Bo’lim boshlig’i:

ISMAILOV RIXSILLO XAMIDOVICH

⌚ Qabul kunlari: har kuni soat 14:00 dan 17:00 gacha.
☎ Telefon:71 230 28 17
📧 e-mail:

Ta’lim sifatini nazorat qilish bo’limi haqida:
Bо‘lim о‘z faoliyatini О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi, О‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim tо‘g‘risida”gi qonuni, О‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari qarorlari, О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlari, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda institut rektori buyruqlari va qonuniy kо‘rsatmalariga, shuningdek Bо‘lim tо‘g‘risidagi Nizomga muvofiq olib boradi. Bо‘limda amalga oshirilgan ishlar, muammolar va kamchiliklar tо‘g‘risidagi ma’lumotlarni muntazam ravishda institut rektori, о‘quv ishlari bо‘yicha prorektorga hamda Davlat inspeksiyasiga taqdim etadi.
Ta’lim sifatini nazorat qilish bo’limining maqsadi va vazifalari:
• ta’lim yо‘nalishlari va mutaxassisliklarning davlat ta’lim standartlari (DTS), malaka talablari, о‘quv rejalari va fan dasturlari bilan ta’minlanganligini tahlil etish va ularni ekspertiza qilish;
• institutda ta’lim jarayoni sifatini, uning о‘quv adabiyotlari va о‘quv-uslubiy materiallar bilan ta’minlanganlik darajasini о‘rganish;
• institut talabalari bilimlarining DTSga muvofiqligini о‘rganib borish, tahlil qilish;
• ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini ta’minlash;
• kadrlar tayyorlash sifati monitoringini yuritish;
• institutni ichki attestatsiyadan о‘tkazishni tashkil etish, natijalari bо‘yicha ta’lim sifatiga salbiy ta’sir etuvchi omillarni aniqlash, ma’lumotlarni institut rektoriga hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga taqdim etish;
• attestatsiya, ta’lim sifatini о‘rganish bilan bog‘liq jarayonlarda institutda aniqlangan kamchiliklar va nuqsonlarni о‘z vaqtida bartaraf etilishi ustidan nazorat о‘rnatish;
• ta’lim sifatini belgilovchi kо‘rsatkichlarning holatini monitoring qilish va aniqlangan muammolar va kamchiliklar yuzasidan tegishli tarkibiy tuzilmalarga takliflar berish;
• ta’lim sifatini oshirish maqsadida professor-о‘qituvchilarning malakasini oshirish jarayonida zamonaviy usullar va uslublardan foydalanish samaradorligini tahlil qilish;
• institutning tarkibiy tuzilmalarida (fakultet, kafedra, bо‘lim, markaz, akademik litsey) pedagog xodimlarning kasbiy malakasi holatini, shuningdek oliy о‘quv yurtidan keyingi ta’lim hamda malaka oshirish va qayta tayyorlash yо‘nalishlaridagi sifat darajasini aniqlash maqsadida ichki monitoringni о‘tkazish, tahliliy ma’lumotlarni tayyorlash, aniqlanagan kamchilik va muammolarni bartaraf etish bо‘yicha institut rahbariyatiga takliflar kiritish;
• institut professor-о‘qituvchilari tayanch ma’lumotlarining tegishli dars beradigan fan(lar)iga mosligini tahlil qilish yoki ularning tegishli qayta tayyorlashdan о‘tganligini yoki mos ixtisoslik bо‘yicha ilmiy unvon, darajaga ega ekanligini о‘rganish va xulosalarni о‘quv ishlari bо‘yicha prorektor bilan kelishgan holda Institut rektoriga ma’lum qilish;
• institutning о‘quv bо‘limi bilan hamkorlikda о‘quv jarayoni, ilmiy-tadqiqot va ilmiy-uslubiy ishlar rejalarining bajarilishini monitoring qilish;
• ta’lim jarayoni moddiy-texnik bazasi holatini tahlil qilish, uni rivojlantirish va takomillashtirish bо‘yicha takliflar berish;
• institutda talabalar amaliyotining ta’lim yо‘nalishlari va mutaxassisliklarni inobatga olingan holda tashkil etilganligini va uning samarasini nazorat qilish;
• Davlat inspeksiyasining topshirig‘iga binoan institut reytingini aniqlashga va baholashga oid ma’lumotlarni tо‘plashda, о‘tkaziladigan attestatsiya va ta’lim sifatini о‘rganish bilan bog‘liq jarayonlarda ishtirok etish;
• talabalar bilimini baholash jarayonini tahlil qilish asosida reyting ballarining xolisligini, shaffofligini va sifat darajasini baholash;
• institutdagi ijtimoiy muhit, kadrlar tayyorlash va ta’lim sifatini о‘rganish maqsadida doimiy ravishda talaba, ota-ona, professor-о‘qituvchi va kadrlar iste’molchilari о‘rtasida ijtimoiy sо‘rovlar о‘tkazish;
• bо‘lim xodimlarining kasbiy mahoratini oshirish, О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iste’dod” jamg‘armasi yoki xalqaro loyihalar va Institut hisobidan rivojlangan xorijiy davlatlarning nufuzli о‘quv va ilmiy markazlari tajribasini о‘rganish va ularni ta’lim jarayoniga tadbiq etish;
• institut reytingini xalqaro darajaga kо‘tarishga qaratilgan chora-tadbirlarni institut rahbariyati bilan birgalikda ishlab chiqish va uni ijrosini ta’minlashda faol ishtirok etish;
• institut tegishli tarkibiy tuzilmalari bilan hamkorlikda ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan о‘quv seminarlari va treninglarni о‘tkazish;
• institutda jamoatchi ekspertlar bazasini shakllantirish va ular bilan qо‘yilgan vazifalar doirasida seminar mashg‘ulotlarini muntazam ravishda о‘tkazib borish;
• о‘quv jarayoni bilan ishlab chiqarish о‘rtasidagi integratsion hamkorlik, innovatsion g‘oyalar, ishlanma va texnologiyalarning amaliy tatbig‘i masalalari monitoringini yuritish;
• ta’lim sifati holatini о‘rganish natijalariga asoslanib tegishli takliflarni Institut rahbariyatiga taqdim etish.
Ta’lim sifatini nazorat qilish bo’limining me’yoriy hujjatlari:
Bо‘lim faoliyati natijalari:
O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti so‘nggi yillarda qator nufuzli xalqaro reytinglarda munosib natijalarni qayd etib, ta’lim sifati, innovatsion faoliyati va barqaror rivojlanish yo‘nalishidagi yutuqlarini namoyon etib kelmoqda. Ushbu natijalar institutning xalqaro akademik maydondagi nufuzini oshirib, uning ilmiy va ta’lim salohiyati xalqaro darajada e’tirof etilayotganini ko‘rsatadi.

