Yoshlarga e’tibor — kelajakka e’tibor

Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori v.b Eldor Shermanov institut yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchilari bilan muloqot olib bordi.
Dastlab yangi yoshlar yetakchisi — institutuning 2-bosqich magistranti Sherzod Anorboyev jamoaga tanishtirildi. Ochiq va samimiy ruhda o‘tgan muloqotda boshlang‘ich tashkilotning yutuq va kamchiliklari tahlil qilinib kelajakdagi vazifalar belgilab olindi.
Uchrashuv davomida institut rektori v.b Eldor Shermanov yoshlar tashkiloti katta kuch ekanligini, shaxsan o‘zi ham ushbu tashkilotning faol yetakchilaridan bo‘lganligini ta’kidladi. Shuningdek, institutda “Besh tashabbus olimpiada”sini, sport musobaqalari, zakovat intellektual o‘yini va boshqa tadbirlarni sifatli tashkil etish bo‘yicha “Yo‘l xaritalari” tuzish vazifasi belgilab olindi. Bundan tashqari, faol yoshlarga O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi tomonidan nashr ettirilgan “Jadidlar” nomli kitoblar to‘plami ham tuhfa qilindi.