
Joriy yilning 10-fevral kuni О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida “Yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish dolzarb vazifa” mavzuda ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Mazkur yig‘ilishda institutning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bо‘yicha prorektori Eldor Shermonov, Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Yusuf Mannonov, Mirzo Ulug‘bek tumani IIO FMB profilaktika inspektorlari podpolkovnik Dilorom Mirxalilova, mayor Lolaxon Tursunaliyeva, kapitan Botir Salimov, katta leytenant Albina Ahmedova, professor-о‘qituvchilar, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, ustoz-murabbiylar hamda talabalar qatnashdi.
Tadbir davomida talabalar bilan olib boriladigan ma’naviy-marifiy ishlar samaradorligini oshirish, ular o‘rtasida huquqbuzarlik, jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan profilaktik ishlarni tizimli tashkil etish, turli zararli oqimlar ta’siriga tushib qolishdan asrash, yoshlarni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishini ta’minlashga qaratilgan muhim vazifalarni o‘z vaqtida bajarish lozimligi ta’kidlandi. Shuningdek, qasddan odam o‘ldirish yoki tan jarohati etkazish, mol-mulkka tajovuz qilish, firibgarlik kabi jinoyatlarni hamda ayollar, yoshlar, voyaga yetmaganlar o‘rtasida sodir etilayotgan jinoyatlarni keskin kamaytish, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish borasida amalga oshirilayotgan muhim ishlar e’tirof etildi.
Yig‘ilishda so‘zga chiqqanlar yurtimizda aholining tinch-osoyishta hayot kechirishini ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashishga qaratilgan juda muhim va samarali ishlar o‘zining ijobiy natijalarini berayotganini qayd etdilar.
Shuningdek, tadbirda mamlakatimizda giyohvandlikka qarshi kurashish va uni oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar, giyohvand, tamaki va alkogol moddalarni isteʼmol qilishning zararli oqibatlari, narkotik tabletkalar isteʼmoli natijasida hayotdan koʻz yumish holatlari, narkologik moddalarni isteʼmol qilgan shaxslarning psixologik va tibbiy holati, organizmidagi oʻzgarishlari toʻgʻrisida ham alohida toʻxtalib o‘tildi.
Ushbu tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad, yoshlar o‘rtasida g‘oyaviy bo‘shliqni oldini olish, ularning bo‘sh vaqtlarini unumli o‘tkazishda axborot vositalaridan maqsadli foydalanishni tashkil etish, yosh avlod o‘rtasida o‘z vaqtida jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan tadbirlar mazmun-mohiyatini tushuntirish va ularning huquqiy, ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishdan iboratdir.
E’tirof etish joizki, mazkur ta’lim muassasasida bu kabi tadbirlarni o‘tkazilishi yoshlarning siyosiy va huquqiy bilimlarini oshirish bilan birga, ular o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchiliklarni oldini olishga, yoshlar bilan yaqindan muloqot olib borib, turli axborot xurujlaridan asrashga hamda yurtga muhabbat, uzoq tarixga ega azaliy qadriyatlar, ajdodlar merosiga hurmat ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi.
Muloqot tarzida o‘tgan davra suhbatida mutaxassislar tomonidan yoshlar o‘zlarining qiziqtirgan barcha savollariga batafsil javob oldilar.
Tadbir davomida yigʻilganlarga mavzu yuzasidan tayyorlangan maxsus videofilm namoyish etildi. Tadbir soʻnggida talabalar oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdilar.