“Yil talabasi” kо‘rik-tanlovining institut bosqichi

“Yil talabasi” kо‘rik-tanlovining institut bosqichi
O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida “Yil talabasi” kо‘rik- tanlovining institut bosqichi bо‘lib о‘tdi.
“Yil talabasi” kо‘rik-tanlovining institut bosqichi
Tanlovda talabalar “Yilning о‘z mutaxassisligi bо‘yicha eng bilimdon talabasi”, “Yilning eng faol tashabbuskor-targ‘ibotchi talabasi”, “Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi”, “Yilning eng faol sportchi talabasi”, “Yilning eng faol ijodkor talabasi”, “Yilning eng bloger talabasi”, “Yilning eng namunali tadbirkor talabasi” nominatsiyalari bо‘yicha sinovdan о‘tdilar.
“Yil talabasi” kо‘rik-tanlovining institut bosqichi
Tanlov komissiyasi tomonidan ishtirokchilarning fanlarni о‘zlashtirishi va о‘quv jarayonidagi ishtiroki hamda faolligi, chop etilgan maqola, tezislari, Yoshlar ishlari agentligi va boshqa jamoat tashkilotlaridagi amaliy ishtiroki, talabaning sport sohasidagi yutuqlari, musiqa, adabiyot, san’at va madaniyat, teatr sohaslaridagi qiziqishlari hamda erishgan natijalari kо‘rib chiqildi va har bir nominatsiya bо‘yicha g‘oliblar aniqlandi.
“Yil talabasi” kо‘rik-tanlovining institut bosqichi
G‘oliblar tanlovning navbatdagi bosqichiga yо‘llanmani qо‘lga kiritishdi.

 

Matbuot kotibi

image_pdfimage_print