“Yosh ijrochilar” Respublika tanlovi boshlandi

"Yosh ijrochilar" Respublika tanlovi boshlandi

Xabaringiz bor, 24-31-mart kunlari Toshkent shahrida xalq cholg‘ulari, damli va zarbli cholg‘ular, fortepiano, akademik xonandalik, torli cholg‘ular, teatr san’ati, folklor ijrochiligi, estrada ijrochiligi, an’anaviy ijrochilik, xoreografiya san’ati bo‘yicha “Yosh ijrochilar” Respublika tanlovi o‘tkazilishi rejalashtirilgandi.

Unda Respublikamizdan tashrif buyurgan yosh iste’dod egalari o‘z mahoratini namoyish etishmoqda. Ishtirokchilar 67 nominatsiya bo‘yicha bellashmoqda. Sohaning yetuk mutaxassislari ularni baholab borishmoqda.

Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktablari, maktab-internetlari, kollej va akademik litseylarning “Yosh ijrochilar” Respublika tanlovi boshlandi. Institut rahbariyati hamda Madaniyat va turizm vazirligi vakillari tanlovning ochilish marosimida ishtirok etishdi.

Shuningdek, tanlov mobaynida ishtirokchilar uchun mahorat darslari va Toshkent shahri bo‘ylab sayohatlar rejalashtirilgan. Qolaversa, tanlov jarayonlari YouTube ijtimoiy tarmog‘i orqali keng jamoatchilik uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri efirda yoritib borilmoqda.

G‘oliblar madaniyat va san’atga ixtisoslashgan oliy ta’lim muassasalarida mutaxassislik fanidan (ijodiy imtihondan) maksimall ballga ega bo‘lishi qayd etilgan.

Tanlov 31-mart kuni yakunlanadi va shu kuni “Turkiston” san’at saroyi konsert dasturi namoyish etiladi.

image_pdfimage_print