Institut faoliyati “World University Rankings for Innovation (WURI)” xalqaro reytingida ham e’tirof etilmoqda. Mazkur reyting Amerika, Osiyo, Yevropa va Afrika davlatlarining yetakchi universitetlari tomonidan tashkil etilgan global reyting bo‘lib, oliy ta’lim muassasalarining innovatsion ta’lim, ilmiy tadqiqotlar, tadbirkorlik faoliyati hamda jamiyat bilan hamkorlikdagi natijalarini baholaydi. WURI reytingi universitetlarning jamiyat va sanoat rivojiga qo‘shayotgan real hissasini aniqlash maqsadida 16 ta turli toifalar bo‘yicha innovatsion loyihalarni tahlil qiladi. Baholash jarayonida sanoat dasturlari, startap tashabbuslari, tadbirkorlik faoliyati, axloqiy qadriyatlar va ijtimoiy mas’uliyat, shuningdek talabalarning akademik harakatchanligi va ochiqligi kabi yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratiladi. 2025-yilgi WURI reytingida yuqori o‘rinlarni Kaliforniya universiteti (Los-Anjeles, AQSH), Putra Malayziya universiteti (Malayziya) hamda Koreya katolik universiteti (Koreya) egalladi.

Shuningdek, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti “UI GreenMetric World University Ranking 2025” xalqaro reytingida ikkinchi bor TOP-1000 universitetlar qatoriga kirib, 933-o‘rinni egalladi. 2025-yilda ushbu reytingda dunyoning 1745 ta universiteti ishtirok etdi. Mazkur reyting Birlashgan Millatlar Tashkilotining Barqaror rivojlanish maqsadlari hamda yashil iqtisodiyot tamoyillariga muvofiq universitetlarning ekologik barqarorlikka qo‘shayotgan hissasini baholaydi. Reyting natijalari Setting & Infrastructure, Energy & Climate Change, Waste, Water, Transportation hamda Education & Research kabi yo‘nalishlar asosida aniqlanadi. Mazkur reytingda O‘zbekiston Respublikasidan jami 80 ta oliy ta’lim muassasasi ishtirok etib, ulardan 37 tasi TOP-1000 ro‘yxatiga kiritildi. Institut mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalari orasida ham munosib natijani qayd etib, 33-o‘rinni egalladi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Eduniversal Ranking xalqaro reytingining san’at yo‘nalishi bo‘yicha “Schools of Excellence in Arts & Luxury” ro‘yxatiga kiritildi. Fransiyada tashkil etilgan Eduniversal reytingi dunyo miqyosida oliy ta’lim muassasalari, biznes maktablari, magistratura va MBA dasturlarini baholovchi nufuzli xalqaro reyting tashkiloti hisoblanadi. Ushbu reyting tizimi universitetlarni akademik nufuz, ta’lim dasturlarining sifati, bitiruvchilarning karyera imkoniyatlari hamda talabalar qoniqishi kabi mezonlar asosida baholaydi. Eduniversal reytingi 154 dan ortiq mamlakatlarni qamrab olgan bo‘lib, 2025-yilgi nashrida 5800 dan ortiq magistratura va MBA dasturlari hamda 1000 dan ortiq biznes maktablari ishtirok etdi.

E’tiborlisi, 2025-yilgi “Arts & Luxury” yo‘nalishi bo‘yicha “Schools of Excellence” reytingida O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha 3-o‘rinni egalladi. Mazkur natijalar institutning ta’lim sifati, ilmiy salohiyati va innovatsion faoliyati xalqaro miqyosda e’tirof etilayotganini hamda institutning global akademik hamjamiyatdagi mavqeini yanada mustahkamlayotganini ko‘rsatadi.

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti HE Higher Education Rankings xalqaro reytingida TOP-100 talikda 43-o‘rinni egalladi. Ushbu reyting oliy ta’lim muassasalarining ilmiy, akademik va tadqiqot faoliyatini kompleks mezonlar asosida baholaydi hamda ularning samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Reyting natijalari har yili e’lon qilinib, unda dunyoning yetakchi oliy ta’lim muassasalari ishtirok etadi. Baholash tizimi universitetlar faoliyatini turli mezonlar va ko‘rsatkichlar asosida tahlil qilib, ta’lim sifati, ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar, raqamli imkoniyatlar va barqaror rivojlanish tamoyillariga muvofiqligini hisobga oladi. Mazkur natija institutning xalqaro ta’lim maydonidagi nufuzi va rivojlanish salohiyatini yana bir bor tasdiqlaydi.