“Zulfiyaxonim” davlat mukofoti sovrindorlari ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i Iroda Berdiyeva tashabbusi asosida 1-mart — Zulfiyaxonim tavalludining 108 yilligi munosabati bilan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sovrindorlari — Madinabonu Mamirova, Ruxshonabonu Abdurazoqova, Azizaxon Ismanova, Umida Omonova, Rohilabonu Guchchiyeva va Dilnoza Tursunova va boshqalar ishtirok etdi.
Shuningdek, ustoz o‘qituvchilardan dotsent M.Umarov, dotsent Q.Nishonboyevalar Zulfiyaxonimning hayoti va ijodi hamda hozirgi davr qizlar tomonidan shoira hayoti va ijodini o‘rganishning ahamiyati to‘g‘risida mulohaza yuritdi.
Davra suhbati davomida mukofot sohiblari Zulfiyaxonim ijodining yoshlar orasida tutgan o‘rni, qolaversa, ushbu mukofot mas’uliyati to‘g‘risidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Shu bilan birga, iqtidorli talabalar o‘z ijod namunalarini baham ko‘rishdi.
Uchrashuv yakunida iqtidorli talaba-qizlar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.