OʻzDSMIda Qirgʻiz Respublikasi professor-oʻqituvchi va talabalari malaka oshirdi

Xabaringiz bor, Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti hamda Qirgʻiz davlat madaniyat va sanʼat universiteti oʻrtasida memorandum imzolangandi.

Ushbu hamkorlik aloqalariga muvofiq, ikki oliygoh oʻrtasida talabalar almashinuvi qoʻyilib, professor-oʻqituvchilar ishtirokida mahorat darslari tashkil etilmoqda.

Shu jumladan, qoʻshni oliygoh professor-oʻqituvchi va talabalari Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutida dars jarayonlarida bevosita ishtirok etib, malaka oshirdi.

Bugun institut rektori v.b. Eldor Shermanov Qirgʻiz Respublikasidan kelgan delegatsiya vakillari bilan uchrashib, doʻstona aloqalar uchun minnatdorchilik bildirdi hamda ularga sertifikat topshirdi.





Buyuk Britaniyaning Goldsmits universiteti vakili Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti faxriy professoriga aylandi

Bugun Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutiga Buyuk Britaniya poytaxti London shahridagi Goldsmits universiteti qoshidagi “Ijodiy va madaniy tadbirkorlik instituti” direktori Jerald Lidston tashrif buyurdi.

Tashrif davomida Jerald Lidston hamda oliygohimiz rektori v.b. Eldor Shermanov ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtdi.Muloqot davomida madaniyat va sanʼat menejmenti, turizm, dizayn va boshqa sohalarda hamkorlik qilish masalalari muhokama qilindi.

Eʼtiborlisi, Jerald Lidstonga Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti faxriy professori ilmiy unvoni topshirildi. Qolaversa, mehmon oliygohdagi dars jarayonlarini koʻzdan kechirdi.

Maʼlumot uchun, Jerald Lidston magistratura yoʻnalishidagi bir qator oʻquv dasturlari, jumladan, “Sanʼat va madaniyat siyosatini boshqarish” magistratura oʻquv taʼlim dasturi muallifi hisoblanadi. Mutaxassis dastlab sahna dizayneri, menejeri va yoritish boʻyicha dizayner sifatida faoliyat olib borgan boʻlib, Sharqiy Yevropa va AQSHda katta ish tajribasiga ega hisoblanadi.

Shuningdek, u O’zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti bilan 5 yildan beri hamkorlik qilib kelmoqda. Jumladan, institut professor-o’qituvchilari bilan hamkorlikdagi «Creativ Spark» grant loyihasi, qolaversa talabalarimizga ham bir necha bor dars mashg’uloti olib borgan.

Qolaversa, Britaniya Kengashi va boshqa agentliklarda hamda 20 dan ortiq mamlakatda sanʼat va madaniyatni boshqarish oʻquv kurslarida taʼlim bergan. Jumladan, Vyetnam Madaniyat, sport va turizm vazirligi tomonidan tashkillashtirilgan hamda fond jamgʻarmasi tomonidan moliyalashtirilgan “Sanʼat menejmenti” boʻyicha Xanoy madaniyat universitetida 12 yillik loyihani amalga oshirgan.

Bundan tashqari, mutaxassis Slovakiyada sanʼat menejmenti boʻyicha taʼlimni yoʻlga qoʻyish boʻyicha toʻrt yillik Britaniya Nou Xau jamgʻarmasi loyihasining direktori boʻlgan. Natijada, slovak tilida sanʼat menejmenti boʻyicha birinchi kitob nashr etildi hamda ushbu davlatda Britaniya Kengashining “Muzeyga yaqin boʻl” loyihasini amalga oshirgan.





O‘zDSMI Ilmiy Kengashining 7-sonli yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Ilmiy Kengashining 7-sonli yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda oliygoh rahbariyati, kengash a’zolari, dekan va uning o‘rinbosarlari, kafedra mudirlari, bo‘lim boshliqlari va boshqalar ishtirok etdi.

Dastlab О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, Farmoyishlari va topshiriqlari, О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va bayoni, Vazirliklarning buyruqlari va topshiriqlarining bajarilishi tо‘g‘risida Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, ichki nazorat va monitoring bо‘limi boshlig‘i axboroti eshitildi.

Shuningdek, Kengashda quyidagi masalalar to‘g‘risidagi hisobotlar tinglandi:

— 2023/2024-о‘quv yili birinchi yarim yillik yakunlari bo‘yicha o‘quv faoliyat natijalari tо‘g‘risida;
— axborot-resurs markazida professor-о‘qituvchilarning maqolalari bazasini tashkil etish holati;
— institutda ma’naviy-axloqiy tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirishga doir tashkiliy ishlar;
— talabalarning malakaviy amaliyotini samarali tashkil etish va boshqa masalalar.

Kengash yakunida belgilangan vazifalar bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berildi.





Adiblar xiyobonida Zulfiyaxonim tavalludiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbirda O‘zDSMI talabalari ishtirok etdi

О‘zbek xalqining sevimli shoirasi, О‘zbekiston xalq shoiri Zulfiya Isroilova mustaqillik yillarida ibratli hayot kechirgan, keng ijtimoiy faoliyat olib borgan shoira betakror iste’dodi, Vatanga muhabbati, oliyjanob insoniy fazilatlari, xalqimiz ma’naviyatini yuksaltirishdagi xizmatlari uchun yuksak hurmat va e’zozga sazovor bо‘lgan.

Bahorning ilk kuni mamlakatimizda adabiyot, she’riyat, nazm va navo bayrami, sadoqat, dо‘stlik, mehnatsevarlik singari insoniy tuyug‘ularning tantanasiga hamohang tarzda nishonlanishi bejiz emas.

