Yoshlar ittifoqi

Yoshlar ittifoqi

Nishonova Jumagul Ibrohimjon qizi
O’zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Yoshlar ittifoqi boshlang`ich tashkiloti yetakchisi

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida О‘zbekiston yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti 2017 yil 3 oktabr kuni tashkil etilgan bо‘lib, boshlang‘ich tashkilot Kengashi 15 nafar a’zo va tо‘rtta fakultet yetakchilaridan iborat. Kengash faoliyatiga yoshlar yetakchisi rahbarlik qiladi. Boshlang‘ich tashkilot О‘zbekiston yoshlar ittifoqining umumiy maqsadlaridan tashqari institut yoshlarida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik, siyosiy va iqtisodiy islohotlarga daxldorlik hissini shakllantirishga kо‘maklashish, О‘zbekistonni jahonning rivojlangan mamlakatlari qatoriga kirishida О‘zbek milliy madaniyati va san’ati kuchidan keng foydalanish jarayonlariga iqtidorli yoshlarni jalb qilish hamda talaba-yoshlarning xuquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini samarali himoya qilishni ta’minlash, yigit-qizlarning ma’naviy va kasbiy saviyasini yuksaltirish, ularning intellektual va ijodiy salohiyatini rо‘yobga chiqarishga kо‘maklashish, mustaqil fikrlaydigan, о‘zining hayotiy pozitsiyasi va qat’iy e’tiqodiga ega yoshlarni bir maqsad yо‘lida birlashtirishdan iborat. Bundan tashqari ularda tarixiy xotira, milliy g‘urur va о‘zlikni anglash, rо‘y berayotgan voqealarga dahldorlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga xurmat tuyg‘ularini shakllantirish, ularning zamonaviy kasblarni egallashga bо‘lgan intilishlarini qо‘llab-quvvatlash, tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilish, iste’dodli yoshlarni ijodiy va intellektual salohiyatini ruyobga chikarishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hamda ilmiy faoliyatga jalb qilish singari vazifalardan iborat.

Institut boshlang‘ich tashkilotining telegram ijtimoiy tarmog‘ida @uzdsmi_YI kanali mavjud bо‘lib, u orqali talabalarga zarur bо‘lgan ma’lumotlar, kо‘rik-tanlovlar e’lonlari, xalqaro va respublika miqiyosida о‘tkazilayotgan konferensiyalar axborot xatlari doimiy ravishda berib boriladi. Bundan tashqari ushbu kanalda ijtimoiy sо‘rovnomalar ham о‘tkazib borilmoqda. Institutimiz talaba-yoshlaridan kelib tushayotgan murojaatlar bilan ishlash maqsadida boshlang‘ich tashkilotimiz Kengash a’zolari tashabbusi bilan “@UzDsmi_murojaat_bot” hamda “t.me/talabalarga yordam” bot va telegram guruhlari tashkil etilgan.

image_pdfimage_print