
Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida Yoshlar bilan ishlash, ma’naviy va ma’rifat bo‘limi hamda Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tomonidan “Zakovat” intellektual o‘yinining aprel oyidagi 5-tur bellashuvi o‘tkazildi.
Unda to‘rtta fakultetdan oltita jamoa ishtirok etdi.
Natijalarga ko‘ra, Kino, televideniye va radio san’ati fakulteti ushbu oyda ham g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.