Kafedra mudiri:
«Kutubxona fondlari va bibliografiyashunoslik» kafedrasi

Baytо‘rayev Toychibay Dosatovich

pedagogika fanlari nomzodi, dotsent

Qabul kunlari: Har ish kuni soat: 14:00-16:00

Telefon: 71 230 28 50

📧 e-mail:

Kafedra qisqa tarixi
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutiga 2017-2018 о‘vuv yilidan boshlab “Kutubxona-axborot faoliyati” yо‘nalishi bо‘yicha qabul ishlari joriy etildi. 2019-2020 о‘quv yilida Institut rektorining 57/ 1-PО‘ 3 sentabr 2019 yildagi buyrug‘iga kо‘ra “Kutubxona fondlari va bibliografiyashunoslik” kafedrasi tashkil etildi. Hozirgi kunda kafedrada quyidagi professor-о‘qituvchilar faoliyat kо‘rsatmoqdalar: M.X.Maxmudov pedagogika fanlari nomzodi, dotsent, kafedra mudiri vazifasini bajaruvchi, T.D.Baytо‘rayev, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent, G‘.A.Narzullayev, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent v/b, L.N.Muminxodjayeva, о‘qituvchi, N.P.Rо‘ziyeva о‘qituvchi, va tashki о‘rindosh katta о‘qituvchi Z.SH.Berdiyeva (О‘z.R FA Asosiy kutubxonasi direktori).

Kafedra tarixi 1974 yilda Toshkent davlat madaniyat instituti tashkil etilib, uni tarkibida kutubxonachilik fakulteti tashkil etilishi va unda “Kutubxonashunoslik”, Bibliografiya”, va “Texnika vositalari va informatika” kafedralari faoliyat yuritishidan boshlanadi. 1980 yildan boshlab ushbu kafedra“ Kutubxonashunoslik” kafedrasidan aloxida ajralib chiqqan. Dastlab kafedraga M.X.Raximova, tarix fanlari nomzodi, dotsent boshchilik qilgan. Sо‘ngra pedagogika fanlari nomzodi V.V.Sadurskaya, 1993 yildan boshlab, pedagogika fanlari nomzodi, professor E.Y.Yuldashov kafedraga boshchilik qilgan.

2005 yilda “Kutubxona fondlari va kataloglari” kafedrasi “Bibliografiya“ kafedrasi bilan qо‘shilgan va “Bibliografiya va xujjatshunoslik” kafedrasi tashkil etilgan (Kafedra mudiri E.Y.Yuldashev, keyinchalik M.M.Turapov mudirlik qilgan). Ushbu kafedra 2012 yilga qadar, Toshkent davlat madaniyat instituti va Toshkent davlat san’at instituti qо‘shib yuborilguncha faoliyat yuritdi.

Kafedra professor-о‘qituvchilari tomonidan ushbu yillar mobaynida bir qator darslik, о‘quv qо‘llanma, mongrafiyalar yaratildi. Jumladan: E.Y.Yuldashevning “Maktab kutubxonasi ishini tashkil etish”, “Maktab-litsey kutubxonasi ishini tashkil etish”, “Kutubxona fondlarini tashkil etish”, “Kutubxonada bolalar о‘qishiga rahbarlik qilish”, “Hujjat fondlari”, kabi о‘quv qо‘llanmalari va monografiyalari, M.M.Turapovning “Razvitiye bibliograficheskogo dela v Uzbekistane (1852-1970)” monografiyasi, M.A.Raximovaning “Xujjat fondlari”, “Istoriya nauchnix bibliotek Uzbekistane” monografiyasi va boshqalar. 2003 yilda kafedra о‘qituvchilari tomonidan “О‘zbekiston Respublikasining Kutubxona-bibliografik klassifikasiyasi” о‘zbek tilida chop etildi. Shu yili I.V.Dolgopolova va SH.M.Shamsiyev tomonidan “Istoriya bibliografii v period srednix vekov” (do izobreteniya knigopechataniya) о‘quv qо‘llanmasi, 2008 yilda X.Mamatraimovaning “Bibliografiya tarixi», 2009 yilda I.V.Dolgopolovaning “Upravleniye bibliograficheskoy deyatelnostyu informatsionno-bibliotechnix uchrejdeniy” о‘quv qо‘llanmasi yaratildi.

Kafedraning asosiy vazifalaridan biri: kutubxona-axborot faoliyati, bibliografiya faoliyati, kutubxona fondlari va kataloglari tizimining tarixi, nazariyasi va zamonaviy muammolarinihar tomonlama о‘zlashtirgan. Ularni amaliyotga joriy eta oladigan zamonaviy axborot-texnologiyalaridan foydalana oladigan yuqori malakali kadrlar tayyorlashdir.

Bakalavr ta’lim yо‘nalishlari rо‘yxati:
  • 60320400-Kutubxona-axborot faoliyati (kutubxonachilik va bibliografiya)
Magistratura mutaxassisliklari rо‘yxati:
  • 70320401-Kutubxona-axborot faoliyati (kutubxonachilik va bibliografiya)
Kafedrada о‘qitiladigan fanlar:
Kafedra professor-o‘qituvchilari «Bibliografiyashunoslik», «Kutubxona-axborot muassasalarida bibliografiya ishini tashkil qilish va boshqarish», «Kutubxona fondlari va kataloglari», «Kutubxona-axborot faoliyatida metrologiya», «Xujjatshunoslik, axborot tahlili», «Kutubxona fondlarini restavratsiya qilish», «Xujjatshunoslik va ish yuritish asoslari», «Xujjatlarga ishlov berish», «Jaxon axborot resurslari», «Soxaviy axborot resurslari» fanlaridan ma’ruza, seminar va amaliy mashg‘ulotlari olib boradilar.
Kafedraning professor-о‘qituvchilarining tarkibi:
  1. T.D.Baytо‘rayev, kafedra mudiri, pedagogika nomzodi, dotsent
  2. M.X.Maxmudov, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent
  3. G‘.A.Narzullayev, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent v.b
  4. L.N.Muminxodjayeva, о‘qituvchi
  5. N.P.Rо‘ziyeva, о‘qituvchi
  6. M.I.Matmuradova, o‘qituvchi
  7. Z.Xudoyberdiyeva, o‘qituvchi
  8. F.Umaraliyeva, o‘qituvchi
  9. M.V.Grebenyuk, o‘qituvchi
  10. X.Karimova («Bilim» Toshkent sh. AKM direktori)
  11. N.N.Xoldorova (O‘z.R Milliy kutubxonasi direktori o’rinbosari)
Kafedraning ilmiy ishlari (oxirgi 5 yilda chiqarilgan darsliklar, monografiyalar va о‘quv qо‘llanmalar rо‘yxati):
  1. Baytо‘rayev T. D. “Bibliografiyashunoslik” fanidan darslik
  2. L.N.Muminxodjayeva «Библиотечные фонды и каталоги» о‘quv qо‘llanma
Kafedraning korxona va tashkilotlar bilan aloqalari:
A.Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi.
О‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Fundemental kutubxonasi
Respublika bolalar kutubxonasi
Toshkent shaxar “Bilim”Axborot kutubxona markazi
Kafedraning xalqaro xamkorligi:
«Tyumen davlat madaniyat instituti» federal davlat byudjet oliy ta’lim muassasasi
Rossiya davlat kutubxonasi
«Bibliografiya va kitobshunoslik» jurnali tahririyati (Moskva)