Zaif eshituvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatida konsert dasturi tashkil etildi

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti tomonidan poytaxtimizning Olmazor tumanidagi 102-sonli zaif eshituvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatida konsert dasturi tashkil etildi.

Ushbu madaniy-ma’rifiy, bayramona tadbir go‘zal navolar ostida ko‘tarinki kayfiyatda boshlandi.

Tadbirda ta’kidlanganidek, inson qadri uning go‘zal qalbi va ezgu amallari bilan o‘lchanadi. Oramizda hayotda yanada teran, sof tuyg‘ular bilan boquvchi shunday odamlar borki, ular xalqimizning, davlatimizning eʼtiboriga, g‘amxo‘rligiga muhtoj. Mamlakatimiz taraqqiyotining hozirgi bosqichida imkoniyati cheklangan insonlarni haq-huquqlarini taʼminlash masalasi davlat siyosati darajaga ko‘tarilgan. Nogironligi bo‘lgan fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish masalasi inson huquq va erkinliklarini kafolatlashning muhim omiliga aylangan. Bu borada amalga oshirilayotgan islohotlar yon-atrofimizdagi imkoniyati cheklangan fuqarolarning o‘zlarini shu jamiyatning to‘la qonli aʼzosi sifatida his qilishlarini taʼminlashga qaratilgan. Bugungi tadbir ham nogironligi bo‘lgan shaxslarga ijtimoiy yordam ko‘rsatish, moddiy va maʼnaviy qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyatda o‘z o‘rinlarini egallashlariga imkoniyatlar yaratish borasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ishlarning yorqin namunasidir.

Zaif eshituvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatida konsert dasturi tashkil etildi

Zaif eshituvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatida konsert dasturi tashkil etildi

Zaif eshituvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatida konsert dasturi tashkil etildi

Zaif eshituvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatida konsert dasturi tashkil etildi

Zaif eshituvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatida konsert dasturi tashkil etildi

Darvoqe, kishilarning bir-biriga mehr-oqibatli bo‘lishi, parvarishga muhtoj insonlarning holidan xabar olish va muruvvat ko‘rsatish, xayru-ehson qilish, xalqimiz qadriyatlarining o‘zagini, azaliy umuminsoniy fazilatlarini ifoda etadi. Mana shunday ezguliklar mujassam bo‘lgan tadbirda О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti professor-о‘qituvchilari, ushbu dargohda faoliyat olib borayotgan “О‘zbekiston xalq artisti”, “О‘zbekiston xalq hofizi”, “О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan artist” faxriy unvonlari sohiblari, iqtidorli talabalari tomonidan chin insoniy fazilatlar, ezgulik, odamiylik, mehr va sadoqatni tarannum etuvchi qo‘shiqlar, mumtoz ashulalar aytildi.

Qo‘g‘irchoq o‘yinlari namoyish etildi. Talabalar tomonidan raqslar ijro qilindi. Ulugʻ sanʼatkorlarning dil izhorlari, kuy-qoʻshiqlari, qalblarga shodlik, xursandchilik jo etib, barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. Har bir chiqish gulduros qarsaklar bilan qо‘llab-quvvatlab turildi. Bu esa o‘z navbatida, san’atkorlarni quvontirdi, ruhlantirdi.

Zaif eshituvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatida konsert dasturi tashkil etildi

Zaif eshituvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatida konsert dasturi tashkil etildi

Zaif eshituvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatida konsert dasturi tashkil etildi

Zaif eshituvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatida konsert dasturi tashkil etildi

Zaif eshituvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatida konsert dasturi tashkil etildi

Zaif eshituvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatida konsert dasturi tashkil etildi

Ixtisoslashtirilgan maktab-internati pedagogik jamoasi о‘zlarining sо‘zlari, shо‘x о‘yinlari bilan institut rahbariyati, ijodiy jamoaga o‘z minnatdorchiliklarini izhor etishdi. Bolajonlar esa bunday eʼtibordan juda mamnun bo‘lishdi.

Zaif eshituvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatida konsert dasturi tashkil etildi

Zaif eshituvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatida konsert dasturi tashkil etildi

Zaif eshituvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatida konsert dasturi tashkil etildi

Zaif eshituvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatida konsert dasturi tashkil etildi

Zaif eshituvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatida konsert dasturi tashkil etildi

image_pdfimage_print