Bugun poytaxtimizdagi Turkiston san’at saroyida O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi, O’zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti professori Xayrulla Lutfullayevning 80 yilligiga bag’ishlangan ijodiy kecha bo’lib o’tdi. Mazkur tantanali tadbirda Madaniyat vazirligi rahbariyati va xodimlari, keng jamoatchilik vakillari, san’at va madaniyat ustalari, ustozning kasbdoshlari, shogirdlari hamda uning oila a’zolari ishtirok […]