Shu munosabat bilan Kino, televideniye va radio san’ati fakultetining professor-o‘qituvchilar va talabalarining ishtirokida Adiblar xiyobonida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.





O‘zDSMI rektori v.b. Eldor Shermanov talabalar turar joyida qolib, yoshlar bilan maʼdaniy-maʼrifiy va sport tadbirlarida ishtirok etdi

28-fevral kuni O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori v.b. Eldor Shermanov davlatimiz rahbarining ijtimoiy sohaga oid videoselektorda bergan topshiriqlari ijrosini ta’minlash maqsadida talabalar turar joyiga tashrif buyurib, talabalar holidan xabar oldi.

Suhbat davomida moddiy ko‘makka muhtoj talabalarga yordam ko’rsatish, ularni kasbga o‘rgatish, talabalarni qiynayotgan boshqa masala va muammolar tinglanib, ularga yechimlar topildi.

Jumladan, 2-talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talaba-qizlar bilan muloqot chogʻida ishga kirib ishlashni va oʻz sohasida amaliy tajribaga ega boʻlishni xohlagan 3-bosqich talabasi Anorboyeva Nilufarni talabalar turar joyida faoliyati yo’lga qo’yilgan kutubxonaga ishga joylashtirish boʻyicha masʼullarga koʻrsatma berildi.

1-talabalar turar joyidagi talaba qizlar bilan boʻlib oʻtgan suhbat davomida zamonaviy kompyuter bilimlarini egallashni maqsad qilgan talaba Rahmonova Dinoraga zamonaviy kompyuter olib berilishi qayd etildi.

Yoshlar tomonidan berilgan yana bir qator samarali takliflar ijrosini taʼminlash borasida vazifalar belgilandi.

Rektor yotoqxonada talabalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishib, TTJdagi yashash xonalari, dars xonalari, kutubxona, kompyuter zali, maʼnaviyat xonasi, tikuv sexi koʻzdan kechirdi.

Shuningdek, rektor yoshlarning boʻsh vaqtlarini unumli oʻtkazish maqsadida tashkil etilgan maʼdaniy-maʼrifiy va sport toʻgaraklari faoliyati bilan tanishdi.

Qolaversa, rektor talaba-yoshlar tomonidan tashkil etilgan «Gulxan kechasi»da qatnashib, ularning quvonchiga sherik boʻldi hamda talaba-qizlar bilan sport zalida voleybol oʻyinida ishtirok etdi.





«Zamonaviy drama va kino san’ati: muammo va yechimlari» mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 29-fevral kuni dramatik teatr va kino san’ati kaferdasi tashabbusi bilan «Zamonaviy drama va kino san’ati: muammo va yechimlari» mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Unda soha vakillari, taniqli professor-o‘qituvchilar va olimlar, kafedra o‘qituvchilari, tayanch doktorantlar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdi.

Konferensiyani institut rektori v.b. Eldor Shermanov ochib berib, sohadagi muammolar va ularni bartaraf etishda institut zimmasida katta mas’uliyat borligi to‘g‘risida to‘xtalib o‘tdi.

Bundan tashqari, konferensiyada O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi, professor Munavvara Abdullayeva, professor Hamida Mahmudova, dotsent Shoira Hamidova, san’atshunoslik fanlari nomzodi Oybek Kapadze kabi bir qancha soha mutaxassislarining ma’ruzalari tinglandi.





Madaniyat nazariyasi va tarixi. Madaniyatshunoslik ixtisosligi bo‘yicha mutaxassislik fanidan kirish imtihonlari bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi «Oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi 304-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizom asosida O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida 2024-yil 2-chorak uchun mustaqil izlanuvchi (DSc/PhD)ga hujjatlari qabul qilingan talabgorlar uchun suhbat jarayoni tashkil etildi.

O‘zDSMI rektorining tegishli buyrug‘iga muvofiq, joriy yilning 29-fevral sanasida mustaqil izlanuvchilik (PhD)ga kiruvchilar uchun 17.00.07 — Madaniyat nazariyasi va tarixi. Madaniyatshunoslik ixtisosligi bo‘yicha mutaxassislik fanidan kirish imtihonlari bo‘lib o‘tdi.

Qabul komissiyasi a’zolari doktorantura bosqichida mustaqil izlanuvchi (PhD) sifatida ilmiy tadqiqot olib borish istagini bildirgan talabgorlar bilan suhbat o‘tkazdi.





Samarali xalqaro hamkorliklar — taraqqiyot omili

Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida xalqaro aloqalar samaradorligi va rektor huzuridagi o’tkazilgan yig’ilishda belgilab berilgan vazifalar ijrosi muhokama qilindi.

Yig’ilish avvalida cholg‘u ijrochiligi va musiqa nazariyasi kafedrasi dotsenti Sedix Tatyana Tomovnaga san’atshunoslik fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini beruvchi diplom tantanali ravishda topshirilib, uning keyingi faoliyatiga ham omad tilandi.

Yig‘ilishda institutning xalqaro oliy ta’lim muassasalari bilan imzolangan memorandumlar ijrosini ta’minlash hamda hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish masalalari muhokama qilindi. Bu borada yanvar oyida Xitoy xalq Respublikasining 5 ta oliy ta’lim muassasasi bilan erishilgan kelishuvlarni amaliy jihatan hayotga tadbiq etish masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, yig’ilishda kontrakt va talabalar turar joyi to’lovlarining holati monitoring qilinib, zaruriy ko’rsatmalar berildi.