Markaz direktori:

Savochkin Maksim Petrovich

⌚ Qabul kunlari: har kuni soat 14:00 dan 17:00 gacha.

☎ Telefon:71 230 28 30

📧 e-mail: m.savochkin@dsmi.uz

Markaz haqida:

Institut tashkiliy tizimi qismlaridan biri bо‘lgan Raqamli ta’lim texnologiyalari markazi О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 23.05.2001 dagi 230-sonli qarori, О‘zbekiston Respublikasi Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligining 25.01.2001 yil 23-sonli “OО‘MTV ta’lim muassasalarida Axborot texnologiyalari va masofadan о‘qitish markazlari tashkil etish tо‘g‘risida” gi buyrug‘iga binoan tashkil etilgan.

Markaz О‘zbekiston Respublikasi qonunlariga; vazirliklar va yuqori tashkilotlarning meyoriy hujjatlariga; mehnatni tashkil etishning, mehnat xavfsizligi, elektr xafsizligi, yong‘in xafsizligi qoidalari va meyorlariga; institut ustaviga; Markaz tо‘g‘risidagi koidalar; institut rektorining buyruq va kо‘rsatmalariga asoslanib faoliyat yuritadi.

Markazning asosiy vazifasi institut o‘quv va ma’muriy-boshqaruv jarayoniga raqamli texnologiyalarni tadbiq etish va ulardan foydalanish bo‘yicha boshqaruv-nazorat ishlarini olib borishdan iborat.

Markazning maqsadi va vazifalari:
• Institutning kompyuter va axborot infratuzilmasini yaratish;
• Kompyuterlarni texnik ko‘rikdan o‘tkazib turish va ta’mirlash ishlarini tashkil qilish;
• Raqamli texnologiyalarini ta’lim, ilmiy, boshqaruv jarayonlariga kiritish va boshqarish;
• Institut elektron o‘qitish bo‘yicha olib boriladigan barcha ishlariga rahbarlik qilish hamda elektron o‘qitishni tashkil etish bo‘yicha mahalliy va xorijiy oliy o‘quv yurtlari bilan aloqalar o‘rnatish;
• Professor-o’qituvchilar, xodimlar, ilmiy tadqiqotchilar, bakalavriat va magistratura talabalari uchun INTERNET va milliy ilmiy-o’quv tarmog’idan foydalanishlariga imkoniyatlar yaratish;
• Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish muammolariga bag’ishlangan ko’rgazmalar, anjumanlar, amaliy seminarlarda ishtirok etish va tashkil etish;
• Institutning rasmiy veb saytini yaratish va doimiy takomillashtirib borish;
• Institutni zamonaviy kompyuterlar va tarmoq bilan ishlash uchun zaruriy ashyolar bilan ta’minlash haqidagi takliflarni tayyorlash;
• Institut kompyuterlar tarmog’ini yaratish va tarmoqning dasturiy ta’minotini amalga oshirish (Intranet va Internet);
• Institut kompyuterlarining dasturiy ta’minotini amalga oshirish;
• Kompyuter sinflarini tashkil qilishga amaliy yordam ko’rsatish;
• Kompyuter texnologiyalarini joriy etish bo’yicha o’quv-metodik ta’minotni yaratish;
• Elektron darsliklar va ma’ruzalar matnlarining elektron versiyalari yaratish bo’yicha amaliy yordam ko’rsatish;
• Institut Axborot resurs markaziga avtomatlashtirilgan tizimini joriy etishda amaliy yordam ko’rsatish;
• Boshqa turli masalalar.