1

Zulfiya Mo’minova ishtirokida мushoira kechasi


2021-yil 10-fevral kuni O’zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti “O’zbek tili va adabiyoti” kafedrasi professor- o’qituvchilari tomonidan Kutubxona-axborot faoliyati fakulteti talabalari bilan shoira Zulfiya Mo’minova ishtirokida “Mushoira kechasi” o’tkazildi.

Unda talabalar tomonidan Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Muhammad Yusuf, Zulfiya Mo’minova hamda ijodkor talabalar she’rlaridan namunalar o’qildi. Shoira o’zining Muhammad Yusuf bilan bog’liq xotiralarini talabalarga hikoya qilib berdi.

Mushoira ko’tarinki va samimiy ruhda o’tdi. Tadbir yakunida mushoirada faol ishtirok etgan talabalarga tashakkurnoma berildi.

 

Matbuot kotibi