“Yoshlar” telekanali bilan hamkorlik o’rnatildi

"Yoshlar" telekanali bilan hamkorlik o'rnatildi

Joriy yilning 16-mart kuni O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, “Yoshlar” teleradiokanali direktori Husniddin Ergashev va teleradiokanalning mutasaddi xodimlari hamda ijodiy jamoasi О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutiga tashrif buyurdi.

Mehmonlar dastlab, ta’lim dargohida talaba yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, amalga oshirilayotgan vazifalar, olib borilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy ishlarning samaradorli bilan yaqindan tanishdi. Institut rahbariyati, professor-о‘qituvchilar, prorektorlar ustoz-murabbiylar, tajribali olimlar, amaliyotchilar, tadqiqotchilar, magistrlar, talabalar qatnashgan tadbirda О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, filologiya fanlari doktori, professor Ibrohim Yo‘ldoshev so‘z olib, bugungi kunda mamlakatimizda ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan tub islohotlar har jihatdan etuk mutaxassislar tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etayotganini alohida e’tirof etdi. Yuksak ma’naviyatli, mustaqil va erkin fikrlaydigan, zamonaviy ilm-fan yutuqlarini puxta o‘zlashtirgan, barkamol avlodni voyaga yetkazishda mana shunday tadbirlarning ahamiyati beqiyos ekanligini aytib o‘tdi.

"Yoshlar" telekanali bilan hamkorlik o'rnatildi

– Barchamizga ma’lumki, jadal rivojlanib borayotgan global davrda, yosh avlodni davr talabiga javob beradigan komil inson etib tarbiyalash, yuqori malakali mutaxassis sifatida voyaga yetkazish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan, – dedi professor Ibrohim Yо‘ldoshev. – Shu o‘rinda aytadigan bo‘lsak, ijodkor kadrlarni tayyorlash pedagoglardan nihoyatda katta masʼuliyatni talab etadi. Bu oliy ta’lim dargohida san’at, madaniyat sohalarining ilm yo‘lidagi mashaqqatli mehnat sirlaridan bahramand bo‘lgan, ko‘plab ustoz-murabbiylar faoliyat yuritishadi. Ular bo‘lajak sanʼatkorning iqtidorini, iste’dodini yanada shakllanishida katta ko‘mak ko‘rsatishadi. Ta’lim berishda asosiy e’tiborni darsning sifati hamda samaradorligiga qaratilmoqda. Talabada fan bo‘yicha bilim, ko‘nikma, malakalarni shakllantirib, rivojlantirishida pedagogning bor mahorati ishga solinmoqda.

"Yoshlar" telekanali bilan hamkorlik o'rnatildi

"Yoshlar" telekanali bilan hamkorlik o'rnatildi

– So‘nggi vaqtlarda “Yoshlar” teleradiokanalida media yo‘nalishida ta’lim olayotgan talaba yoshlar bilan ijodiy hamkorlikka alohida e’tibor berilmoqda, – dedi “Yoshlar” teleradiokanali direktori Husniddin Ergashev. – Shu bois, telekanalimizda “Yoshlar ijod laboratoriyasi” tashkil etildi. Unda ijodkor, o‘z g‘oyasiga ega, jurnalistik va notiqlik qobiliyatini shaklllantirmoqchi bo‘lgan yosh kadrlar uchun ijod maydoni yaratildi. Bilamizki, О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti talabalari orasida yuqoridagi xislatlarga ega bo‘lgan yoshlar ko‘pchilikni tashkil etadi. Shunday ekan, rejissorlik, aktyorlik yo‘nalishlarida tahsil olayotgan iste’dodli, iqtidorli talabalarning ijodiy ishlarini telekanal orqali namoyish etishga, yoshlarning takliflarini eshitish va ularni o‘rganib chiqishga tayyor ekanligimizni ma’lum qilamiz. O‘zbekiston yoshlari erishayotgan muvaffaqiyat va zafarlar zamirida davlatimiz tomonidan ko‘rsatilayotgan katta g‘amxo‘rlik, yaratilgan keng imkoniyatlar, yuksak eʼtibor mujassamdir.

"Yoshlar" telekanali bilan hamkorlik o'rnatildi

"Yoshlar" telekanali bilan hamkorlik o'rnatildi

"Yoshlar" telekanali bilan hamkorlik o'rnatildi

Yig‘ilish davomida mamlakatimizda pedagog xodimlar va talaba yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, shart-sharoitlar, institut faoliyati, bu maskanda olib borilayotgan ilmiy izlanishlar haqida ma’lumot berildi. Tomonlarni qiziqtirgan masalalar bo‘yicha mulohazalar bildirildi. Talabalarning bilim darajasi, iqtidori, iste’dodi yuzasidan fikr almashildi. Talabalar bilan kasbiy mahoratlariga oid savol-javoblar qilindi. Talabalar, magistrlar о‘zlari bilim olgan sohalari bо‘yicha yetuk kadrlar bо‘lishlariga umid bildirildi.

"Yoshlar" telekanali bilan hamkorlik o'rnatildi

Bahs-munozaralarga boy bo‘lgan qizg‘in muhokamada mamlakatimizda yoshlarga yaratib berilayotgan keng imkoniyatlar, xususan, ularni bandligini ta’minlash borasida olib borilayotgan amaliy ishlar mamnuniyat bilan e’tirof etildi.

Samimiy ruhda о‘tgan uchrashuvda madaniyat, san’at sohasining о‘ziga xos jihatlari haqida so‘z yuritildi.

image_pdfimage_print