“O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini rivojlantirish konsepsiyasi” mavzusida dars mashg‘uloti o‘tkazildi

"O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini rivojlantirish konsepsiyasi" mavzusida dars mashg‘uloti o‘tkazildi

Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida malaka oshirayotgan madaniyat va san’at muassasalarida faoliyat olib borayotgan xodimlar uchun oliygoh rektori, professor Ibrohim Yuldashev tomonidan dars mashg‘uloti o‘tkazildi.

"O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini rivojlantirish konsepsiyasi" mavzusida dars mashg‘uloti o‘tkazildi

"O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini rivojlantirish konsepsiyasi" mavzusida dars mashg‘uloti o‘tkazildi

Ushbu dars “O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini rivojlantirish konsepsiyasi” mavzusida olib borildi. Institut rektori dastlab O‘zbekiston Resbuplikasi Prezidenti tomonidan yoshlarga yaratilayotgan shart-sharoitlar haqida fikr bildirdi hamda ularning kelgusida yetuk kadrlar bo‘lib yetishishida hozirda ushbu sohada faoliyat olib borayotgan xodimlar katta ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

"O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini rivojlantirish konsepsiyasi" mavzusida dars mashg‘uloti o‘tkazildi

"O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini rivojlantirish konsepsiyasi" mavzusida dars mashg‘uloti o‘tkazildi

Shuningdek, Ibrohim Yuldashev yoshlarning oliy ta’lim muassalariga qamrovi haqida so‘z yuritdi. Ma’lumot uchun, yosh yigit-qizlarning OTMlarga qamrov darajasi 2016 yil 9% ni tashkil etgan bo‘lsa, 2022-yilga kelib, bu ko‘rsatkich 30% ga yetdi. Shu jumladan, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida 2017-yil 1780 nafar talaba tahsil olgan bo‘lsa, hozirda bu raqam 4600 nafarni tashkil etadi.

"O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini rivojlantirish konsepsiyasi" mavzusida dars mashg‘uloti o‘tkazildi

"O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini rivojlantirish konsepsiyasi" mavzusida dars mashg‘uloti o‘tkazildi

“Nima uchun talabalar kontenti oshirilmoqda? Sababi, qayerda ta’limga e’tibor yuqori bo‘lsa, o‘sha yerda rivojlanish bo‘ladi”, — dedi O‘zDSMI rektori.

"O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini rivojlantirish konsepsiyasi" mavzusida dars mashg‘uloti o‘tkazildi

Dars mashg‘ulotida davomi malaka oshiruvchilarda yuqori taassurot qoldirdi hamda institut rektori tomonidan tegishli savollarga javob berildi.

"O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini rivojlantirish konsepsiyasi" mavzusida dars mashg‘uloti o‘tkazildi

image_pdfimage_print