’minlash;
  • talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishni tashkil qilish;
  • talabalar uyida va ijarada yashovchi talabalarning yashash sharoitlarini muntazam nazorat qilib borishni tashkil qilib borish;
  • institutda sport-sog‘lomlashtirish, maishiy xizmat, ovqatlanish, dam olish, madaniy hordiq chiqarish tizimlarining uzluksiz, sifatli ishlashini ta’minlash maqsadida nazorat qilish;
  • institutda turli xildagi ko‘rik-tanlovlar, festivallar, spartakiadalar, olimpiadalar, shanbaliklar o‘tkazishni tashkil qilish;
  • moddiy jihatdan kam ta’minlangan ko‘p bolali oilalardan chiqqan, nogiron talabalarning moddiy ahvolini yaxshilash maqsadida, ularning ahvolini aniqlash hamda ijtimoiy muhofaza qilish bo‘yicha muntazam ish olib borish va institut rahbariyatiga takliflar kiritish;
  • bayramlar va allomalarning yubileylari munosabati bilan turli mavzularda tadbirlar tashkil qilib borish;
  • talaba va professor-o‘qituvchilarni kino-teatrlarga, muzeylarga, tarixiy ziyoratgoh joylarga tashriflarini tashkil etib borish;
  • institutda talabalarning ota-onalari, mahalliy hokimiyatlar, hayriya jamg‘armalari, mahallalar va fakultetlar tomonidan olib borilayotgan ishlarni tashkil etish va nazorat qilish;
  • talabalarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar zaminida, mustaqil O‘zbekiston Respublikasining haqiqiy fuqarolari etib shakllantirish;
  • talabalar milliy g‘ururini shakllantirish;
  • Vatan oldidagi fuqarolik va farzandlik burch va vazifalarini sitqidildan bajarishga tayyorlash;
  • Respublika, viloyat, shahar va institutda bo‘ladigan turli jamoat ishlari, tadbirlarida professor-o‘qituvchilar va talabalarning ishtirokini ta’minlash;
  • tarbiyaviy ishlar yo‘nalishlari va ularning samaradorligini oshirish bo‘yicha taklif kiritish.
Huquqlari:
1. Institutda professor-o‘qituvchilarni mehnat-shartnomasida ko‘rsatilgan ma’naviy-ma’rifiy tarbiyaviy ishlar majmuasi bajarilmagan holda, rektorga tegishli takliflar kiritish.

2. Talabalarni o‘quv yurtidan chetlashtirish yoki tiklash bilan bog‘liq bo‘lgan takliflar kiritish.

3. Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor bilan quyidagilarni kelishishi kerak:

    • o‘quv jarayonida talabalarni kursdan-kursga o‘tkazish, o‘quv yurtidan chetlashtirish, qayta tiklash, rag‘batlantirish yoki jazolash kabilar to‘g‘risidagi bo‘yruqlar;
    • kam ta’minlagan ijtimoiy himoyaga muhtoj professor-o‘qituvchi va xodimlar, talabalar, katta ilmiy xodimlarni ijtimoiy himoyasi bo‘yicha takliflar kiritib borish;
    • turli xil tanlovlar yakuni bo‘yicha mukofatlarga tavsiyalar kiritish va ularni mukofatlashni tashkil etish;
    • O‘zbekiston respublikasi Prezidenti nomidagi, shuningdek Navoiy, I. Karimov nomidagi maxsus stipendiyalarga talabalar va katta ilmiy xodimlar orasidan nomzodlar tanlash;
    • o‘qituvchi va talabalar orasidan xorijiy mamlakatlarga o‘qishga, tajriba almashishga, malaka oshirishga va ishlashga yuboriladigan guruhlarni tuzish;
    • mehnat bitimlari, attestatsiya va kadrlar bilan ishlashga oid masalalar

4. Ma’naviy-m’rifiy masalalar yuzasidan dekanatlarga, kafedra mudirlariga va bo‘lim rahbarlariga bevosita ko‘rsatmalar berish.

Maqomi:

Yoshlar bilan ishlash bо‘limi boshlig‘i ish jarayonida faqat Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor va institut Rektoriga bo‘ysunadi.

Iqtidorli yoshlar bilan ishlash ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi quyidagi bo‘limlar bilan Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor rahbarligida ish olib boradi.

  • Yoshlar bilan ishlash bo`yicha prorektor
  • Murabbiylar va ustozlar kengashi
  • Yoshlar bilan ishlash ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi
  • Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovinlari
  • Madaniyat saroyi (Yoshlarning turli yo‘nalishdagi to‘garaklari)
  • Jismoniy tarbiya va sport inshoatlari
  • “Mo`jaz vatanim” radio uzeli va “Ijodiy parvoz”gazetasi
  • Talabalar va katta ilmiy xodimlar turar joyi
  • Umum ovqatlanish va boshqa maishiy xizmat ko‘rsatish
  • Jamoat komissiyasi va kengashlar
  • Ijtimoiy-gumanitar kafedrasi
  • Ijtimoiy psixologik xizmat markazi
  • Institut “Ibn-Sino salomatlik” tibbiyot markazi
  • Internet klublari
  • ARM
  • Talabalar Disput va Debat klublari
  • Institut Sport klubi
  • Institut muzeyi
  • BKU qo‘mitasi
  • Institut Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti
  • Xotin-qizlar kengashi
  • Talabalar kengashi