1

Yangi tayinlovlar amalga oshirildi

Yangi tayinlovlar amalga oshirildi

Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida ta’lim sifatini yanada rivojlantirishga oid yig‘ilish o‘tkazildi. Unda institut rahbariyati, fakultet dekanlari va uning o‘rinbosarlari, kafedra mudirlari, bo‘lim boshliqlari va boshqalar ishtirok etdi.
Yig‘ilish davomida bir qator masalalar ilgari surildi. Shu jumladan, tashkiliy masalalar yuzasidan hisobotlar tinglandi.
Shu bilan birga, ta’lim sifatini rivojlantirish alohida ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlandi va ilmiy salohiyat borasidagi ishlarni jonlantirish lozimligi ta’kidlandi.

Shuningdek, institutda bir qator tayinlovlar amalga oshirildi. Unga ko‘ra, quyidagi tayinlovlar amalga oshirildi:

  • Kamoliddin Xudoybaxshov Teatr san’ati fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini lavozimiga;
  • Anvar Alibekovich Reja-moliya bo‘limiga;
  • G‘ayrat Eshchanov Otajonovich Ichki-nazorat va monitoring bo‘limiga.

Institut jamoasi yangi lavozim egalariga kelgusi ish faoliyatida muvaffaqiyat tiladi.