1

Ziyoli insonlar hamisha ardoqda

Ziyoli insonlar hamisha ardoqda

Ma’lumki, mamlakatimizda ta’lim tizimiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev “Jamiyatda o‘qituvchi kasbi eng nufuzli va obro‘li kasb bo‘lishi lozim”, deya bejizga ta’kidlamagandi.

Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori v.v.b. Eldor Shermanov “Milliy qo‘shiqchilik” kafedrasi faoliyati bilan tanishdi.

Tashrif davomida O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti Ahmadjon Shukurov uchun alohida ijodiy xona ajratildi hamda ustoz san’atkorning zalvorli faoliyati e’tirof etildi.

Shuningdek, Eldor Shermanov kafedradagi boshqa ijodiy xonalarni ham ko‘zdan kechirdi, kafedra o‘qituvchilari bilan suhbat olib bordi hamda mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan topshiriqlar berdi.

Institut rahbariyati tomonidan kafedra o‘qituvchilari uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratilishi ta’kidlandi.