Yaxshi kayfiyat ulashishilmoqda

Yaxshi kayfiyat ulashishilmoqda

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti professor-о‘qituvchilari, ushbu ta’lim dargohida faoliyat olib borayotgan “О‘zbekiston xalq artisti”, “О‘zbekiston xalq hofizi”, “О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan artist” faxriy unvonlari sohiblari, iqtidorli talabalari Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Oqqo‘rg‘on” va “Oydin” mahallalarining aholisiga yaxshi kayfiyat ulashishdi.
Yaxshi kayfiyat ulashishilmoqda
Mazkur hududdda joylashgan 99-umumtaʼlim maktabida tashkil etilgan “Mahallada duv-duv gap” shiori ostidagi keng qamrovli madaniy-ma’rifiy tadbirda. odamlar qalbidan o‘rin egallagan mumtoz ashulalar, shо‘x qо‘shiqlar ijro qilindi. Mahallada yashovchi fuqarolar, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar, uyushmagan yoshlar, ehtiyojmand ayollar, keksa va nuroniylar ishtirok etgan tadbir bayramona tantanalar tusini oldi. Ijodkorlarning mahorati tomoshabinlar eʼtirofiga sazovor bo‘ldi.
Yaxshi kayfiyat ulashishilmoqda
Tadbir davomida mamlakatimiz taraqqiyotining bugungi bosqichida qo‘lga kiritilayotgan yutuqlar, aholining turmush darajasini yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan samarali islohotlar, mahallalarda ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlash masalalariga qaratilayotgan alohida eʼtibor xususida ma’lumotlar aytildi.
Yaxshi kayfiyat ulashishilmoqda
Yaxshi kayfiyat ulashishilmoqda
Darvoqe, mazkur tadbirni o‘tkazish orqali milliyligimizni, ma’naviyatimizni xalqimiz oldida namoyish etish bilan birga aholining madaniy hordiq chiqarishini ta’minlash maqsad qilingan. Eng muhimi, bunday bayramona tadbirlar xalqimiz o‘rtasidagi o‘zaro hamjihatlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Yaxshi kayfiyat ulashishilmoqda

image_pdfimage_print