1

Zamonaviy kitobxonlikni shakllantirish yo‘lida

Zamonaviy kitobxonlikni shakllantirish yo‘lida

Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Kutubxona-axborot faoliyati xodimlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi. Unda institut rahbariyati, fakultet dekani va uning o‘rinbosarlari, kafedra mudirlari, professor va yosh o‘qituvchilar ishtirok etdi.

Yig‘ilish davomida o‘qituvchilarning ilmiy faoliyatiga alohida e’tibor qaratilishi lozimligi ta’kidlandi. Shu bilan birga, professor va yosh o‘qituvchilarning maqolalari xalqaro va respublika jurnallarida chop etilgani, xalqaro va mahalliy konferensiyalardagi ishtiroki sarhisob qilinishi belgilandi.

Bundan tashqari, har bir kafedra tomonidan grand hamda Start-up loyihalar ishlab chiqish va uning ijrosini ta’minlash vazifasi qo‘yildi.

Shuningdek, institut o‘qituvchilari va talabalarining xorijiy mamlakatlarda malaka oshirirshi uchun sharoit yaratilishi aytib o‘tildi.

Bundan tashqari, kafedra o‘qituvchilarini zamonaviy planshetlar, o‘quv xonalarini esa elektron doska bilan ta’minlashi ma’lum qilindi. Bundan tashqari, ijara uylarda istiqomat qilayotgan sharoiti og‘ir talabalar to‘layotgan ijara pulining 50% qismi to‘lab berilishi ta’kidlandi.
Shu bilan birga, insititut hududida internet sifatini yanada yaxshilash va butun hududni sifatli internet bilan ta’minlash masalasiga ham to‘xtalib o‘tildi.

Yig‘ilish so‘ngida xodimlar tomonidan muammo va takliflar tinglandi hamda institut rektori v.v.b. Eldor Shermanov tomonidan mas’ul xodimlarga tegishli topshiriqlar berildi.