Yosh izlanuvchilarning ilmiy-amaliy anjumani tashkil etildi

Yosh izlanuvchilarning ilmiy-amaliy anjumani tashkil etildi

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida “San’at va madaniyat: ilmiy va amaliy izlanishlar yo‘lidagi ilk odimlar” mavzusidagi yosh izlanuvchilarning ilmiy-amaliy anjumani tashkil etildi.
Yosh izlanuvchilarning ilmiy-amaliy anjumani tashkil etildi

Yosh izlanuvchilarning ilmiy-amaliy anjumani tashkil etildi

Yosh izlanuvchilarning ilmiy-amaliy anjumani tashkil etildi
Professor-о‘qituvchilar, ustoz-murabbiylar, tajribali olimlar, amaliyotchilar, tadqiqotchilar, magistrlar, talabalar qatnashgan konferensiyada О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, filologiya fanlari doktori, professor Ibrohim Yo‘ldoshev so‘z olib, mamlakatimizda ta’lim, ilm-fan, san’at va madaniyat sohalarida amalga oshirilayotgan samarali islohotlar xususida aytib o‘tdi.
Yosh izlanuvchilarning ilmiy-amaliy anjumani tashkil etildi

Yosh izlanuvchilarning ilmiy-amaliy anjumani tashkil etildi

Yosh izlanuvchilarning ilmiy-amaliy anjumani tashkil etildi

Yosh izlanuvchilarning ilmiy-amaliy anjumani tashkil etildi
– Barchamizga ma’lumki, bugungi jadal rivojlanib borayotgan global davrda, mamlakatimizda yoshlarning ilmiy va innovatsion faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, kadrlar tayyorlash tizimini isloh qilish, yoshlarning ilmiy, ijodiy va intellektual salohiyatini oshirish, yosh avlodni davr talabiga javob beradigan komil inson etib tarbiyalash, yuqori malakali mutaxassis sifatida voyaga yetkazish, davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan, – dedi professor Ibrohim Yо‘ldoshev. – Demak, har bir pedagog xodim talabalarga taʼlim tarbiya berishning taʼsirchan usullarini ishlab chiqishi, zamonaviy texnologiya yutuqlaridan maqsadli foydalanishlari, eng muhimi, yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashi lozim. Shu o‘rinda aytish lozimki, ta’lim dargohimizda iqtidorli talabalarni ilmiy izlanish va ijodiy muhitga kirib kelishlari ularni Respublika fan olimpiadalari, turli tanlovlar, Davlat dasturi asosida bajarilayotgan ilmiy loyihalarga, ilmiy tadqiqot ishlariga, konferensiya va seminarlarga jalb qilish, shuningdek, ilmiy va ommaviy nashrlarda maqolalarini chop etishlari va mustaqil ijodiy izlanishlar olib borishlariga alohida e’tibor qaratilgan. Institutimizning butun jamoasi mana shunday zukko talabalarning borligidan faxrlanadilar. Bu yoshlarimiz oʻz sohasining bilimdoni va yetuk mutaxassisi boʻlib, mamlakatimiz taraqqiyotida munosib hissalarini qo‘shadilar.
Yosh izlanuvchilarning ilmiy-amaliy anjumani tashkil etildi

Yosh izlanuvchilarning ilmiy-amaliy anjumani tashkil etildi
– Ayni paytda mamlakatimiz taʼlim tizimida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar tufayli yoshlarni har tomonlama yetuk, barkamol inson qilib tarbiyalash hamda ularning zamonaviy bilim olishi, kasb-hunar egallashi uchun beqiyos imkoniyatlar yaratilgan, – deydi O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i, f.f.d. professor Ma’rufjon Yuldashev. – Yoshlarning bilimi, qobiliyati, ezgu maqsadlari va ijtimoiy faolligi avvalambor, ularning yetuk mutaxassis va yuksak insoniy fazilatlarga ega shaxs sifatida kamol topishida muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Tashkil etilgan mazkur anjuman ham yosh izlanuvchilarning faolligini, tajribalarini har tomonlama oshirishda mahorat maydoni vazifasini bajaradi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Yosh izlanuvchilarning ilmiy-amaliy anjumani tashkil etildi

Yosh izlanuvchilarning ilmiy-amaliy anjumani tashkil etildi
Anjumanning yalpi yig‘ilishida “Madaniyatshunoslik” yo‘nalishi magistranti Jumagul Nishonovaning “Yangilanayotgan O‘zbekiston taraqqiyotida san’at va madaniyat sohasini yanada rivojlantirish istiqbollari”, “Madaniyatshunoslik” yo‘nalishi magistranti Ilhom Xudaynazarovning “Til – xalq ruhiyati va madaniyatini ifoda etuvchi yetakchi omil”, “Ijtimoiy-madaniy faoliyat” yo‘nalishi 4-bosqich talabasi Dostonbek Hamidovning “Jamiyatda yoshlar madaniy psixologiyasining shakllanishida xalqaro tajribalar”, “Kino, TV va radio san’ati” fakulteti 4-bosqich talabasi Shuhratbek Islomovning “Kino va yoshlar (kinoning ijtimoiy vazifasi nimada?)” mavzularidagi ma’ruzalari tinglandi.
Yosh izlanuvchilarning ilmiy-amaliy anjumani tashkil etildi

Yosh izlanuvchilarning ilmiy-amaliy anjumani tashkil etildi

Yosh izlanuvchilarning ilmiy-amaliy anjumani tashkil etildi
Shundan keyin konferensiya “Yangilanayotgan O‘zbekiston taraqqiyotida san’at va madaniyatning o‘rni”, “Madaniy maros va ta’lim tizimidagi ilmiy innovatsion yondashuvlar”, “Til va adabiyot ta’limidagi izlanishlar”, “Folklor va etnografiya: dunyo xalqlarining shakllanishi va tamadduni” singari 4 ta yo‘nalishda o‘z ishini olib bordi.
Yosh izlanuvchilarning ilmiy-amaliy anjumani tashkil etildi

Yosh izlanuvchilarning ilmiy-amaliy anjumani tashkil etildi

Yosh izlanuvchilarning ilmiy-amaliy anjumani tashkil etildi

Yosh izlanuvchilarning ilmiy-amaliy anjumani tashkil etildi
Konferensiya davomida tegishli tavsiyalar ishlab chiqildi. Bir qator nominatsiyalar bo‘yicha talabalar rag‘batlantirildi. Oʻzaro baholashdan muvaffaqiyatli oʻtgan tadbir ishtirokchilarining maqolalari konferensiya materiallari toʻplamida nashr etildi.
Yosh izlanuvchilarning ilmiy-amaliy anjumani tashkil etildi

image_pdfimage_print