Yosh olimlar “Turk dunyosida oliy ta’lim kelajagi” xalqaro kongressida

Yosh olimlar “Turk dunyosida oliy ta’lim kelajagi” xalqaro kongressida

Joriy yilning 23 – 24-dekabr kunlari Anqara shahrida Turk dunyosi yosh akademiklarining Xalqaro kongressi o‘tkazildi.
Ushbu ilmiy anjumanda dunyoning 15 ta mamlakatidan 80 nafar yosh olimlar, tadqiqotchilar qatnashdi.
Yosh olimlar “Turk dunyosida oliy ta’lim kelajagi” xalqaro kongressida
Mamlakatimizdan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik instituti, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Milliy arxeologiya markazi, Xorazm Ma’mun akademiyasi, Toshkent davlat yuridik universiteti, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti tayanch doktarantlari, kichik ilmiy xodimlari ta’lim tizimini Turk dunyosi yosh akademiklariga tanishtirish maqsadida safar qilishdi. Jumladan, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining tayanch doktoranti Kamoliddin Umarov Kongress davomida “O‘zbekiston ta’lim tizimida san’at va madaniyatning o‘rni” mavzusida ma’ruza qilib, ta’limda san’at va madaniyatga qaratilayotgan e’tibor, yaratilayotgan imkoniyatlar borasida so‘z yuritdi.
Yosh akademiklar uyushmasi tomonidan tashkil etilgan tadbirning ochilishida Turkiya va xorijdan ko‘plab akademiklar bilan bir qatorda Turkiya Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Yavuz Selim Kiran, Turk hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (Tika) vitse-prezidenti Rahman Nurdun va xorijdagi qardosh xalqlar ishtirok etishdi.
Yosh olimlar “Turk dunyosida oliy ta’lim kelajagi” xalqaro kongressida
Turkiya Prezidenti Milliy kutubxonasida bo‘lib o‘tgan kongressda Yavuz Selim Kiran so‘zga chiqib, “Biz ilmiy taraqqiyotsiz, iqtisodiy rivojlanish zaif bo‘lib qoladi, deb o‘ylaymiz. Shu bois, bugungi kunda turkiy xalqlarning ilm yo‘lida birlashishi ayni muddaodir”, deya ta’kidladi.

image_pdfimage_print