1

“Yil talabasi-2022” Respublika ko‘rik-tanlovining institut bosqichi g‘oliblari taqdirlandi

"Yil talabasi-2022" Respublika ko‘rik-tanlovining institut bosqichi g‘oliblari taqdirlandi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vaziri tomonidan 2020-yil yanvarda tasdiqlangan “2020-yilda Yoshlar o‘rtasida tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi tizimida amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan “Yo‘l xaritasi”ning 8-bandida belgilangan vazifalar hamda Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirining 2022-yil 23-sentabrdagi 315-sonli buyrug‘i ijrosini taʼminlash maqsadida tashkil etilgan “Yil talabasi-2022” respublika tanlovi institut bosqichi talabalari o‘rtasida nizom talablari asosida 7 ta nominatsiya bo‘yicha o‘tkazildi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, institutning “Yil talabasi-2022” tanlov komissiyasi tomonidan quyidagi nomzodlar g‘olib deb topildi.
Yil talabasi
“Yilning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha eng bilimdon talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha birinchi o‘ringa Xalq ijodiyoti fakulteti “Madaniyat va san’at muassasalarini tashkil etish va boshqarish” ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi Maratova Nilufar Laziz qizi, ikkinchi o‘ringa Xalq ijodiyoti fakulteti “Madaniyat va san’at muassasalarini tashkil etish va boshqarish” ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi Karimova E’zoza Nuriddin qizi, uchinchi o‘ringa Xalq ijodiyoti fakulteti “Sa’nat sohasida prodyuserlik” ta’lim yo‘nalishi 4-kurs talabasi Pardayeva Madina Maqsud qizi;

– “Yilning eng faol targ‘ibotchi talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha birinchi o‘ringa Teatr san’ati fakulteti “Dramatik teatr rejissyorligi” ta’lim yo‘nalishi 2-kurs talabasi Abdug‘aniyev Elyor Alisher o‘g‘li, ikkinchi o‘ringa Xalq ijodiyoti fakulteti “Ijtimoiy-madaniy faoliyat” ta’lim yo‘nalishi 4-kurs talabasi Ergashev Abdulaziz Mahammadjon o‘g‘li;

– “Yilning eng faol sportchi talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha birinchi o‘ringa Xalq ijodiyoti fakulteti “Madaniyat va san’at muassasalarini tashkil etish va boshqarish” ta’lim yo‘nalishi 4-kurs talabasi Islomov Muhriddin Rabbimqul o‘g‘li, ikkinchi o‘ringa Xalq ijodiyoti fakulteti “Madaniyat va san’at muassasalarini tashkil etish va boshqarish” ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi Raimberdiyev Sarvar Ulug‘bek o‘g‘li, uchinchi o‘ringa Teatr san’ati fakulteti “Dramatik teatr va kino aktyorligi” ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi Rasulova Laylo Zaynobiddin qizi;

– “Yilning eng faol ijodkor talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha birinchi o‘ringa Kino, televideniye va radio san’ati fakulteti kasb ta’limi: Xalq ijodiyoti (cholg‘u ijrochiligi) ta’lim yo‘nalishi 4-kurs talabasi Xolmirzayeva Nigina Zoxiddin qizi, ikkinchi o‘ringa Kino, televideniye va radio san’ati fakulteti “San’atda animatsiyaviy va multimediaviy loyihalash” ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi Inomjonov Mahmudjon Iqboljon o‘g‘li, uchinchi o‘ringa “Teatr san’ati” fakulteti “Grimm san’ati” ta’lim yo‘nalishi 2-kurs talabasi Abshukurova Mahkamoy Mamarajab qizi;

– “Yilning eng namunali tadbirkor talabasi” birinchi o‘ringa Xalq ijodiyoti fakulteti “Ijtimoiy-madaniy faoliyat” ta’lim yo‘nalishi 4-kurs talabasi Abdullayeva Nasiba Ibrohimjon qizi;

– “Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha birinchi o‘ringa Xalq ijodiyoti fakulteti “Madaniyat va san’at muassasalarini tashkil etish va boshqarish” ta’lim yo‘nalishi 4-kurs talabasi Shukurov Bunyod Shuxrat o‘g‘li;

– “Yilning eng faol iqtidorli talabasi” nominatsiyasi birinchi o‘ringa Xalq ijodiyoti fakulteti “Madaniyat va san’at muassasalarini tashkil etish va boshqarish” ta’lim yo‘nalishi 4-kurs talabasi Mirzayev Samandar Malikboy o‘g‘li, ikkinchi o‘ringa Xalq ijodiyoti fakulteti “Madaniyat va san’at muassasalarini tashkil etish va boshqarish” ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi To‘g‘onboyeva Ziyoda Dilshodjon qizi, uchinchi o‘ringa Xalq ijodiyoti fakulteti “Madaniyat va san’at muassasalarini tashkil etish va boshqarish” ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi Olimjonova Mardona Xamidjon qizi g‘olib deb topildi.

“Yil talabasi-2022” respublika tanlovi institut bosqichi g‘oliblari O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirining 2022-yil 23-sentabrdagi 315-sonli buyrug‘ining 2-ilovasida ko‘rsatilgan Nizom asosida faxriy yorliq hamda har bir nominatsiya bo‘yicha 1-o‘rin sohibi bazaviy hisoblash miqdorining 8 barobari miqdorida, 2-o‘rin sohibi bazaviy hisoblash miqdorining 6 barobari miqdorida va 3-o‘rin sohibi bazaviy hisoblash miqdorining 4 barobari miqdorida moddiy rag‘batlantirildi.