Yoshlar ijodiy kechasi o‘tkazildi

Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida yoshlar ijodiy kechasi tashkil qilindi.
Ushbu kechada institutimizning bir qator el suygan san’atkor talabalari Elyor Melibayev, Bahodir Fozilov, Otash Baxshi, Zilola Xayrullayeva, Hasan va Husan Komilovlar o‘z chiqishlari bilan talabalarga va tadbir ishtirokchilariga xush kayfiyat ulashdi.
Endilikda an’ana sifatida ushbu ijodiy kecha haftaning har juma kuni institut o‘quv teatrida o‘tkaziladi.
Sahnalashtiruvchi rejissorlar: Teatr san’ati fakulteti dekani muovini Sh.Raxmatov va Xalq ijodiyoti fakulteti dekani muovini S.Abduroziqov