Melis Abzalov (18.11.1938 – 26.10.2016) Oʻzbek aktori, rejissori va ssenariychisi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist (1987). M. Abzalav oʻzbek kinosining asoschilaridan va eng yorqin namoyondalaridan biri hisoblanadi. Melis Abzalovning eng mashhur filmlari “Suyunchi“ (1982), „Kelinlar qoʻzgʻoloni“ (1984), “Armon“ (1986) va „Oʻtgan kunlar“ (1997) filmlaridir. Melis Oripovich Abzalov 1938-yil 18-noyabrda Yangiyoʻlda tavallud topgan. U 1961-yil […]
