Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bо‘yicha prorektor Kutubxona-axborot faoliyati fakulteti talabalari bilan uchrashdi

Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bо‘yicha prorektor Kutubxona-axborot faoliyati fakulteti talabalari bilan uchrashdi

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bо‘yicha prorektor Eldor Shermonov ushbu ta’lim dargohining Kutubxona-axborot faoliyati fakulteti sirtqi (maxsus sirtqi) bo‘lim talabalari bilan uchrashdi.

Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bо‘yicha prorektor Kutubxona-axborot faoliyati fakulteti talabalari bilan uchrashdi

Professor-о‘qituvchilar, ustoz-murabbiylar qatnashgan ochiq muloqotda talabalarning bilimini baholash, ijodiy faoliyatni rivojlantirish borasida amalga oshirilayot ishlarni samaradorligini oshirish masalari, shuningdek, ularning muammo va kamchiliklarini o‘rganib, ularga atroflicha yechim topishga harakat qilish, yigit-qizlarni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalashga qaratilgan muhim vazifalarni o‘z vaqtida bajarish lozimligi aytildi.

Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bо‘yicha prorektor Kutubxona-axborot faoliyati fakulteti talabalari bilan uchrashdi

Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bо‘yicha prorektor Kutubxona-axborot faoliyati fakulteti talabalari bilan uchrashdi

Ta’kidlandiki, О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida axborot-kutubxona faoliyatini yanada rivojlantirish borasida yuksak samarali vazifalar amalga oshirilmoqda. Ta’lim dargohida tahsil olayotgan talabalarning axborotdan erkin foydalanishini, milliy qadriyatlar va jahon madaniyati durdonalaridan bahramand boʻlishini taʼminlash masalasiga jiddiy ahamiyat qaratilmoqda. Ayni paytda mazkur ta’lim datgohida axborot-kutubxona xizmatlari koʻrsatishning sifat jihatdan yangi tizimini yaratish, kutubxonalarda saqlanayotgan milliy madaniy merosni asrab-avaylash va boyitish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etishni takomillashtirish ustuvor vazifaga aylangan.

Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bо‘yicha prorektor Kutubxona-axborot faoliyati fakulteti talabalari bilan uchrashdi

Qayd etildiki, inson qadri uning go‘zal qalbi va ezgu amallari bilan o‘lchanadi. Oramizda hayotda yanada teran, sof tuyg‘ular bilan boquvchi shunday odamlar borki, ular xalqimizning eʼtiboriga, g‘amxo‘rligiga muhtoj. Mamlakatimiz taraqqiyotining hozirgi bosqichida imkoniyati cheklangan insonlarni haq-huquqlarini taʼminlash masalasi davlat siyosati darajaga ko‘tarilgan. Nogironligi bo‘lgan fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish masalasi inson huquq va erkinliklarini kafolatlashning muhim omiliga aylangan. Bu borada amalga oshirilayotgan islohotlar yon-atrofimizdagi imkoniyati cheklangan fuqarolarning o‘zlarini shu jamiyatning to‘la qonli aʼzosi sifatida his qilishlarini taʼminlashga qaratilgan.

Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bо‘yicha prorektor Kutubxona-axborot faoliyati fakulteti talabalari bilan uchrashdi

Shuningdek, oliy ta’lim muassasalaridagi turli ta’lim yo‘nalishlari, mutaxassisliklari bo‘yicha tahsil olayotgan ko‘zi ojiz talabalar uchun zaruriy darslik va qo‘llanmalarni, badiiy, ommabop kitoblarni yaratish borasida samarali ishlar amalga oshirilmoqda.

Tadbir davomida audiokitoblarni yanada ko‘paytirish, rivojlangan mamlakatlarning xalqaro grand loyihalarida ishtirok etish va ularni qo‘lga kiritish imkoniyatlari xususida turli takliflar, fikr-mulohazalar bildirildi.

Etirof etilganidek, mamlakatimizda inson manfaatlari oliy qadriyat darajasiga ko‘tarilgan. Bu oliy ta’lim dargohining asosiy maqsadi ham o‘z sohasining malakali kadrlarini tayyorlash, yoshlarga keng imkoniyatlar yaratib berish va ularning iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlashdan iboratdir.

image_pdfimage_print