1

“Yoshlar orasida giyohvandlik vositalarini tarqalishiga qarshi kurashish” tezkor profilaktik tadbiri bo‘lib o‘tdi

"Yoshlar orasida giyohvandlik vositalarini tarqalishiga qarshi kurashish" tezkor profilaktik tadbiri bo‘lib o‘tdi

Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida “Yoshlar orasida giyohvandlik vositalarini tarqalishiga qarshi kurashish” deb nomlangan profilaktik tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Mirzo Ulug‘bek tumani IIOFMB JQB katta tezkor vakili kapitan Mahkamov Yusuf Asrorivich, Mirzo Ulug‘bek tuman IIO FMB JQB giyohvandlik va psixotrop moddalarining noqonuniy muomilasiga qarshi kurashish guruhi tezkor vakili, leytenant Ilyashev Sanjar Nuritdinovich hamda Mirzo Ulug‘bek tumani IIO FMB 2 IIB JQB tezkor vakili leytenant Bektemirova Saida Husan qizi tomonidan talabalarga giyohvandlikning oqibatlari va bugungi kunda O‘zbekiston hududida unga qarshi olib borilayotgan profilaktik tadbirlar haqida tushunchalar berib o‘tildi. Qolaversa, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olishdi.