1

“Yoshlarga bo‘lgan e’tibor — kelajakka bo‘lgan e’tibor” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi

"Yoshlarga bo‘lgan e’tibor — kelajakka bo‘lgan e’tibor" mavzusida davra suhbati o‘tkazildi

Bugun “Yangi avlod kadrlari” loyihasi doirasida “Yoshlarga bo‘lgan e’tibor — kelajakka bo‘lgan e’tibor” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Unda Oʻzbekiston Liberal demokratik partiyasi xodimlari, deputatlar, partiya faollari, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining o‘qituvchi hamda iqtidorli talabalari ishtirok etdi.

OʻzLiDeP Toshkent shahar Kengashi raisi o‘rinbosari, Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Bobirjon Rasulev, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi Erkin Zaxidov tomonidan mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar zamirida yoshlarga qaratilayotgan e’tibor haqida fikr bildirdi.

Ochiq muloqot tarzida o‘tgan davra suhabatida talabalar o‘zlarini qiziqtiradigan savollarga javob olishdi.