natlib.uz

Kutubxona Tarixi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 20 fevraldagi № UP-3029 raqamli “Ilmiy-tadqiqot faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoni 2002 yil 12 apreldagi Vazirlar Mahkamasining “Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasini tashkil etish haqida”gi №123 Qaroriga muvofiq Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi (2002 yil 12 aprelgacha Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat kutubxonasi) “Milliy” maqomini oldi.

Kutubxona 1870 yili may oyida Toshkent ommaviy kutubxonasi sifatida ochilgan.  Fondini tashkil qilishga xalq maorifi vazirligi, Fanlar Akademiyasi, Ommaviy kutubxona, Geografiya jamiyati, Rossiya bosh shtabi hamkorlik ko‘rsatib, o‘z fondlaridan sovg‘a qilishgan. 1870 yil may oyida 2200 tomdan (1200 nomdagi) ortiq adabiyotlar yig‘ilib, kutubxona fondining asosi yaratildi.

Toshkent ommaviy kutubxonasi fanning turli sohalari bo‘yicha, birinchi navbatda o‘lkaga doir va qo‘shni davlatlar to‘g‘risidagi adabiyotlarni yig‘ishi va saqlashi lozim bo‘lgan.

Kutubxonaning o‘lkashunoslik fondini to‘ldirish uchun atoqli rus bibliografi V. I. Mejov jalb etilgan. U Toshkent ommaviy kutubxonasi uchun  Turkiston o‘lkasiga doir materiallar yig‘ishni amalga oshirgan va ilmiy doirada “Turkiston to‘plami” nomi bilan ma’lum to‘plamning yaratilishiga asos solgan.

 

Batafsil