Kafedra mudiri:

Mamatqulov Akmal Yaxshiboyevich

tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent v.b., 1 ta monografiya va 40 taga yaqin ilmiy – uslubiy maqolalar muallifi

Qabul kunlari: Dushanba, Seshanba, Chorshanba kunlari, soat: 09:00-13:00

Telefon:71 230 28 04

📧 e-mail:mamatkulov_ay@mail.ru

Kafedra qisqa tarixi:
О’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yilning 4-iyundagi N 1771 sonli farmoniga binoan O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti tashkil etildi. ‘‘San‘atshunoslik’’ hamda Abdulla Qodiriy nomidagi Toshkent Davlat Madaniyat institutining ‘‘O‘zbekiston tarixi va madaniyatshunoslik’’ kafedralari qo‘shilib, yandi tizimdagi ‘‘Sana’atshunoslik va madaniyatshunoslik‘‘ kafedrasi tashkil etilgan.

2023-yil 26-iyun O‘zbekiston davlat san’at va madniyat instituti kengashining 11-sonli yig‘ilishi bayonnomasiga binoan ‘‘San‘atshunoslik’’ va ‘‘Madaniyatshunoslik’’ kafedralaridagi fanlarning mazmuni va xususiyatlaridan kelib chiqib, ‘‘Xalq ijodiyoti’’ fakulteti tasarrufida yangi ‘‘Madaniyatshunoslik’’ kaferdrasini tashkil etish to‘g‘risidagi qaroriga ko‘ra ‘‘Madaniyatshunoslik’’ nomidagi yangi kafedra tashkil etildi.

Magistratura mutaxassislari rо‘yxati:
70212002 – Madaniyatshunoslik1996-yildan buyon ‘‘Madaniyatshunoslik’’ mutaxassisligi bo‘yicha 80 dan ortiq mutaxassislar tamomlab, ulardan yigirmaga yaqin falsafa fanlari doktori (PhD) ma’lumotlarini qo‘lga kiritdilar, ilmiy darajaga ega bo‘lgan tadqiqotchilarimiz ko‘plab ilmiy risola, o‘quv qo‘llanma va monografiyalar muallifidir. Ulardan 2 nafari chet el universitetida faoliyat olib bormoqda. Bugungi kunda magistraturada o‘qiyotgan magistrlarimiz orasida Janubiy Koreyadan ham magistrlar bo‘lib, ular: Kim Taeyoung, Park Jin, Choi Jaewonlar.
Kafedrada о‘qitiladigan fanlar:
1. Madaniyat va san’at tarixi
2. Madaniyatshunoslik
3. Madaniyat tarixi
4. Rahbar imidji va etiketi
5. Xalqaro madaniy aloqalar
6. Muzeyshunoslik
7. Madaniyat markazlari ishi
8. Rejissura va aktyorlik mahorati asoslari
9. Madaniy tadbirlarni loyihalash
10. Shou biznes va estrada san’ati
11. Mualliflar bilan ishlash
12. Teatr binolari va undan foydalanish
13. Madaniy-ommaviy tadbirlarni badiiy bezash
14. Shou biznes va konsert gastrol faoliyati
15. Xalqaro munosabatlar va madaniy aloqalar
16. Milliy qadriyatlar va etiket masalalari
17. Parkshunoslik
18. Aholi turmush madaniyatini yuksaltirish asoslari.
Magistraturada о‘tiladigan fanlar:
1. Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi
2. Madaniyat nazariyasi
3. Madaniyatning millatlararo va umumbashariy muammolari
4. Madaniyatshunoslikning zamonaviy masalalari
5. Milliy qadriyatlar va transformatsion jarayonlar
6. Madaniyatlararo kommunikatsiya
7. O‘zbek milliy madaniyatining rivojlanish xususiyatlari
8. Ilmiy tadqiqot metadologiyasi
9. Madaniy dam olishni tashkil etishning ilmiy asoslari
10. Boshqaruv sotsiologiya
11. Madaniyat siyosati
12. Boshqaruvning etnomadaniy asoslari
13. Xalqning ijtimoiy madaniyati yuksalishi asoslari
14. Madaniyat pedagogikasi
15. O‘zbekistonda sayyohlik madaniyati
16. Madaniyat va sivilizatsiya.
Kafedraning professor-о‘qituvchilarining tarkibi:

Kafedraning o‘quv ishlari to‘g‘risida ma’lumot beradigan bo‘lsak, 2023-2024-o‘quv yilida kafedrada 16 nafar professor o‘qituvchilar faoliyat olib borib, ulardan 3 nafari fan doktori professorlar, 2 nafari fan nomzodi dotsent, 1 nafari dosent, 3 nafari v.b dosent, 2 nafari katta o‘qituvchi, 5 nafari o‘qituvchi lavozimida faoliyat yuritmoqdalar.
Kafedrada “Madaniyatshunoslik fani oldida turgan eng dolzarb muammolar va ularning zamonaviy tendensiyalari” kompleks mavzusida tadqiqot ishi olib borilmoqda. Tadqiqotning asosiy maqsadi madaniyatshunoslik fani oldida turgan eng dolzarb muammollar va ularning yechimiga bag‘ishlangan ilmiy tadqiqotlar olib borilib, darslik va o‘quv qo‘llanmalar yaratish , ilmiy amaliy anjumanlar olib borish. Hozirgi kunda kafedra qoshida 15 nafardan ortiq tayanch va mustaqil tadqiqotchi doktorantlar turli mavzularda kafedra kompleks ish rejasidan kelib chiqib tadqiqot ishlari olib bormoqdalar. Ularga kafedraning yetakchi professor o‘qituvchilaridan: A.A. Mavrulov, V.A. Alimasov, A.A. Umarov, A.Y. Mamatqulov, Q.V. Nishonboeva, Sh.A. Abdurasulov, E.R.Ganiyevalar ilmiy rahbarlik qilib, dars bermoqdalar. ‘‘Madaniyat va san’at menejmenti’’ 70212001-Madaniyat va san’at sohasi menejmenti magistrlariga ham qator fanlardan V.A. Alimasov, A.A. Umarovlar dars beradilar.
Kafedraning ilmiy ishlari (oxirgi 5 yilda chiqarilgan darsliklar, monografiyalar va о‘quv qо‘llanmalar rо‘yxati):
2023 yil V. Alimasov “Madaniyat falsafasi” o’quv qo’llanma (Toshkent, “Donishmand ziyosi”, 2023. – 104 b.).
2023 yil A. Umarov, U. Qoraboyev “Madaniy dam olishni tashkil etishning ilmiy asoslari” o’quv qo’llanma (Toshkent, “Donishmand ziyosi”, 2023. – 184 b.).
2018-yil Q.V.Nishonboyeva ‘‘Madaniyatning millatlararo va umumbashariy muammolari’’ (Toshkent, “Donishmand ziyosi”, 2018. – 286 b.).
2023 yil A. Mamatqulov. XX asrning 50-80-yillarida Sovet hokimiyatining O‘zbekistonda iqtisodiy rayonlashtirish siyosati (Samarqand-Qarshi iqtisodiy rayoni misolida) monografiya (Toshkent, “Donishmand ziyosi”, 2023. – 162 b.).
2023 yil E. Ganiyeva. “Kino+Televideniye: kinopokaz na telekanalax Uzbekistana” monografiya (Toshkent, “Donishmand ziyosi”, 2023. – 248 b.).
2023 yil S. Ikramov, M. Xolmo’minov “San’at va madaniyat sohasini zamonaviy boshqaruv usullari” uslubiy qo’llanma (Toshkent, “Ijod-Print”, 2023. – 256 b.).
Kafedraning ilmiy va amaliy hamkorlari:
1.Muxtor Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti;
2. Chelyabinsk davlat madaniyat instituti;
3.Istanbul madaniyat universiteti;
4.Ozarboyjon davlat madaniyat va san’at universiteti.
Kafedraning korxona va tashkilotlar bilan aloqalari:
1. Respublika madaniyat va ma’rifat markazi;
2. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzuridagi O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi-metodik markazi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti.