1

Yosh tadqiqotchilar uchun bir martalik kengashlar faoliyati yo’lga qo’yiladi

Yosh tadqiqotchilar uchun bir martalik kengashlar faoliyati yo'lga qo'yiladi

Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori v.b. Eldor Shermanov boshchiligida institutda faoliyati yangidan yo’lga qo’yilgan “Yosh olimlar kengashi”ning navbatdagi yig’ilishi bo’lib o’tdi. Kengashning navbatdagi sonida 2023-yilda dissertatsiya himoyasini amalga oshirishi lozim bo’lgan tadqiqotchilarning ilmiy ishlarga oid amalga oshirayotgan har bir ishlari professor-o’qituvchilar tomonidan sinchiklab o’rganib chiqildi. Qolaversa, tadqiqotchilarning himoya oldi imtihonlardagi natijalari, ilmiy ish mavzusining byulletenlardagi e’loni, tegishli kafedralar muhokamasidan o’tkazilganligi va boshqa muhim tashkiliy masalalar yuzasidan tadqiqotchilarga tegishli tavsiyalar berildi. Shuningdek, yosh tadqiqotchilarning ehtiyojlari va ilmiy ishlar mavzularining keng tarmoqliliga qarab institutda bir martalik himoya kengashlari faoliyatini yo’lga qo’yish bo’yicha ham fikr almashildi.