1

Yuqori samaradorlikka erishgan kafedralarni mukofotlash, institut xodimlarini malaka oshirish uchun xorijga yuborish — 17 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda qanday masalalar ilgari surildi?

Yuqori samaradorlikka erishgan kafedralarni mukofotlash, institut xodimlarini malaka oshirish uchun xorijga yuborish — 17 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda qanday masalalar ilgari surildi?

Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyai institutida o‘quv jarayonlariga oid navbatdagi yig‘ilish o‘tkazildi. Unda institut rahbariyati, fakultet dekanlari, kafedra o‘qituvchilari va boshqa xodimlar ishtirok etdi.
Yig‘ilish davomida Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha birinchi prorektor Eldor Shermanov kun tartibiga qo‘yilgan masalalar haqida to‘xtalib o‘tdi. Jumladan, quyidagi masalalar ilgari surildi:
– Talabalarni milliy sertifikat imtihonlarida yuqori natija olishi uchun ko‘maklashish hamda mavjud sertifikatga ega bitiruvchilarni magistraturaga jalb etish;
– Institutning xalqaro reytingini oshirish;
– Kafedralar reytingini shakllantirish, samaradorligi yuqori bo‘lgan kafedra xodimlarini mukofotlash;
– 2023 yil uchun yillik o‘quv rejasini tuzish;
– O‘qituvchi va talabalar o‘rtasida ustoz-shogird an’analarini yo‘lga qo‘yish;
– Scopus tizimidagi maqolalar sonini oshirish;
– Institut o‘qituvchilarini xorijiy mamlakatlarga malaka oshirish uchun yuborish;
– Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayoni bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar;
– To‘garaklar faoliyatini to‘xtatib qo‘ymaslik va boshqa masalalarga to‘xtalib o‘tildi.
Shuningdek, “Kutubxona fondlari va bibliografiyashunoslik” kafedrasi katta o‘qituvchisi Yusuf Mannonov STARS International University’da o‘tkazilgan xalqaro konferensiyada ishtirok etib, maxsus statuetka sohibiga aylangani e’tirof etildi.
Shu bilan birga, tavallud ayyomini nishonlayotgan xodimlarni taqdirlash an’anasi yo‘lga qo‘yilishi ta’kidlandi.