Yangilanayotgan Konstitutsiya: Oliy taʼlim tizimini tubdan takomillashtirishning mustahkam huquqiy asoslari yaratilmoqda

Yangilanayotgan Konstitutsiya: Oliy taʼlim tizimini tubdan takomillashtirishning mustahkam huquqiy asoslari yaratilmoqda

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashabbusi bilan yangilanayotgan Konstitutsiya referendumiga oid targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda referendum tushunchasining mazmun-mohiyati, yangilanayotgan Konstitutsiya O‘zbekiston jamiyatining rivojlanishidan kelib chiqayotgan hayotiy zarurat ekanligi va unda yoshlarga, ayniqsa, taʼlim sohasiga alohida eʼtibor qaratilayotganligi haqida atroflicha tushuntirishlar olib borildi.

Bundan tashqari, Oliy taʼlimdagi o‘zgarishlarning huquqiy asoslari mustahkamlanayotgani alohida taʼkidlab o‘tildi.

image_pdfimage_print