1

Yoshlar tarbiyasi – millat kelajagining poydevori

Yoshlar tarbiyasi – millat kelajagining poydevori

Joriy yilning 19-yanvar kuni О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida institut rahbariyati, dekan va dekan o‘rinbosarlari, kafedra mudirlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.

Institut rektori, filologiya fanlari doktori, professor Ibrohim Yо‘ldoshev tomonidan mamlakatimizda oliy ta’lim sifatini tubdan yaxshilash yo‘nalishida tizimli ishlar amalga oshirilayotgani hamda ushbu tizimda juda samarali o‘zgarishlar bo‘layotgani qayd etildi. Ta’lim berish samaradorligini oshirishga xizmat qiladigan xalqaro tajribalar e’tirof etildi.

– Taʼlim-tarbiya tizimidagi islohotlarning muvaffaqiyati koʻp jihatdan oʻqituvchi va murabbiylarga bogʻliq, – dedi professor I.Yо‘ldashev. – Shunday ekan, pedagog xodimlar talabalarni har tomonlama yetuk, barkamol, mustaqil fikrlaydigan o‘zining zimmasiga yuklatilgan vazifalarni o‘z vaqtida bajaradigan mutaxassislar bo‘lim yetishishlari uchun astoydil harakat qilishlari kerak. Ayniqsa, bugungi jadal rivojlanib borayotgan global davrda, har bir pedagog xodim yoshlarning ta’lim tarbiyasi, kiyinish madaniyati darslardagi ishtiroki, amaliy hamda nazariy mashg‘ulotlarda vaqtida qatnashishi, о‘g‘il-qizlarni о‘z ustilarida tinimsiz izlanishlar olib borishlari kabi masalalarga jiddiy ahamiyat qaratish zarur. Mamlakatimizda milliy ma’naviyatimizni yuksaltirish, ulug‘ ajdodlarimizning o‘lmas merosini o‘rganish hamda targ‘ib etish, uning mazmun-mohiyatini yoshlarimiz ongu shuuriga singdirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan, Alisher Navoiyning ijodiy merosi nafaqat xalqimizning, balki insoniyatning bebaho ma’naviy xazinasidir. Buyuk mutafakkirning serqirra ijodi asrlar mobaynida insoniyatni hamjihatlikka, ilm-ma’rifatga chorlab, xalqimiz uchun cheksiz faxr-iftixor timsoli bo‘lib kelmoqda. Qolaversa, yana boshqa buyuk allomalarimiz, mutafakkirlarimiz, millatimizning ziyolilari ham jamiyat rivoji, mamlakat farovonligi, tinchligi va xotirjamligini yoshlar tarbiyasi bilan bog‘laganlar. Bu bejiz emas. Tarbiya masalasi ta’lim, milliy qadriyat, an’analar, mentalitet bilan uzviy bog‘liqlikda hal etilsa, rivojlanish hamda taraqqiyot bo‘ladi. Yomon illatlarning ibtidosi esa loqaydlikdan boshlanadi.

Demak, har birimiz talabalar tarbiyasiga mas’ul ekanligimizni unutmasligimiz kerak. Abdulla Avloniy “Tarbiya biz uchun yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat -yo falokat masalasidir”, deya ta’kidlaganida ham katta ma’no mujassam. Yoshlar tarbiyasini – hayot-mamot masalasi, deb taʼriflagan mutafakkir naqadar haq ekanini barchamiz yaxshi bilamiz. Yoshlarning tarbiyasi moʻrtlashib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Yoshlarning hayotda o‘z o‘rinlarini topishlarida ta’lim dargohimizda faoliyat olib borayotgan professor-о‘qituvchilarimiz, ustoz-murabbiylarimiz katta hissa qo‘shishlari kerak. Buning uchun pedagogik jamoa a’zolari hamisha mas’uliyatni his qilgan holda o‘z kasblariga nisbatan fidoyilik xislatini yanada oshirishga intilishlari shart. Bunday jarayon, albatta, taʼlim sifati va taraqqiyotiga katta taʼsir ko‘rsatadi. Har tomonlama yetuk, barkamol yoshlarni shakllantirishda albatta, malakali, o‘z mutaxassisligini chuqur egallagan o‘qituvchilarning xizmati beqiyosdir. Endi, pedagogika sohasiga kirib kelayotgan yoshlarimiz ham ana shunday mehnatkash, fidoyi ustozlarimizdan soha sirlarini o‘rgansin va ulardan ibrat olsin.

Institut rektori, filologiya fanlari doktori, professor Ibrohim Yо‘ldashev tomonidan ta’kidlanganidek, mamlakatimizda oliy ta’lim tizimida ijobiy hamda juda samarali o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Yosh avlod ta’lim-tarbiyasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. O‘g‘il-qizlarning zamonaviy bilim olishi, yuksak ma’naviyatli bo‘lib ulg‘ayishi uchun zarur sharoit yaratish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda. Yoshlarni oliy ta’lim bilan qamrov ko‘lamini oshirish va oliy ta’lim sifatini tubdan yaxshilash yo‘nalishida tizimli ishlar tashkil qilinmoqda.

Shunigdek, yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-dekabrdagi “Davlat oliy ta’lim muassasalarining akademik va tashkiliy-boshqaruv mustaqilligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-60-sonli hamda “Davlat oliy ta’lim muassasalariga moliyaviy mustaqillik berish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-61-sonli qarorlarining mazmun-mohiyati haqida ham alohida to‘xtalib o‘tildi.

Ilmiy tadqiqot ishlari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida erishilayotgan natijalar, yoshlar tashabbuslarini aniqlash, talabalar, doktorantlar, yosh olimlarning ilmiy tadqiqot va innovatsion ishlanmalarini rivojlantirish borasida bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar haqida fikr bildirildi.

Qayd etildiki, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli ta’lim sohasidagi islohotlarning samarali bo‘lishi ta’lim tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan mutaxassislarning salohiyatiga bog‘liq. Ta’lim berishda asosiy e’tiborni darsning sifati hamda samaradorligiga qaratishi, talabada fan bo‘yicha bilim, ko‘nikma, malakalarni shakllantirib, rivojlantirishda bor mahoratini ishga solishi lozim. Ularning asosiy maqsadi o‘z sohasining malakali kadrlarini tayyorlash, yoshlarga keng imkoniyatlar yaratib berish va talabalarning iste’dodlarini qo‘llab-quvvatlashdan iborat bo‘lishi darkor. Institutning mas’ullari vatan oldidagi burchini dildan his qilib, kasbiga fidoyilik kо‘rsatgan holda har bir magistrga, talabaga о‘z farzandidek munosabatda bо‘lishi, ularga mehr kо‘rsatishi, har tomonlama qо‘llab-quvvatlashi kerak.

Ushbu yig‘ilishda barcha ishtirokchilar o‘zlari uchun muhim bo‘lgan ma’lumotlarga ega bo‘ldi va kerakli xulosalar chiqarib, kelgusidagi istiqbolli rejalarini belgilab oldi.