Zangiota garnizonida keng qamrovli madaniy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

Zangiota garnizonida keng qamrovli madaniy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

Mudofaa vazirligi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy institut hamda Aloqachilar harbiy qismi harbiy xizmatchilari, ularning oila a’zolari va kursantlar hamda muddatli harbiy xizmatchilar ishtirokida Mudofaa vazirligi tarbiyaviy ishlar bosh boshqarmasi, Mudofaaga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar tashkiloti” va “Nuroniy” jamg‘armasi Respublika boshqaruvchi bo‘limi, O’zbekiston yoshlar ittifoqi Zangiota tuman kengashi hamda O’zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti bilan hamkorlikda “Yoshlar oyligi” munosabati bilan keng qamrovli madaniy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida, O’zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti hamkorligida dramaturg Nurillo Abbosxonning “Ofitserlar” dramasi asosida sahnalashtirilgan spektakl namoyish etildi.

Zangiota garnizonida keng qamrovli madaniy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

Zangiota garnizonida keng qamrovli madaniy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 30-yilligiga bag‘ishlanib tayyorlangan mazkur spektakl “Vatanga xizmat – muqaddas burch” mavzusida bo‘lib, unda vatan osoyishtaligi, yurt tinchligi va farovonligi yo‘lida fidokorona xizmat qilayotgan jasur harbiylarimiz, mard o‘g‘lonlarimiz hayoti aks ettirilgan. Qasamyodiga sodiq ofitserlar, askarlar hamda ularning oila a’zolari bilan bog‘liq hayotiy voqealar badiiy vositalar orqali sahnalashtirilgan.

Zangiota garnizonida keng qamrovli madaniy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

“Ofitserlar” spektakli harbiy xizmatchilar ularning oila a’zolari va kursantlar hamda muddatli harbiy xizmatchilar olqishiga sazovor bo‘lidi. Ijodiy jamoa Mudofaa vazirligi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy institut hamda Aloqachilar harbiy qismi rahbariyatiga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

Zangiota garnizonida keng qamrovli madaniy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

Shundan so‘ng, “Nuroniy” jamg‘armasi Respublika boshqaruvchi bo‘limi boshlig‘i Majid Umarov bilan O’zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti talabalari hamda harbiy kursantlari bilan “Yangi O’zbekiston yoshlari – kelajak bunyodkori” mavzusida davra suhbati tashkillashtirildi. Faxriy mexmon talabalar va kursantlari bilan harbiy institutda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishib, yoshlarga kerakli ma’lumotlar va tavsiyalarini berdi.

Zangiota garnizonida keng qamrovli madaniy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

image_pdfimage_print