1

“Yangi O‘zbekiston taraqqiyotida madaniyat va san’atning o‘rni” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi tashkil etildi

"Yangi O‘zbekiston taraqqiyotida madaniyat va san’atning o‘rni" mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi tashkil etildi

Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida “Madaniyat va san’at menejmenti” kafedrasi tomonidan “Yangi O‘zbekiston taraqqiyotida madaniyat va san’atning o‘rni” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi tashkil etildi.

Unda fan doktor va professorlar, sohaga oid tashkilot rahbarlari, kafedra o‘qituvchilari va boshqalar ishtirok etdi.

Konferensiyani Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor S.Jumayev ochib berdi. Unda sotsiologiya fanlari doktori, professor A.Umarov; falsafa fanlari doktori, professor v.b. V.Alimasov; Toshkent shahar madaniyat va turizm bosh boshqarmasi boshlig‘i, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi dotsenti A.Saxiyev, dotsent M.Yuldasheva kabi taniqli soha vakillari o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdi.

Konferensiya davomida “Ijodiy jamoalarni boshqarishda madaniy kodning o‘rni”, “Madaniyat va san’at muassasalarini boshqarish muammmolari”, “Faoliyat sarhisobi va kelajakda yangi marralarga erishish sari”, “Madaniyat sohasidagi xizmatlar bozorining xususiyatlari”, “Milliy madaniyat — renessans poydevori” kabi masalalar ilgari surildi.

Konferensiya munozaralarga boy tarzda o‘tkazildi va yakunda rezolyutsiya qabul qilindi.