Yoshlar — kelajak bunyodkorlari

Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori v.b. Eldor Shermanov oliygohning iqtidorli talabalari bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida institutda amalga oshirilayotgan ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi ishlar muhokama qilindi. Shuningdek, oliygohda tashkil etilgan sport to‘garaklari faoliyati hamda Respublika miqyosida o‘tkaziladigan sport musobaqalariga tayyorgarlik jarayonlari haqida ma’lumotlar berildi.
Qolaversa, yoshlarni yagona g‘oya ostida birlashtirish, ular uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish masalasi ilgari surildi.
Shu bilan birga, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti matbuot kotibi Sarvar Jovliyevga iqtidorli talaba-yoshlar faoliyatini kengroq miqyosda yoritib borish maqsadida institut rahbariyati tomonidan zamonaviy planshet sovg‘a qilindi.
Bundan tashqari, talabalar tomonidan takliflar tinglandi hamda ularni amalga oshirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.